Munosabat Bundan besh yil muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə3/3
tarix11.11.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#131673
1   2   3
Harakatlar strategiyasi

xalq vakillari – deputatlar oldidagi hisobdorligi ortayotganligi ham davlat organlari ustidan nazoratning kuchayishi, mutassaddilarning o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishlariga xizmat qiladi.
Eng muhimi, har bir maqsadning amalga oshirilish jarayoni aholi tomonidan doimiy ravishda kuzatib borilishini ta’minlash maqsadida elektron platformalar ishga tushiriladi va muntazam takomillashtirib boriladi.
Oltinchidan, Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning ilk yili – 2022 yilda amalga oshirilishi belgilab olingan vazifalarga ajratilayotgan mablag‘lar miqdorining ham bir necha barobar ortganligini ko‘rish mumkin. Xususan, Taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida umumiy qiymati 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirning ko‘zda tutilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Vaholanki, 2021 yilda belgilangan davlat dasturini bajarish uchun 29 trillion 492,7 milliard so‘m va 2 milliard 600,4 million AQSH dollari, 2020 yildagi davlat dasturini bajarish uchun esa 18 trillion 171,4 milliard so‘m va 10 milliard 301,5 million AQSH dollari ajratilgan edi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarni to‘laqonli amalga oshirishda barchamizdan mustahkam iroda va qat’iy intizom, bor imkoniyatlarni to‘la safarbar qilish talab etiladi. Albatta, bunda har birimiz faol bo‘lishimiz, bir kuch, bir qudrat bo‘lib Yangi O‘zbekistonni barpo etishda o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim.
Zero, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «hamma islohotlarni, hamma harakatlarni jamiyat bilan birga qilamiz. Hammamiz bir kuch, bir qudrat bo‘lib xalqimizga xizmat qilishimiz kerak».
Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin