Mundarija


Inflyatsiyaning turlari va unga ta’sir etuvchi omillari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/13
tarix11.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#125141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4. O zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflyatsiya jarayon

Inflyatsiyaning turlari va unga ta’sir etuvchi omillari


Inson kasalligining belgisi – uning harorati (istmasi). ―Kasallikni yashirsang - isitmasi oshkor qiladi‖. Iqtisodiyot kasalligining belgisi uning inflyatsiya darajasi hisoblanadi. Inflyatsiya - pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o‗rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi.
Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta'sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
―Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to‗lov balansi kabilarni kiritish mumkin.
Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlaridagi indekslarning o‗zgarishi kabilarni keltirish mumkin‖5





1-rasm. Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari6







5 Omonov A.A., Qoraliev T.M. Pul,kredit va banklar.Darslik-T.: ―Iqtisod-Moliya‖, 2012.-324 b.
6 Rashidоv О.YU., Tоymuhamedоv I.R., Alimоv I.I., Tоjiev R.R. Pul, kredit va banklar: Darslik. –T.: TDIU, 2009. , 289 b.
Inflyatsiyani kelib chiqishi sabablariga, yoki uni tug‗diradigan omillarga ko‗ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga bo‗lish mumkin.
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo‗lmay qolgan sharoitlarda yuzaga keladi. Ya'ni, to‗liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o‗sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko‗payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so‗zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to‗liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur'atlari kabi ko‗pgina omillarga bog‗liq.
Talab inflyatsiyasi natijasida narxlarning muvozanatli darajasi oshadi.
Narxlarni muvozanatli darajasi deganda, yalpi talab va yalpi taklif bir-biriga mos kelishi yoki bir-biriga teng bo‗lishi tushuniladi. Narxlarni muvozanatli darajasida ma'lum miqdordagi mahsulotni xaridorlar sotib olishga, ishlab chiqaruvchilar esa uni ishlab chiqarish va sotishga rozi bo‗ladi. Buni milliy ishlab chiqarish hajmining muvozanatli real hajmi deb ataydilar. Chizmada bu ikki ko‗rsatkich yalpi talab va yalpi taklif egri chiziqlarining kesishgan nuqtalari bilan aniqlanadi (2-rasm).

  1. rasmdan ko‗rinib turibdiki, Ye1- yalpi talab egri chizig‗ining yalpi taklif egri chizig‗i bilan uning keyns kesmasidagi kesishgan nuqtasi. Talab egri chizig‗ini bu kesma bo‗ylab ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi tomon harakati, narx darajasini o‗zgarishi bilan kuzatilmaydi. Bunday holatda P1*- miqdor muvozanatli narx, Y1* esa milliy mahsulotning muvozanatli real hajmi. Yalpi talabni oshishi bilan uning egri chizig‗i o‗ngga suriladi va muvozanat nuqtasi (Ye2) oraliq kesmada o‗rnatiladi. Bu kesmada talabni kengayishi narxlar darajasi hamda ishlab chiqarish hajmini (P2* va Y*2 nuqtalar) o‗zgarishi bilan kuzatiladi.

Yalpi talabni keyingi o‗sishi egri chiziqni yanada yuqoriga surilishiga olib keladi.
Р
P3*
P1*


P2*
Y1 * Y2 * Y3* Y

    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin