3. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z tashqi siyosatini o’zi belgilash
uchun keng imkoniyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga
kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon
respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning
vositachiligisiz o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatadi.” O’tgan 28 yil davomida
milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini
mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo’nalishlari
belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro
tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o’rin tutadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan
yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O’zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy
aloqalarni yo’lga qo’yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O’zbekiston
SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo’mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi
iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992-yil 21-fevralda esa O’zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston Respublikasi
tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi
iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va
takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O’zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi
iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv
tizimini
takomillashtirish
to’g’risida”gi
Farmoniga asosan, O’zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy
asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O’zbekiston Republikasi
Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to’la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning
daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa
qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish,
hamdo’sliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib
chiqishi mumkin”.
O’zbekiston o’zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda huquqiy
normalar asosida o’z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida davlatlararo
munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldi. Davlatning
tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy harakatlantiruvchi
kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.Karimov ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor
munosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda
huquqiy asosda amalga oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng
ko’lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar
va shart- sharoitlarni ta’minlab beradi”.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi o’z tashqi siyosati
tamoyillarini mukammal ravishda belgilab oldi va tartibga soldi. Buni quyidagilarda
ko’rish mumkin:
1.
O’zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda jahon
hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi.
2.
O’zbekiston Respublikasi o’z iqtisodiy munosabatlarini ikki tomonlama va
ko’p tomonlama shartnomalar asosida, milliy manfaatlar ustuvorligini inobatga
olgan holda rivojlantirishga qaratdi.
3.
O’zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarga, kollektiv xavfsizlikning global va
mintaqaviy tizimlariga faol qo’shilib, mamlakatda tinchlikni, barqarorlikni
ta’minlamoqda.
4.
O’zbekiston tashqi siyosatida jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijobiy
hamkorlik, tinchliksevar siyosati orqali o’z nufuzini oshirib bormoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qaroriga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi”
4
. “Mamlakatimizda
investitsiya iqlimini yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish, biznesni jadal
rivojlantirish uchun asos sifatida investitsiya va tashqi savdo faoliyatini samarali
tartibga solish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga,
investitsiya jarayonining mahsulotni tashqi bozorlarda ilgari surish yakuniy
koʻrsatkichlari bilan sust bogʻlanganligi saqlanib qolmoqda. Davlat boshqaruvining
amaldagi tizimi investitsiya va savdo masalalarini alohida tartibga solishga
asoslangan, bu esa mazkur sohalarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni qayta koʻrib
chiqishni taqozo etmoqda” dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Qarorda tashqi iqtisodiy a’loqalar haqida shunday deyilgan:
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish
va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qoʻllab- quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va boshqa koʻp
tomonlama
iqtisodiy
tashkilotlar
bilan
hamkorlik
qilish
jarayonlarini
muvofiqlashtirish;
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, tranzit salohiyati
darajasini oshirish, logistika va transport yoʻlaklarini takomillashtirish, shuningdek,
eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.
4
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, Investitsiyalar va
savdo vazirligi tashkil etish” tog’risidagi PQ-4135-sonli qarori 28.01.2019 yil.
4.
O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi
savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va MDH
davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili.
O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi savdo-
iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va MDH davlatlar bilan
tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili
Har qanday davlat hoh kichik hoh katta bo’lsin, iqtisodiy intеgratsiyasiz
rivojlanishi tеz bormaydi. Buni ko’pgina davlatlar o’z tajribalarida isbotlashdi.
Iqtisodiy intеgratsiyani rivojlantirishga qaratilgan O’zbеkiston Rеspublikasi siyosati
ham iqtisodiyoti yuksak darajada rivojlanishiga erishishga qaratilgan.
Iqtisodiy intеgratsiya iqtisodiyotga bеvosita quyidagi natijalaga erish imkoniyatini
bеradi:
-
tovarlar, kapitallar, хizmatlar erkin harakat qiladi; raqobat kuchayadi;
-
ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi; ishlab chiqarish samaradorligi
ortadi; sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi; istе’molchilarning talabi ortib
boradi; taklif qilinadigan tovarlar nomеnklaturasi ko’payadi;
-
bozorlarning rivojlangan shakllari paydo bo’ladi va umumiy
bozorlar tashkil qilinadi; ishsizlik darajasi pasayadi; milliy iqtisodiyotdagi farqlar
yo’qolib boradi; yangi kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi;
-
milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi; eng muhimi kishilar hayoti
farovonligi oshadi va h.k.
Bu natijalarga erishish uchun O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Osiyo,
MDH davlatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan qolavеrsa, Yevropa Ittifoqi
davlatlari bilan hamkorlikka erishishga harakat qilishi kеrak. O’zbеkiston dunyo
хo’jaligi tizimiga kirib borar ekan, uning хalqaro iqtisodiy aloqalari uzoq va yaqin
хorijiy mamlakatlari bilan taraqqiy etmoqda.
1992-yildan boshlab O’zbekiston tashqi siyosati va diplomatiya sohasidagi
faoliyati yanada kengayib birin-ketin Xitoy, Yaponiya, Angliya, AQSH, Fransiya,
Turkiya, Germaniya singari jahonning rivojlangan yetakchi davlatlari bilan
diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar yo’lga qo’yildi. Ushbu davlatlar bilan
hamkorlik aloqalarimiz hozirda yuqori darajaga ko’tarildi.
Iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy
Xalq Respublikalari bilan olib borilayotgan iqtisodiy aloqalar muhim o’rinni
egallaydi. Bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlarining yuqoriligi
jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilib kelinmoqda. Ayniqsa, so’ngi yillarda
ushbu mamlakatlarda eng jadal o’sish suratlari ro’y berib, “Osiyo iqtisodiy
mo’jiza”lari sifatida baholandi. Shu sababli, Sharqiy Osiyo “yo’lbarslari” deb
nomlangan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan amalga oshirayotgan foydali
aloqalar, mamlakatimizdagi modernizatsiya jarayonlari istiqlolning dastlabki
davrlaridanoq muhim vazifalardan etib belgilangan edi.
Dostları ilə paylaş: |