Мундарижа


Diplom ish rahbari: M.Axtamova



Yüklə 301,5 Kb.
səhifə3/10
tarix14.10.2023
ölçüsü301,5 Kb.
#130175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
elektron qo`llanma yaratish

Diplom ish rahbari: M.Axtamova

«Hisoblash va MP texnikasi» fanidan elektron qo`llanma yaratish
Reja:


Kirish
I. QISM.ASOSIY QISM
1.1. Masalaning qo`yilishi
1.2. Elektron qo`llanmalar yaratishning o`ziga xos xususiyatlari.
1.3. Kasb - hunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining maqsad va vazifalari.
1.4. «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan elektron qo`llanmani yaratishda qo`llaniladigan dasturiy vositalar tahlili
II. QISM. PEDAGOGIKA QISMI
2.1. «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining o`qitishda interfaol usulning kompyuter modellarini qo`llanishini maqsad va vazifalari
2.2. «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining interfaol usullardan foydalanib dars o`tkazish ssenariysi
XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

«Diplomga ega bo`lish- bu hali tan ma’nodagi ziyoli emas. Ziyoli odam o`z tafakkur saviyasi, pok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo`lakcha inson bo`ladi.»


I.A.Karimov

KIRISh


Respublikamizda axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan fan va texnika bo`yicha Davlat qo`mitasi qoshida axborotlashtirish bo`yicha boshqarma tuzildi.


Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlari doirasida O`zbekiston Respublikasi Fan va Texnika bo`yicha Davlat qo`mitasi tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini rivojlantirishda yo`naltirilgan bir qator konunlar qabul qilinda. Axborotlashtirish haqida, EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi qonunlar jumlasidandir.
O`zbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat qo`mitasi axborotlashtirsh haqida qonunning qoidalarini bajara borib, 1994 yil dekabrida Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi axborotlashtirsh konsepsiyasini ma’qulladi. Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo`yilagn masalalar quyidagilardan iborat:

  • Milliy axborot - hisoblash tarmog`ini yaratish;

  • Axborotlashga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy xujjatlarinin yuritish;

  • Axborotlarni qayta ishlashningjahon standartlarida rioya qilish;

  • Informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirsh;

  • Axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tatqiqodlarni rag`batlantirsh va qo`llab-quvvatlash;

  • Informatika vositalari foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirsh;

Konsepsiyaning asosiy qoidalarini hisobga olgan «O`zbekiston Respublikasining axborotlashtirsh dasturi» ishlab chiqildi.
U 3 maqsadli dasturni o`z ichiga oladi:

  1. milliy axborot - hisoblash tarmog`i;

