MUNDARIJA
KIRISH
2
ASOSIY QISM
1.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari 4
2.
Tashqi
iqtisodiy
faoliyat
samaradorligini
ifodalovchi
ko’rsatkichlar.
10
3.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslari va
asosiy tamoyillari.
16
4.
O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari
tashqi savdo- iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va
MDH davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili.
19
5.
O’zbekiston Respublikasining so’ngi yillardagi Tashqi iqtisodiy
faoliyati o’zgarishlari tahlili
27
XULOSA VA TAKLIFLAR
37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
40
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Davlat rivojlanishining barcha tarixiy bosqichlarida
tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida
regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir
ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi
tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning
mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga
ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon
iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan
kelmagan.
Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish
bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish.
2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini
amalga oshirish.
Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash,
ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14
milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi
iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq
Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax
viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini
rivojlantirish.
Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Navoiy viloyatida
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi”
va Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” va har bir tumanda
“Innovatsiya va texnologiya markazlari” tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam
ko‘rsatish.
Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib
boorish.
1
1
2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI 26-maqsad
Dostları ilə paylaş: |