O'quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini boyitish.
Tabiatdan zavq olishga, unga zarar keltirmaslikka o'rgatish.
O'quvchilarning mustaqil frkrlash qobiliyatlarini o'stirish, xotirasini mustahkamlash.
O'qish ko'nikmalarini takomillashtirish, o'quvchilar lug'atini yangi so'zlar bilan boyitish.
Darsturi:yangi bilim beruvchi, ertak o'qish darsi.
Darsmetodi: izohli o'qish, mustaqil ish metodi, guruhlarda ishlash.
Darsningjihozi: qog'oz, flomaster, yelim, qisqich, qaychi, mikrotestlar, akvarium, baliqlar, rag'batlantirish uchun jetonlar.
Sinfsharoiti. O'qituvchi turli usullar bilan o'quvchilarni guruhlarga ajratadi.
Sinfdagi partalar doira shaklida qo'yib chiqiladi.
Tashkiliy qism. Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linib o'tiradilar. O'qituvchi guruhlar bilimi teng bo'lishi uchun qizil, ko'k, oq, yashil, sariq rangli doirachalardan foydalanishi mumkin. Bir xil rangdagi doira egalari bir guruhni tashkil etishi aytiladi. Har bir guruh o'ziga nom tanlaydi. Buning uchun o'quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish lozim.
Topishmoqningjavobinitoping:Elakdanunelandi
Supraungabelandi. (qor)
Qor qaysi faslda yog'adi?
O'ylang, bugun o'rganadigan yangi mavzu nima haqida ekan?
Xattaxtaga bo'lim nomi — „Kumush qish" yoziladi. So'ng guruhga qish fasli bilan bog'liq holda nom tanlashlari mustaqil ish qilib beriladi.
1-guruh „Qorparcha", 2-guruh „Ayozbobo", 3-guruh „Qorbobo", 4-guruh „Sumalak",
5-guruh „Qish" deb nomlanishi mumkin.
Har bir guruh a'zolari o'zlariga sardor saylaydi.