MDH va boshqa davlatlarga import tarkibi (2022 yil yanvar-dekabr)
18
15-rasm
18
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO AYLANMASI 25-bet
Oʻzbekiston Respublikasi importi hajmining oylik dinamikasi
19
16-rasm
19
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO AYLANMASI 26-bet
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka
erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining
bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib
borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga
loyiqdir. Rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy
hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan
qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va
imtiyozlarning mahsulidir. O’zbekiston o’z taraqqiyot yo’lidan dadil borar ekan,
xorijiy davlatlar bilan, xususan, rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan o’zaro teng
manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz
iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O’zbekistonning rivojlangan mamlakatlar
qatoridan joy olishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston Republikasi
tashqi siyosatida rivojlangan va MDH mamlakatlarining o’rni haqida quyidagi
fikrlarni bildirishimiz mumkin:
-
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini
tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi.
-
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy
asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.
-
O’zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda
rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan keng ko’lamli hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
-
O’zbekiston va MDH o’rtasidagi aloqalarning muhim jihati – iqtisodiy
yo’nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;
-
O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan
hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston va MDH mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil
qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:
-
Hamkorlikning ikkinchi davrida iqtisodiy aloqalarning o’sishi
kuzatildi.
-
O’zbekiston rivojlanga va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi
hamkorlik istiqbolli yo’nalishlardan hisoblanadi. Bu borada rivojlanga va MDH
mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada
takomillashtirish maqsadga muvofiq.
-
O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH mamlakatlari bilan
iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko’rsatdiki, O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi,
O’zbekiston-Janubiy Koreya, O’zbekiston-Rossiya o’rtasidagi hamkorlikni yanada
rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda
modernizarsiya qilish bo’yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim;
Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O’zbekistonda yuqori xaridorgir
mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda
to’qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik
sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o’zaro manfaatli
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur.
Sharqiy Osiyo davlatlari bilan investitsion hamkorlik ham yildan-yilga
rivojlanmoqda. O’zbekistonga kiritilayotgan sarmoyaning katta qismi aynan shu
davlatlar mablag’lariga to’g’ri kelmoqda. Masalan, 2022-yilning oxiriga kelib,
Yaponiyaning mamlakatimizga kiritgan sarmoyasi 2,3 milliard AQSH dollarini,
Xitoy Xalq Respublikasining sarmoyasi 4 milliard AQSH dollarini, Koreya
Respublikasining sarmoyasi hajmi 5 milliard AQSH dollaridan oshdi.
2000-yildan 2022-yilga qadar o’zaro tovar ayirboshlash hajmi o’sishi
kuzatildi. Demak, savdo aylanma hajmi yildan-yilga o’sib, yanada barqaror tus
olmoqda. O’zbekiston-Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar ko’lami MDH
mamlakatlari ichida eng yuqoriligi qayd etildi: savdo aylanmasi 2000-yilda 100 mln
AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 2022-yilga kelib 9 279,7 mln AQSH dollariga
yetdi. Bu O’zbekiston va Rossiya o’rtasida savdo aylanmasi jadal sur’atlarda
rivojlanib borayotganini bildiradi.
Bugungi kunda O’zbekistonning rivojlangan vaMDH mamlakatlari bilan
iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish
mumkin:
•
O’zbekiston va rivojlangan mamlakatlar uchun manfaatli bo’lgan
yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo’llabquvvatlash va
ularni rag’batlantirish;
•
Rivojlangan va MDH mamlakatlar investorlarini to’laqonli axborot
(investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari,
iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to’g’risida ma’lumotlar bilan
ta’minlash uchun har bir hudud bo’yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati
bo’yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar,
seminarlar va taqdimotlar ko’lamini yanada kengaytirish;
•
Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo’yicha
o’quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi
qo’shma korxonalarga (O’zbekiston-Xitoy Xalq Respublikasi, O’zbekiston-Janubiy
Koreya, O’zbekiston-Rossiya, O’zbekiston-Qozog’iston,) sayohat va ekskursiyalar
tashkil etish;
Bu kabi tadbirlar O’zbekiston rivojlangan mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy
aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman.
|