  2. EHM ni matematik va dasturiy ta’minlash;

  3. Shaxsiy kompyuter;

Mazkur dasturda Vazirlik va Mahkama axborot tarmoqlari, Milliy axborot-hisoblash tarmog`ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari soxasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, xujjatlashtirishning me’yoriy-uslubiy va huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. O`zbekiston axborot texnolgiyalarini tadbiq etish va rivojlantirsh uchun talay intelektual imkoniyat va axborot zaxiralariga ega. Fanlar Akademiyasi oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlari bo`yicha malakali xodimlar ishlamoqda. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq beshinchi sessiyasida prezident I.Karimov ko`targan masalalar yuzasida 2001 yil 23 mayda Vazirlar Mahkamasining 2001-2006 yillarda kompyuter va axbort texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet» ning halqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida» gi qarorini va 2001 yilning May oyida Respublikamizda birinchi marta o`tkazilgan Internet festivalini aytib o`tish mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 Maydagi «Kompyuterlashtirshning yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolgiyalarini joriy etish to`g`risida» gi farmoni va uni bajarilishini ta’minlash yo`lida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi maxsus qarori Respublikamizda informatika va axborot texnologiyalarini rivojlantirishda yana bir muhim bosqich bo`lib qoladi.
Prezidentimiz I.Karimov XXI asrning ma’naviy-ma’rifat asri, ilm-fan madaniyat va axborotlar asri deb ta’riflar ekan, bu bilan hozirgi davrning muhim belgisi va xususiyatinin ham belgilab berganini payqab olish qiyin emas.
O`zbekiston darhaqiqat kelajagi buyuk davlat. Biroq bu kelajakning qay darajada yaqin yoki uzoqligi, mamlakatimizning qachon jahonning rivojlangan davlatlaridan qatoridan o`rin olishi, qolaversa, xalqimizning erkin vafarovon hayot kechirishi hal qiluvchi darajada uning aqliy saloxiyatiga, yoshlarning zamonaviy bilimlarini eng so`ngi yutuqlarini o`zlashtirishga bog`liq.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» zamon talablariga to`la to`kis javob bera oladigan, chinakam ma’rifatli, bozor munosabatlari sharoitida o`z bilim va ko`nikmalari bilan istiqbolli manfaatlari yo`lida samarali faoliyat ko`rsata oladigan mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutgan.
Bugungi kunda kasb-xunar ta’limi muassasalarining asosiy mehnat bozorida talab qilingan mutaxassislarni, ya’ni raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdagi asosiy ijtimoiy hamkor hisoblangan ish beruvchilarni jalb etish zarur. Hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri topshirig`i asosida(viloyat, tuman yoki shahar hokimiyatlari huzurida) «2006-2010 yillarda akademik va kasb hunar kolejlari bitiruvchilarini sifatli tayyorlash va ular mehnatidan foydalanishning xududiy dasturi» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Hozirga zamonda inson faoliyatining biron-bir sohasini hisoblash texnikasiz, ya’ni kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ulardan oqilona va samarali foydala olish bugungi kunda har bir o`qimishli va ziyoli inson uchun suv va havodek zarur bo`lib qolmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsa mening «Kasb-hunar» kollejlar uchun «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan elektron qo`llanma yaratish» mavzusida bajarayotgan bitiruv malakaviy ishim naqadar dolzarb masala va muammolarni xal etishga bag`ishlangani o`z-o`zidan ayon bo`ladi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi bosqich bo`lgan kasb-hunar ta’limini zarur me’yoriy xujjatlar zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Jumladan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan «O`rta maxsus kasb-hunar ta’limining yo`nalishi fanlar davlat ta’lim standarti» tasdiqlandi. Ularda ko`rsatib o`tilganidek, o`rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasasi bitiruvchilariga fundamental fanlar va aniq kasb soxasi doirasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo`lishi, kompyuter va telekomunikasiya vositalaridan fodlana olish, o`quv fanlar bo`yicha oliy ta’lim muassasalarida taxsil olish uchun zarur bo`lgan bilimlar majmuasiga ega bo`lish vazifasi qo`yilgan. Shu talablardan kelib chiqqan holda, kasb-hunar kollejlari uchun «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan namunaviy o`quv dasturi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida ta’lim yo`nalishlarining zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganligi darajasi bilan belgilanmoqda. Kompyuterning dastur ta’minoti har qanday ish o`rnida axborotni qayta ishlash bo`yicha eng qiyin masalalarni ham yecha olish imkoniyatini yaratdi. Mikroprosessor texnikasining bu imkoniyati tizim pozisiyasidan turib moddiy oqimlarni boshqarish, shu bilan birga axborotlarni qayta ishlash imkoniyatini beradi.
Mikroprosessor texnikasi miqdoriy ko`rsatkichlarining takomillashishi, yangi prosessorning ishlash tezligi, hisoblash mashinalarining narxi va xokazolar, turli xil ishtirokchilarni bir tizimga birlashish imkonini ta’minlab beradi.
O`ylaymanki men bajarayotgan shu bitiruv malakaviy ishim kasb-hunar kolleji talabalariga «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanini o`zlashtirish, kompyuterdan o`z kasbiy faoliyatlarida bemalol va samarali foydalana olish uchun zarur bo`lgan malaka va ko`nikmalarni hosil qilishga hizmat qiladi.


I BOB. ASOSIY QISM




1.1. Masalaning qo`yilishi.


Ilmiy texnika inqilobi sharoitida mehnatning bo`linishi fan yutuqlari va zamonaviy texnika bazasida kechadi. Bularning hammasi ishchi sinfi yuqori malaka strukturasining jiddiy o`zgarishiga olib keladi. Ishning bajarilish funksiyalarining texnologik jarayonlarni boshqarish funksiyasi bilan bog`lab olib boradigan va nazoratchilik funksiyalarini amalga oshiradigan ishchilar soni o`sadi. Bularning hammasi yuksak kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi.


Zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarining iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, halqaro axborot tizimlariga, shu jumladan "ta’lim" ga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali dasturchilar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarilayotgan shu kunlarda yetuk mutaxassislarni tayyorlash eng oliy masalalardan biri hisoblanadi.
Kompyuterlarda tuzlishi lozim bo`lgan barcha dastur, masofaviy ta’lim, elektron darslik va virtual laboratoriya stendlarini tuzish uchun albatta muallif o`z oldiga ko`zlangan maqsadni qo`yadi hamda ana shu muammoni yechish uchun harakat qiladi.
Ushbu kasb-xunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan elektron qo`llanma yaratish deb nomlangan bitiruv malakaviy ishidan kasb-xunar kollejlarida «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanini o`rgatish uchun foydalaniladi.
Bu dasturni yaratish uchun yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`qitish yo`lga kuyiladi.
Bugungi kunda kompyuter hamda operasion sistema turlari ko`pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun mikroprosessorlarni bajaradigan vazifalari sinflari, turlari, ularni tavsiflari hamda mikroprosessor qurilmalarni, mikroprosessorda bajariladigan hisoblashlarini, mikroprosessor sistemalarni logik sxemasi asosida mikroprosessor va uning ichki bloklar ishlashi, bajaradigan vazifalari o`rganib chiqiladi va dasturning ishchi holatiga quyidagi talablar qo`yiladi:

  • Har bir mavzuni o`rganishga kirishishdan oldin maqsadga muvofiq ta’lim vazifasini, aniq maqsadlarini qisqa ko`rsatish;

  • o`rganib bo`lingan mavzu, bilimlarning nazorat tizimidan hamda texnik nazorat vositalaridan foydalangan holda, muxokama mashg`ulotlarini o`tkazish;

  • har xil seriyadagi mikroprosessorlar bilan kontrollerlar, mikroEHM qurishda iishlatiladigan parallel va ketma-ket interfeyslar dasturlashtiriladigan tayyorlash;

  • katta integral sxemalar bajaradigan vazifalari, tuzilishlari ishlash rejimlari, arifmetik asoslar, sanoq sistemasi, pozision va nopozision tizimidagi sanoqlar, sonlarni kodlashtirish, soni ifodalash aniqligi, ikkilangan sonlar ustida arifmetik operasiyalar razryad setkasi to`lish hadisasini taxlil qilish.

Yaratilovchi dastur o`z tarkibida kuyidagi yunalishlarni mujassamlashtiradi:

  • nazariy va amaliy ma’lumotlar;

  • interaktiv usul yordamida o`rgatish;

  • Tayanch suz va iboralar;

  • Test nazorati.

Dasturni yaratishda keng imkoniyatli dasturlash tilidan foydalanish maksadga muvofik. Sababi shundan iboratki dasturlash tili matnlarni chop etish, formulalarni chikara olish, harakatlanuvchi grafik tasvirlarni yarata olish va boshka imkoniyatlardan keng foydalana olishi lozim bo`ladi.
Dasturni yaratish uchun kuyidagi amallar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

  1. Asosiy oynadani yordamichi oynalar bilan boglashni yo’lga kuyuvchi tugmachalarni urnatish;

  2. Yordamchi oynalarni yaratish;

  3. Har bir oynani vazifasiga kura nomlash;

  4. Har bir oynaga o`zi uchun kerakli bo’lgan obyektlarni joylash;

  5. Setda ishlash imkoniyatiga ega bo`lgan test dasturini yaratish.

Hozirgi kunda maktab, kasb-hunar kollej hamda oliy ta’lim dargohlarida turli hil fanlardan elektron darsliklar va elektron qo`llanmalar yaratish juda ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aniq fanlar yo`nalishlari bo`yicha elektron darslik va qo`llanmalar, tajriba stendlari yaratish talabalar bilimini yanada rivojlanishi hamda tezroq va sifatliroq bilim olishlariga xizmat qiladi.
Men ham shu masalani yechishga o`z xissamni qo`shish maqsadida kasb-xunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan elektron qo`llanma yaratish" mavzusi bo`yicha ishini bajarmoqchiman.
Masalani hal qilish uchun quyidagilarni bajarishni rejalashtirdim.
Bular kuyidagilardir:

  • elektron qo`llanmalar yaratishning o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishib chiqish;

  • kasb - hunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining maqsad va vazifalarini o`rganish;

  • kasb - hunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi»fanining mavzulari bo`yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar hamda ularning tahlili bilan tanishish;

  • maqsadga muvofiq elektron qo`llanma yaratishda qo`llaniladigan dasturiy vositalarni tahlil etish;

  • tanlangan dasturiy vositasi imkoniyatlariga asoslangan holda elektron qo`llanmani yaratish texnologiyasini ishlab chiqish;

  • dasturiy vositalar yordamida elektron qo`lanmani yaratish;

  • elektron qo`llanmadan foydalanish yo`riqnomasini ishlab chiqish.



