Minglik mavzusida arifmetik amallarni o’rganish metodikasi.
Reja:
Ming ichidagi sonlarni og‟zaki qo‟shish va ayirish.
Ming ichidagi sonlarni yozma qo‟shish va ayirish.
Ming ichidagi sonlarni ko‟paytirish va bo‟lish.
1.Ma‟lumki, 10 va 100 ichida bir va ikki xonali sonlarni qo‟shish va ayirishni o‟quvchilar og‟zaki usulda hisoblashni o‟rgandilar. Ming ichida qo‟shish va ayirishning avval og‟zaki, so‟ngra yozma usullari o‟rganiladi. Qo‟shish va ayirishning og‟zaki usullari yuz ichida bo‟lganidek, sonni yig‟indiga, yig‟indini songa qo‟shish hollariga, shuningdek, ayirishning tegishli qoidaliriga asoslanadi. Bu nazariy bilimlarni bolalar yuz ichida amallarni o‟rganishda o‟zlashtirganlar. SHuning uchun ming ichida qo‟shish va ayirishning og‟zaki usullarini o‟rganish metodikasida yuzlik mavzusidagi tegishli metodika bilan ko‟p o‟xshashlik bor. Hisoblashning o‟xshash usullari bir-biri bilan taqqoslangan holda o‟rganiladi. Hisoblash malakalarini hosil qilish uchun turli-tuman mashqlardan foydalaniladi, bu mashqlar nazariy bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ming ichida qo‟shish va ayirishning og‟zaki usullari bir vaqtda va quyidagi tartibda qaraladi. Tayyorgarlik bosqichida nomerlash haqidagi bilimlarni qo‟llash bilan bog‟liq bo‟lgan mashqlar qaraladi.
Dostları ilə paylaş: |