V. O’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash
Bu maqsadlarga ko‟p xonali sonlarning o‟qilish va yozilishiga oid, sonlarni
taqqoslashga oid, ko‟p xonali sonlarni xona qo‟shiluvchilarning yig‟indisi bilan
almashtirishga oid, sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirishga oid mashqlar, nollar bilan
tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytirishga oid mayda birliklarni yirik
biriklarga, yirik birliklarni mayda birliklarga almashtirishga oid berilgan ko‟p xonali
sonlardagi birliklarning, o‟nliklarning, yuzliklarning umumiy sonini topishga oid
mashqlar xizmat qiladi.
Masalan:
Quyidagi sonlarni raqamlar bilan yozing. 4 yuz oltmish to‟rt ming bir yuz oltmish ikki, 2-sinfning 137 birligi, 3-sinfning 420 birligi, 2-sinfning 5 birligi, 1-sinfning 56 birligi ....
Bevosita 699997, 50089 sonidan keyin keladigan, 600801, 300100 sonidan oldin keladigan bitta sonni yozing.
Sonlarni taqqoslang: 20007 va 200007; 6004 va 5030 ...
Quyidagi sonlarning qo‟shnilarini ayting: 20000, 50000, 800000.
Quyidagi sonlarni xona sonlarining yig‟indisi shaklida tasvirlang: 8506, 2500, 4897, 98001.
268000 sonini 100 marta kamaytiring. 800 ni 10 marta orttiring. Bu mashqlarni bajarishda o‟quvchilar sonlarning yozilishida raqamlarning o‟rin qiymatlarini bilganliklariga asoslanadi.
Sonlarni yozing: 2815, 5182, 8125 sonlarining har birida hammasi bo‟lib qanchadan o‟nlik bor? Bularning har birida hammasi bo‟lib qanchadan minglik bor?
Yirikroq birliklarda ifodalang: 7031 sm, 842 dm, 340 mm.
Maydaroq birliklarda ifodalang: 25 sm 60 sm = ..... sm, 5 m = ... kg.
Dostları ilə paylaş: |