O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI
KAFEDRASI
5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi
III kurs talabalari uchun
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI
fanidan ma’ruza
MATNLARI
2- qism
T u z u v ch i : o’qituvchi Hudoyberganov.N
QO’QON–2014
Matematika o‟qitish metodikasi fanidan tayyorlangan ushbu ma‟ruza matnlari 5111700 – Boshlang‟ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish yo‟nalishi 3- kurs talabalariga mo‟ljallangan.
Muharrir: A.To‟raxo‟jayeva
BTM kafedrasi katta o‟qituvchisi,
filologiya fanlari nomzodi.
Taqrizchi: H.Mamadaliyeva
BTM kafedrasi katta o‟qituvchisi.
Mazkur ma‟ruza matnlari QDPI boshlang‟ich ta‟lim metodikasi kafedrasining
2014 yil 26 avgustdagi
№1 yig‟ilishida chop etishga ruxsat etilgan.
@ QDPI
Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi Reja:
Nomerlashni o‟rganish metodikasining umumiy masalalari.
“O‟nlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi.
“Yuzlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi.
“Minglik” va “Ko‟p xonali sonlar” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi.
Xulosa.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang‟ich matematika kursi asosini tashkil qiladi. Butun nomanfiy sonlar ustida ishlash boshlang‟ich maktabda 4 yil o‟qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural sonlar va nolь haqidagi ma‟lumotlarni o‟nlik, yuzlik, minglik, ko‟p xonali sonlar konsentrlari bo‟yicha kiritishni nazarda tutadi. Har bir konsentr o‟z mazmuniga ko‟ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o‟quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o‟rganadilar, umuman arifmetikaning mohiyati to‟g‟risida tasavvur hosil qiladilar. O‟nliklarni ajratish o‟nlik sanoq sistemasining xususiyatlari bilan sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash bilan bog‟liq bo‟lgan asosiy masalalarni o‟rganishga imkon beradi. Birinchi o‟nlikni o‟rganishda predmetlarni sanash, 1–10 gacha bo‟lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to‟plamlari ustida operasiyalar bajarish asosida, so‟ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o‟rni bo‟yicha sonlarning tarkiblarini) o‟zlashtirib olish nazarda tutiladi. O‟qitishning boshidanoq bolalardaba‟zi muhim umumlatirishlar shakllanadi. Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo‟lishi aniqlanadi, qatorning ihtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma sonlar orasidagi munosabatlar o‟rnatiladi va shu bilan birga bo‟sh to‟plamning harakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11–20 ichida, so‟ngra 21–100 sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o‟rganishda ikkinchi o‟nlikni ajratish sonlarning o‟nli tarkibini varaqamlarning o‟rin qiymati prinsipini yaxshi o‟zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o‟nlik sonlarini nomerlashni o‟rganish tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. SHundan keyin 11–20 ichida sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o‟nli tarkibi, 21–100 ichida sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o‟nli tarkibi o‟rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o‟quvchilarni tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunda bolalarga yangi sanoq birliklari o‟nta birlik o‟nlikni, o‟nta o‟nlik yuzlikni, o‟nta yuzlik minglikni, yangi sinf tushunchasini kiritish o‟rgatiladi. III sinfda uch xonali sonlarni yozish va o‟qishga doir bu sonlar sonlarning yuzliklardan, o‟nliklardan va birlikdan hosil bo‟lishiga doir uch xonali sonni o‟nga qo‟shiluvchilarning yig‟indisi shaklida tasvirlashga doir mashqlar beriladi. IV sinfda sinf tushunchasini kiritilib, ikki va yuz sinflar sonlarini og‟zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o‟zlashtirishga oid mashqlar beriladi.
3
“O‟nlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o‟rgatish uslubiyoti. Bolalarni 10 ichida sanash ko‟nikmalarini o‟zlashtirishlari, tartib va sanoq, sonlarning birliklardan iborat tarkibi, sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi, qo‟shni sonlar orasidagi munosabatlarni tushunish, to‟g‟ri va teskari sanoq tushunchalari bolalar bog‟chalari va maktablar sinflar dasturida ko‟rsatilgan. SHu sababli o‟qituvchining birinchi navbatdagi vazifasi birinchi sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshirishni mashg‟ulotlar boshlangunga qadar bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida yoki o‟qishning birinchi haftasi davomida amalga oshirish mumkin. Bolalar bilim, malaka va ko‟nikmalarini aniqlash va tekshirishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Sen sanay olasanmi? Sana-chi.
Ma‟lumki, bolalar bog‟chalari dasturiga binoan bolalar 10 gacha sanay olishlari kerak. Birinchi sinfga kelgan ko‟pchilik bolalar 10 dan yuqori ham sanay oladilar. Bular hali bolalar ongli ravishda sanaydilar deyishga asos bo‟la olmaydi. Sanoqning onglilik darajasini tekshirish uchun quyidagi savollar beriladi.
Bu olmalarni, noklarni, sabzilarni, doirachalarni sana. Bunda ......... qancha? (6–8 ta)
O‟quvchining to‟g‟ri javobi taxminan bunday bo‟ladi: bir, ikki, uch, to‟rt, besh,
olti. Hammasi oltita olma... Bu holda o‟quvchi oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor bilan to‟g‟ri mos keltirdi va o‟quvchi tushunib sanaydi. Agar bola oxirgi aytilgan sonni umumiy miqdor bilan to‟g‟ri mos keltira olmasa, u holda bola sanay olmaydi.
Stolda nechta qalam yotgan bo‟lsa, chap qo‟lingga shuncha qalam ol.
Bilgin-chi, qaysi doirachalar ko‟p, qizillarmi yoki ko‟klarmi?
Bu ikkala savol predmetlarning ikkita to‟plamini ularni tashkil etuvchi elementlari soni bo‟yicha taqqoslashga doir amaliy malakalarini tekshirishga yo‟naltirilgan. Ikki to‟plamni taqqoslashni bolalar har bir to‟plam elementlarini sanash yo‟li bilan yoki bir to‟plamning har bir elementini ikkinchi to‟plamning elementiga mos keltirish yo‟li bilan amalga oshirish mumkin.
5.“SHolg‟om” ertagiga ishlangan rasmga qara va kuchukcha oldida, mushukdan keyin, nevara bilan, mushuk orasida nimalar turganini ayt.
Bunday mashqlarning asosiy vazifasi “bolalarning ...dan keyin”, “oldida turish”, “orasida” kabi tartib munosabatlari haqidagi tasavvurlarini aniqlashdan iborat. SHu bilan birga bolalarda “chapda o‟ngda”, “yuqori pastda” kabi fazoviy munosabatlar tarkib toptiriladi. Tekshirishning borishida bolalar geometrik figuralarni taniy olishlarini va farq qila olishlarini va masalalarni echa olishlarini aniqlanadi. Birinchi o‟nlik sonlarini o‟rganishda tayyorgarlik davri va tegishli raqamlar hamda sonlar bilan tanishtirish davri ajratiladi.
Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi nomerlashni o‟rganishga o‟tish uchun zarur bo‟ladigan bilimlar, malakalar va ko‟nikmalarni aniqlash, ularni to‟ldirish va sistemalashtirishdan iborat. Tayyorgarlik davrida quyidagi mashqlar bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |