tahlili Inflyatsiya mamlakatning iqtisodiy holatini tavsiflovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasini hisoblash iste‘mol narxlari indeksi(INI) ya‘ni iste‘molchi o‘rtacha xarid qiladigan tovar va xizmatlarning miqdori ma‘lum davr mobaynida o`zgarmas bo`lgan holida, aholining iste`mol xarajatlari umumiy miqdorining o`zgarishini ifodalash orqali aniqlanadi. Iste`mol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari bo`yicha xilma-xil tovar va xizmatlar narxlarining harakati o`rtacha holga keltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida iste‘mol narxlari indeksini hisoblash tizimi ilk bor Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) yordamida 1994- yil yanvar oyidan boshlab amalga oshirila boshladi. INI ―Iste`mol narxlari indeksi bo`yicha qo`llanmaga: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti, Yevrostat, BMT YeIK, Butunjahon banki va XMT, 2007 yil) asosan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2012-yil 8-iyundagi 10-sonli qaroriga muvofiq Tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari (tariflari) kuzatuvini tashkil etish bo`yicha uslubiy nizom shakllantirildi.
Inflyatsiya darajasini hisoblash uchun xalqaro andozalarga muvofiq o‘rtacha daromad oluvchi aholining iste‘mol qiladigan kamida 300ta Tovar va xizmatlardan iborat iste‘mol savati bo‘lishi lozim. Agar 1994 yilda respublikamiz iste‘mol savatiga 267ta tovar va xizmatlar kiritilgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu miqdor 386 taga yetdi. (rivojlangan mamlakatlarda– 1000-2000 ta). Bu uch yirik guruhlarga – oziq-ovqat (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188ta) hamda xizmatlarga (66ta) bo‘lingan. Ushbu iste‘mol savati minimal yashash byudjeti savatidan keskin farq qiladi.
Mamlakatimizda mavjud inflyatsiya darajasi 2005-2017-yillarda tahlil qilar ekanmiz, so‘nggi yillarda inflyatsiya darajasi keskin oshib ketgani ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilga qadar bo‘lgan davrda, pul-kredit va inflyatsiyaga qarshi siyosat o`tkazilishi, milliy valyutani barqarorligini ta`minlashi natijasida, iste`mol
sektorida inflyatsiya darajasini pasayishiga erishilgan edi. Masalan, 2005 yilda tovar va xizmatlar narxlari darajasi o`rtacha 7,8%ga o`sgan bo`lsa,
2015 – 2016 yillarga kelib, yillik o`rtacha narxlarning o`sish darajasi mos ravishda 5,6% va 5,7%ni tashkil qildi. Biroq, bu ko‘rsatkich 2017-yilga kelib eng yuqori darajaga 14,4% ga yetdi.