1.2. Elektron qo`llanmalar yaratishning o`ziga xos xususiyatlari.


Mamlakatimizda «Kadrlar tayyordash Milliy dasturi»ning ikkinchi bosqichi yakunlanib, uchinchi - sifat bosqichiga o`tildi. O`tgan davrda yaratilgan me’yoriy-xuquqiy hujjatlar fanlar bo`yicha o`quv adabiyotlariniig yangi avlodini yaratishga asos bo`lib, o`quv jarayonini sifatini oshirishga xizmat qiladi. O`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidaga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va mqtisodiy masalalarni hal qilish, uzluksiz ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta’minlashga qaratilgan tadbirlarning ishlab chiqishni talab qiladi.


Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kirib kelishi o`kitish jarayonining samaradorligini keskin ortirishiga sabab bulmokda. Bu samaradorlik asosan talabalarning mustakil bilim olishiga bo`lgan intilishini ortirish, elektron darsliklardan foydalanish evaziga talabalar bilimini sifat jixatdan oshirish, talabaning bush vaktini uzining kasbiy faoliyatini ohirishga yunaltirilganligi va uz soxasi buyicha dunyo yangiliklaridan foydalanib kasbiy malakasini oshirish, murakkab jarayonlarni taxlil kilish, ularning texnologik yechimlarini topish, ularni baxolash imkoniyatlarini hosil bulishi uchun xizmat kiladi.

Ma’lumki, elektron qo`llanmani biror bir fanga tegishli bo`lgan ma’lumotlarni ochib berishi, undan foydalanuvchilar uchun qiyinchilik tug`dirmaydigan ko`rinishda yaratilishi dasturlash tillarinin imkoniyat darajaldariga bog`liq bo`ladi. Shuning uchun, dasturni yaratishda foydalanadigan dasturlash tilining tanloviga alohida etibor berish kerak.


Shunday qilib, zamonaviy komunikasion axborot texnologiyalari yordamida tayorlangan elektron darslik va qo`llanmalarga bo`lgan ehtiyojning ortib borishi tabiiy bir holdir. Hozirgi kunda yaratilayotgan elektron qo`llanmalarning sifatini yaxshilash maqsadida quyidagi tavsiyalarni berish mumkin.
-dastlab o`rgatuvchining psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o`quv materialini (shakli va mazmuni bo`yicha) ko`rsatishni turli variantlari ishlab chiqariladi;
-o`quv materialining elektron varipnti Word matn muharririda va undan yuqori versiyali redaktorlarda tuzish kerak. Chunki rasmlar va formulalarni yozishda qulay vositalardan foydalanish lozim;
- materalni qism, bo`lim hamda paragraflarga ajratish xamda bir minimal mantiqiy qism alohida fayl sifatida saqlanishi kerak. Hamma yaratilgan fayllarni bir necha ichki katalogi bo`lgan bitta katalokga saqlash tavsiya etiladi. Materialni qismlarga bo`lishda har bir faylning hajmini shunday tanlanishi lozimki, bu fayl veb bravzer orqali ishga tushirilganda uning hajmi 3-4 ekranli bo`lishi kerak. Bu 2-3 betli 12 shriftda terilgan DOC faylli matnga mos keladi;
- saxifada o`quvchining diqqatini chalg`ituvchi keraksiz matn(matn yoki grafik shakldagi) axborot bo`lmasligi, ekran foni mionotonli bo`lishi, lekin oq bo`lishi shart emas. Oqish rangda rangdagi fonlarni ishlatish mumkin. Bunda harflarning rangi qora yoki qora ko`kimtir ranglarda bo`lishi maqsadga muofiqdir. qora rangli fon va oqish rangli shriftni ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki bunday ranglar o`quvchining ko`zini tezda charchatadi;
- tasvirlarning zichlashgan grafik formatlarini. Masalan, GIF, JPG kabilar ishlatilsa o`quv dasturining hajmi ancha kamayadi;
- videofragmentlarni yaratishda kompyuter videomontaji bo`yicha dasturiy texnikaviy vositalar ishlatiladi. Bunda montajda kerak tasvir va ovozlar to`plamini oldindan tayyorlab olish kerak
- materialni qabul qilishda faol ta’sir etuvchi elementlardan biri bu ovozdir. Ovoz bilan ishlaganda uni chiqarish, yozish hamda sintez qilish imkoniyati mavjud turli dasturiy ta’minotlar ishlatiladi;
-elektron qo`llanmalar orasida hamda internetning kerakli zaxiralari orasidagi aloqalarni o`rnatish uchun gipermatnli yo`naltirishlar zarur. Bu juda oddiy amal bo`lib, Word redaktorining «vstavka», «gipersso`lka» menyusining «dobovleniya gipperssilka» instrumentlar panelida amalga oshiriladi. Gipermatnni qo`shish uchun dastavval kerakli so`z va boshqa kerakli obyektlarni ajralib olinadi. Aloqa o`rnatilayotgan fayl yaratilgan kataloda bo`lishi kerak
- yaratilgan matn html formatiga o`tkazish uchun «файл» menyusidgi «soxranit kak» rejimida fayl tipini html document nomini o`rnatib saqlash kerak. Bu amal natijasida *.htm fayl hosil bo`ladi. Natijada matnni ichida yozilgan formulalar avtomatik ravishda *.jpg formatli fayl rejimiga aylantiriladi.
Umuman olganda elektron qo`llanma ma’lum fan bo`yicha to`la o`quv materialini qamrab olishi kerak. Bunda ma’lumotlar tez izlab topiladi. O`qitish uchun qulay bo`ladi. Elektron qo`llanmalardagi ma’lumotlar tugallangan fragmentlar shaklida bo`lishi, oddiy darslikda o`zlashtirish qiyin bo`lgan holatlar videoelementlar orqali ifodalanishi lozim. Qo`llanmada ma’lumotlar ishonch, sifatli, qiziqarli va tartibli bayon qilinishi lozim.
Mukammal qilib yaratilgan elektron qo`llanmalarr masofadan turib o`qitishda muxim vosita xisoblanadi. Zero, kelajakda masofadan o`qitish ta’lim tizimidagi eng asosiy pedagogik texnologiyalardan biri bo`lib qoladi.


1.3. Kasb xunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining maqsadi va vazifasi.


Ushbu fan hozirgi zamonda uy ro`zg`or buyumlari, xolodilniklar, kir yuvish mashinalari, avtomobil, samolyotsozlik, kosmik apparatlari elektronikasi, o`lchash qurilmalari radioelektrotexnikada qishloq xo`jalik mashinalaridateplisa suv xo`jaligida, zavod va fabrikalarda Raqamli stanoklarni, tekstil mashinalarini, robot va manipulyatorlarni ishlashlarini avtomatik boshqarish neft, gaz va yog` ishlab chiqarish jarayonlari ishlatiladigan texnik qurilmalarni ishlash rejimlarini avtomatik nazorat qilish, boshqarish va shunga o`xshash sohalarda qo`llaniladigan mikroprosessorlar va ularni kkompplektlariga kirivchi katta integral sxemalarni tuzilishlari, ishlash rejimlarini o`rganishga bag`ishlangan.
Hisoblash va mikroprosessor fanida mikroprosessorlarni bajaradigan vazifalari sinflari, turlari, ularni tavsiflari hamda mikroprosessor qurilmalarni mikroprosessor bajariladigan hisoblashlarini mikroprosessor sistemalarni logik sxemasi asosida mikroprosessorva uning ichki loklar ishlashi, bajaradigan vazifalari hamda har xil seriyadagi mikroprosessorlar Bilan kontrollerlar, mikroEHM qurishda iishlatiladigan parallel va ketma-ket interfeyslar dasturlashtiriladigan tayyor va shunga o`xshash KISlar bajaradigan vazifalari, tuzilishlari ishlash rejimlari, arifmetik asoslar, sannoq sistemasi, pozision va nopozision tizimidagi sanoqlar, sonlarni kodlashtirish, soni ifodalash aniqligi, ikkilangan sonlar ustida arifmetik operasiyalar razryad setkasi to`lish hadisasini taxlil qilish.
Kombinasiyalangan va ketma-ket qurilmalari, mantiiq algerasi asoslari, ikki o`zgaruvchining mantiiqIy funksiyasi, mantiiq algebrasining asosiy qonunlari o`rganish, o`tkazuvchi funksiyalarni joriy qiluvchi mantiiqIy elementlarni shartli belgilari, kombinasiyalangan sxemalarning analiz va sintez qilish vazifalari, bir kirimli kombinasion haqida ma’lumot beradi.
Mikroprosessor qo`llash o`lchagich qurilmalarni “intellektual” qurilmalarga aylantiradi. Bu qurilmalar o`lchanayotgan ma’lumotlarni kerakli bo`lgan darajada matematik qayta ishlov o`tkazishga qodirdir, hamda ularni insonga qulay bo`lgan ko`rinishda chiqarib beradilar.
Agarda mikroprosessor ma’lumotlarni o`lchagich sistemasining bita zvenosi sifatida bo`lsa, mikroprosessor ma’lumotlarni to`liq qayta ishlashi ma’lumotlarni o`lchagich sistemasiga qoldiradi.
Mikroprosessor o`lchanayotgan kattaliklarni matematik qayta ishlashdan tashqarii asboblarning kerakli elementlarini ulaydigan (uzadigan), buyruq, xabarlarini qabul qiladigan, chiqihdagi kattaliklarni uzatadigan va shunga o`xshash boshqaruvchi qurilmalar vazifasini ham bajaradi.
Hisoblash va mikroprosessor fanini asosiy o`quv ishlarini takomillashtirishni shakllaridan biri darsdir. Dars bilan birgalikda o`quvchilarga kompyuterlar bilan yaxshi jihozlangan sinf xonalarida mashg`ulot tashkil qilinadi.
Hisoblash va mikroprosessor fanini o`rganish darsida umumta’lim fanlari darslari bilan o`xshash tomonlari bo`lib, shu Bilan birga farqli tomonlari ham mavjud. Bu fanni o`qitishda guruxdagi talabalar soni 20 tadan ko`p bo`lsa, o`quvchilarni tajriba ishlaridaikkita kichik guruxlarga bo`lib dars o`tiladi. O`quvchilarni bilimini puxtalash uchun nazariy bilim bilan birga tajriba va amaliy mashg`ulotlar o`tkaziladi.
Dars o`tish davomida nafaqat ularni bilim berishi balki, ularda ko`nikma va malakalarini xam shakillantirib borish ko`zda tutildi.
Kichik guruxlarda bo`lingan o`quvchilar dars davomida turli xil dedaktik topshiriqlar yechib borishadi, nyagt har xil dedektik topshiriqlarni ommaviy topshiriqlar bilan birgalikda bajarib borishadi.
Mashg`ulotlar har xil sharoitda bajarilish mumkin: sinfxonada, tajriba (kamchiliklar) xonasida, va boshqa joylarda, darsning maqsadi va vazifasiga qarab Xisoblash va mikroprosessor texnikasi fani nazariy, amaliy darslarga bo`linadi.
Nazariy darsda o`quvchilar mikroprosesser va ularning arxitekturasi, mikroprosessorningg tarkibiy qismlar arifmetik asoslar bo`yicha bilimlarni chuqurlashtiradilar. Bunda Hisoblash va mikroprosessor texnikasi, hamda mikroprosessorning tarkibiy qismlarning maqsadi va vazifasi, tuzilishi ularni ishlashi va sanoq tizimi. Pozitsion va nopozitsion tizimlardan sanoqlar, sanoqlarni kodlashtirish, ikkilangan sonlar ustida arifmetik operasiyalar bajarishni o`rganadilar.


1.4. «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan elektron qo`llanmani yaratishda qo`llaniladigan dasturiy vositalar tahlili




Xozirgi kunda WEB saxifalar, elektron darslik, virtual tajriba stendlari va elekron uslubiy qo’llanmalar yaratish jarayonini jadallashtirish va uning shaklini tubdan islox kilish maksadida yukori darajali dasturiy vosita va dasturiy ta’minotlardan foydalanish maksadga muvofikdir.
Biz bilamizki, hozirgi kunda elekron uslubiy qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar juda xam kup bo’lib, bitiruv malakaviy ishiga qo’yilgan «KXKlarda ukitiladigan «Xisoblash va MP texnikasi» fanidan elektron qo`llanma yaratish» mavzusi uchun dastur ta’minotini yaratish xamma uchun tushunarli bo’lgan Microsoft Word, Macromedia Flash MX va Microsoft Office paketiga kiruvchi Microsoft Front Page dasturlaridan foydalangan holda yaratildi.

Yüklə 301,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin