Nazorat savollari:
Ming ichidagi sonlarni nomerlash necha bosqichda o‟rgatiladi?
Uch xonali sonlarda o‟ngdan chapga hisoblaganda birliklar, o‟nliklar, yuzliklar qaysi o‟rinda turadi?
Sonlarning uch xonali sonni o‟nli qiymatlarini bilgan holda qanday o‟qiladi?
Og‟zaki nomerlash qanday amalga oshiriladi?
Yozma nomerlash qanday amalga oshiriladi?
O‟ntalab, yuztalab sanashga o‟rgatishdan maqsad nima?
Sonlar yozilgan kartochkalar nabori nima maqsadda ishlatiladi?
Minglik mavzusida sonlarni nomerlashni tayyorgarlik davrida qanday ishlar olib boriladi?
Mavzu. Ko‟p xonali sonlarni nomerlashni o‟rganish metodikasi
Reja:
Sonlarning nomerlashga o‟rgatishning tayyorgarlik bosqichi.
Sinf tushunchasini kiritish.
6 xonali sonlarni hosil bo‟lishi, o‟qilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
O‟quvchilar bilim va malakalarini mustahkamlash.
Ko‟p xonali sonlarni nomerlashni o‟rganishda o‟quvchining asosiy vazifasi yangi sanoq birligi-minglik tushunchasini tarkib toptirish, sinf tushunchasini mohiyatini ochish va shu asosda ko‟p xonali sonlarni o‟qish va yozishga o‟rgatish, bolalarning o‟nlik sanoq sistemasiga oid bilimlarini natural ketma-ketlikni, sonlarni yozishning pozision prinsipiga oid bilimlarini aniqlash va umumlashtirishdan iborat. Ko‟p xonali sonlarni nomerlashni og‟zaki va yozma nomerlashni o‟rganish ishini bir necha bosqichga bo‟lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |