Мундарижа


-rasm. Ikki yarim o‘tkazgichda n



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə7/21
tarix18.05.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#127142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
BMI-3

10-rasm. Ikki yarim o‘tkazgichda n-p o‘tish hosil bo‘lish sxemasi: ap va n – tipdagi yarim o‘tkazgichlarning qo‘shilishi; b – ikki yarim o‘tkazgich chegarasida ikkilangan elektr qatlamining hosil bo‘lishi; 1 va 2metall elektrodlar
10-rasmda ko‘rsatilganidek ikkita yarim o‘tkazgich tizimiga tashqi kuchlanish berilganda, ya’ni tashqi energiya manbai kuchlanishi Et maxalliy maydon kuchlanishi Eo bilan mos tushganda, p-tipidagi yarim o‘tkazgichlardagi elektronlar va n-tipidagi teshiklar 1 va 2 elektrodlar tomon harakatlanishadi. Buning natijasida n-p o‘tishda r-tipidagi yarim o‘tkazgichlardagi elektronlar sohasi va p-tipidagi Yarim o‘tkazgichlardagi teshiklar sohasi kengayadi. O‘z navbatida n-p o‘tishning elektr qarshiligi kuchli darajada oshadi va tokni o‘tkazmay qo‘yadi. Faqatgina bu paytda tasodifiy tok tashuvchilar hisobiga hosil bo‘ladigan teskari tok Ites deb ataluvchi juda kichik tok oqib o‘tadi.

11-rasm. n-p o‘tishli ikkita yarim o‘tkazgichlar (yassi diod)ning to‘g‘ri yo‘nalishda kuchlanish berilgan paytdagi ishlash sxemasi: 1 va 2 – metalli elektrodlar
Tashqi eneriya manbai kuchlanishi Et mahalliy maydon kuchlanishi Eo ga teskari yo‘nalganda va mahalliy maydon sezilarli darajada kuchsizlanganda p-tipidagi yarim o‘tkazgichlardagi elektronlar va n-tipidagi teshiklar n-p o‘tish sohasi tomon harakatga kirisha boshlaydi (11-rasm). Buning natijasida ushbu to‘sqinliq qiluvchi soha qisqaradi, uning elektr qarshiligi keskin kamayadi. Bu paytda n-p o‘tish tokni o‘tkazadi. Ushbu tok to‘g‘ri tok Ito‘g‘. deb ataladi va uning yo‘nalishi to‘g‘rilagichlarda to‘g‘ri yo‘nalishda bo‘ladi.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin