2. Ko’paytirish va bo’lishning maxsus hollari.
a) 1 ga ko‟paytirish va bo‟lish
Masalan: 1 · 6, 1 · 8 sonlarning ko‟paytmasini qo‟shish bilan topish o‟rgatiladi. 1·6=1+1+1+1+1+1=6
Bunda bolalar bir soni ikkinchi ko‟paytuvchida qancha bir bo‟lsa, shuncha marta qo‟shiluvchi qilib olinishini va ko‟paytmada har doim II ko‟paytuvchiga teng son bo‟lishini ko‟radilar va birni har qanday songa ko‟paytirishda ko‟paytmada shu son hosil bo‟ladi va qoidani xarflar yordamida 1 · a = a deb yozadilar. 1 ga ko‟paytirish qoidasini maxsus hol sifatida kiritib, bu holni ko‟paytirishning o‟rin almashtirish xossasi orqali tushuntiriladi. 6 · 1 ni topish uchun 1 · 6 = 6 dan foydalaniladi. SHu sababli 6 · 1 = 1 · 6 = 6. Ko‟paytirish bilan bo‟lish orasidagi bog‟anish asosida sonni 1 ga bo‟lish qoidasi kiritiladi, ya‟ni 6 : 1 = 6 chunki 1 · 6 = 6. 8 : 1 = 8 chunki 1 · 8 = 8 va umuman a : 1 = a chunki 1 · a = a
SHu bilan birga nolni ko‟paytirish va nolni bo‟lish holi ham ko‟rsatiladi. Masalan: 0 · 5 = 0 + 0 + 0 + 0 + 0 = 0
Bundan nolni har qanday songa ko‟paytirilganda nol chiqadi deb va qoidani
xarflar yordamida yozish ya‟ni 0 · V = 0 ham o‟rgatiladi, so‟ngra nolni nolga teng bo‟lmagan har qanday songa bo‟lish holi ko‟paytirish amalining komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‟lanishni bilganlik asosida o‟rgatiladi.
Masalan: 0 : 5 da o‟quvchilar bilan bunday mulohaza yuritiladi. 0 ni 5 ga bo‟lish uchun shunday sonni topish kerakki, uni 5 ga ko‟paytirganda 0 chiqsin. Bu son noldan iborat chunki 0 · 5 = 0 demak 0 : 5 = 0. Demak, nolni nolga teng bo‟lmagan har qanday songa bo‟lishdan 0 chiqadi, degan xulosaga kelinadi va 0 : a = 0 deb yoziladi. Berilgan sonni nolga bo‟lish mumkin emas, chunki bo‟linmada har qanday son olinganda ham uni nolga ko‟paytirilsa son emas, 0 chiqadi. 3 : 0 ....
10 ni bir xonali songa ko‟paytirishni bunday tushuntiriladi.
10 ni 5 ga ko‟paytirish uchun 1 o‟nni 5 ga ko‟paytirish kerak, u 5 o‟n yoki 50 chiqadi. Nol bilan tugaydigan 2 xonali sonni 10 ga bo‟lishda ko‟paytirish amali komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‟lanishdan foydalaniladi 50 : 10 ni topish uchun 10 ga ko‟paytirganda 50 hosil bo‟lsin, bu 5 demak 50 : 10 = 5.
2, 3, .... 9 ni bir xonali songa ko‟paytirish va bo‟lishning jadval hollari taxminan bir xil reja asosida o‟rgatiladi. Bunda jadvalning har bir holini o‟rganish ishi o‟zgarmas birinchi ko‟paytuvchi bo‟yicha jadval tuzishdan boshlanadi. Natijani topish uchun har xil usullardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |