Mundarija


O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaga qarshi siyosat istiqbollari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə12/13
tarix11.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#125141
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4. O zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayon

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiyaga qarshi siyosat istiqbollari


Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflyatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‗plangan. Inflyatsiyani butunlay yo‗qotish imkoniyati yo‗q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‗lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‗liq yo‗qotish mumkin emas. Shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflyatsiyaning butunlay yo‗qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida hukumat tomonidan mavjud iqtisodiy- ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyasion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyasion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‗nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig‗imlar asosida yig‗ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‗lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag‗larini yig‗ish uchun xo‗jalik yurituvchi sub'ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to‗lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to‗lovga qobiliyatli talab o‗rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog‗liq siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me'yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o‗sishini ta'minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo‗lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog‗oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan hukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o‗sish sur'atlarini pasaytirishga qaratilgan bo‗lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:

  1. Pul islohotlarini amalga oshirish;

  2. Inflyasion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;

Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to‗liq yoki qisman o‗zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta'minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining revalvatsiya, devalvatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda revalvatsiya usulidan foydalanildi. Revalvatsiya o‗z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko‗tarib qo‗yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo‗lib devalvatsiya hisoblanadi. Devalvatsiya o‗z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo‗yishdan iborat. Devalvatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‗tayotgan
mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo‗lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o‗z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turkiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) hukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‗z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‗rsatiladigan xizmatlarga bo‗lgan narx-navolarni o‗sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo‗nalishda olib boriladi:

  1. Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo‗lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyasion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko‗tarish) va pul massasini cheklashni o‗z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‗sishni sekinlashuviga sabab bo‗ladi;

  2. Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko‗rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‗lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o‗sishini ma'lum chegarasi o‗rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo‗yiladi. Daromadlar siyosati o‗z mohmiyatiga ko‗ra qat'iy siyosat hisoblanadi va u aholi o‗rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.

Xalqaro amaliyotda rivojlanayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tajribasida biz ta'kidlab o‗tgan ikki yo‗nalishdan oqilona birgalikda foydalanilgan.
О‗zbekistonning inflyatsiya jarayonlarini jilovlashga oid olib borilgan chora- tadbirlar jahonning rivojlanayotgan mamlakatlariga nisbatan yetarlicha samarali
emas, bu esa yuqorida sanab о‗tilgan mamlakatlarning tajribasini о‗rganishni talab etadi.
О‗zbekistonda inflyatsiya muammosni hal etishdagi taraqqiyotga mustaqil byudjet-soliq siyosatini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish jarayonini yakunlash, shuningdek tо‗lov intizomini mustahkamlash bilan bog‗liq chora- tadbirlar yordamida erishildi.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog‗liq hodisa bо‗lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining о‗sish sur‘atlarini keskin qisqartiradi va inflyatsiya sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi kо‗rinishlaridan biri bо‗lib daromadlarning va baholarning nominal darajalarini о‗zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan og‘ir qabul qilinishi sababli, u qisqa muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan inflyatsiya jarayonlarini jilovlashning yana bir kо‗rinishi - inflyatsiya sur‘atlarini asta-sekinlik bilan pasaytirib borish usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur‘atlari pul massasini kо‗p marotalaba, lekin oz-ozdan kamaytirish orqali pul massasining о‗sish sur‘atini pasaytirishni kо‗zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta-sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Shuningdek, antiinflyatsion siyosatdagi asosiy usullardan biri pul-kredit siyosatining targetlash rejimi hisoblanadi. Ushbu siyosat Markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e‘lon qilinadi va pul- kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga yo‘naltiriladi. Pul-kredit siyosatining amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarida, xususan, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk britaniya kabi mamlakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.

