Mundarija



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/18
tarix15.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#125391
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
kurss ishii


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA”
Himoyaga tavsiya e’taman”
“Biotibbiyot muhandisligi
Informatika va biofizika”
kafedrasi mudiri
______________ M.I.Bazarbayev
«___»________________2022-yil


«Ta’limda axborot texnologiyalari»

Makromedia Flash dasturi yordamida qon aylanish tizimini ko’rsatib berish” mavzusidagi




KURS ISHI


Kurs ishi rahbari: _____________________
Toshkent - 2022


M U N D A R I J A



KIRISH


XXI-asrda axborot foydalanishning yuksak darajada rivojlanishi hamda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan barcha sohalarda foydalanishning jadal o‘sishini e’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q. Shu sababli kompyuter texnologiyasining rivojlanishi ixcham va bejirim, foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan harakatli dasturlar yaratilish imkoniyatini yaratmoqda. Macromedia kompaniyasi tomonidan shunday dasturlardan biri Flash paket dasturi yaratilgan bo‘lib, bu dastur texnik WEB-dizayn vositalarining to‘liq imkoniyatidan foydalanish imkoniyatini beradi.
Hozir kunda jahonda yarim milliondan ortiq foydalanuvchilar Flash texnologiyasida chiroyli bo‘lgan Web resurslar yaratishda foydalanadi. Dizaynerlarni Macromedia Flashda grafika yaratishning yangi imkonyatlari o‘ziga tortadi, professional darajadagi yaratuvchilar bo‘lsa, o‘zlari istagancha skriptlarni, shakl va server imkonyotlaridan foydalanib ilovalar yaratishiga qodir.
Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo‘lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-sahifalarga qo‘shish mexanizmlarini birlashtirish o‘rtasida eng qulay yechimni topishgan. SWF ni qo‘shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (Macintosh OT ga asoslangan kompyuterlardan tortib, Windows OT da ishlovchi barcha kompyuterlarda) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qo‘lay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali bo‘lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.
Undagi mosalashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlar yaratish imkoniyati SWF formatini Web-dizaynerlar o‘rtasidagi mashhurligini oshishiga imkon berdi. Shuning sababli bu format 4 yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi tomonidan ikki asosiy tarmoq brouzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi.
Yana bir bor aytish kerakki: agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay ish qurollar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik ko‘p muxlis orttirmagan bo‘lardi. Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu ish qurollarni bir qancha to‘liq to‘plamlari mavjud.
Flash-texnologiyalar quyidagilardan iborat:
 vektorli grafika;
 animatsiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;
 interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;
 sinxron ovoz qo‘shish imkoniyati;
 HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportini ta’minlash;
 platformali mustaqillik;
 Flash-filmlarni avtonom rejimda ham ,Web-brouzer yordamida ham ko‘rishni imkoniyati mavjud;
 vizual yaratish ish qurollari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini ko‘plab murakkab operatsiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik aspektlarni o‘rganish zarur bo‘lmaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin