I bosqich: Bir xonali songa ko’paytirish va bo’lish. Bu bosqichga katta e‟tibor beriladi, chunki bunda olingan ko‟nikma va malakalar ikki xonali va uch xonali songa ko‟paytirish va bo‟lishni o‟zlashtirish
41
uchun asos bo‟ladi. Bir xonali songa yozma ko‟paytirish va bo‟lishni o‟rganishga tayyorlash maqsadlarida bolalarning ko‟paytirish amali bir xil qo‟shiluvchilarni qo‟shish ekanligi haqidagi bilimlar umumlashtiriladi, ya‟ni a sonini v soniga ko‟paytirish, a sonini v marta qo‟shiluvchi qilib olish demakdir. SHu munosabat bilan 1ni 1ga ko‟paytirish, nolga va nolni ko‟paytirish hollari kiritiladi va tegishli xulosalar ifodalanadi. Agar ko‟paytuvchilardan bir 1 ga teng bo‟lsa, u holda ko‟paytma ikkinchi ko‟paytuvchiga teng bo‟ladi. Agar ko‟paytuvchilardan biri nolga teng bo‟lsa, nolga teng bo‟ladi, ya‟ni 1 · a = a; a · 1 = a; 0 · a = 0; v · 0 = 0. YOzma ko‟paytirish usulini ochib berishga tayyorlash maqsadida yig‟indini songa ko‟paytirish qoidasini va ikki xonali sonni bir xonali songa ko‟paytirish usulini takrorlash kerak, uch, to‟rt va undan ortiq sonlar yig‟indisini ham har xil usullar bilan songa ko‟paytirish mumkinligini ko‟rsatish kerak. ko‟paytirishning taqsimot xossasini o‟quvchilar ko‟p xonali sonni bir xonali songa og‟zaki ko‟paytirishga tadbiq qila oladilar.