XULOSA


Kurs ishini yozish davomida o‗rganilgan nazariy bilimlarga tayangan holda quyidagilar muhim deb topildi:


-Inflyatsiya iqtisodiyotni qoni bo‘lgan pulni qadrsizlanishi bo‘lib, barcha mamlakatlar uchun umumiy va mamlakat iqtisodiyotini bir qismi bolgan hodisa hisoblanadi.
-Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida bu oddiy mahsulot va xizmat ko‘rsatish narxlarining o‘sishi bilan ifodalanadi. Bunday mamlakatlarda inflyatsiya aholi daromadlari o‘sishi va mahsulotlarning defitsiti sabab bo‘ladi.
-Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi 4 ta sabab borligi aytiladi. Bular: mahsulotga bo‘lgan talabning haddan ziyod ortib ketishi, mahsulot taklifining haddan ziyod kam taklif etilishidir; pul massasi va aholi daromadlari o‘sishi bu bozorda pulning ko‘p taklif qilinishi va mahsulotga bo‘lgan talabning ko‘payishiga olib keladi; ishlab chiqarish xarajatlari ortishi va oxirgisi milliy valyuta kursining jahon bozorida kursi tushib kelishi inflyatsiya keltirib chiqaradi.
-Inflyatsiya bozor xo‘jaligining har bir sohalarida takror ishlab chiqarish mutanosibliklarini tug‘diradigan murakkab ijtimoiy iqtisodiy xodisadir.Biroq alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi.Shuningdek,iqtisodiyotdagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan bog‘liq holda o‘sishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi keltirib chiqargan narxning o‘sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar malum muddat o‘tgach bozordagi talab va taklif muvozanatga kelgach,yana pasayishi mumkin.Yuqoridagilardan xulosa qilib, inflyatsiyaga quyidagicha ta‘rif berishimiz mumkin;Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qogoz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi
-Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun xalqaro andozalarga muvofiq o‘rtacha daromad oluvchi aholining iste‘mol qiladigan kamida 300ta Tovar va xizmatlardan iborat iste‘mol savati bo‘lishi lozim. Agar 1994 yilda respublikamiz iste‘mol
savatiga 267ta tovar va xizmatlar kiritilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu miqdor 386 taga yetdi. (rivojlangan mamlakatlarda– 1000-2000 ta). Bu uch yirik guruhlarga – oziq-ovqat (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188ta) hamda xizmatlarga (66ta) bo‘lingan. Ushbu iste‘mol savati minimal yashash byudjeti savatidan keskin farq qiladi.
Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasi 2005-2017-yillarda keskin oshib ketgani ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilga qadar bo‘lgan davrda, pul-kredit va inflyatsiyaga qarshi siyosat o`tkazilishi, milliy valyutani barqarorligini ta`minlashi natijasida, iste`mol sektorida inflyatsiya darajasini pasayishiga erishilgan edi.
2015 – 2016 yillarga kelib, yillik o`rtacha narxlarning o`sish darajasi mos ravishda 5,6% va 5,7%ni tashkil qildi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib eng yuqori darajaga 14,4% ga yetdi.
2018 yilda pul-kredit siyosati "2017-2021 yillar davrida pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'plami" va "Rejimga bosqichma- bosqich o'tish" tadbirlariga muvofiq kelgusi yil tasdiqlangan rejalarni to'liq bajarilishini ta'minlashga yo'naltiriladi. Iqtisodiy islohotlar davrida inflyatsiya bosimi va sezilarli keskin o'sish va iqtisodiyotda narx barqarorligini samarali ta'minlash uchun iqtisodiy va huquqiy bazani mustahkamlash bo'yicha ogohlantirish tatbiq etildi.
Inflyatsiyani kamaytirishda hamma mamlakatlar uchun birdek ish beradigan usulni topish qiyin. Shuning uchun mamlakatda inflatsiyani oldini olish uchun olib boriladigan harakatlar mamlakatni iqtisodiy holati, inflyatsiyani darajasi kabi omillarga qarab olib boriladi. Inflyatsiya darajasini kamaytirishga qo‘llangan har bir chora albatta o‘z zararli ta‘sirini o‘tkazmay qolmaydi. O‘zbekiston respublikasida inflyatsiya hozirgi kunda yuqoriligidan kelib chiqib, inflyatsiya darajasini kamaytirish uchun barcha iqtisodchilarga ma‘lum bolgan ―pul ta‘minotini nazorat qilish‖ foydalanish mumkin. ―Pul ta‘minotini nazorat qilish‖ o‘tkazishda mamlakatda pulni massasini kamaytirish orqali narxlarni tushirishni va pulga bolgan ehtiyojni ko‘paytirish maqsad qilinadi.

78b.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin