I. Tayyorgarlik ishi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida nomerlashga doir materiallardan 1000 ichida sonlarni nomerlashga yordam beradigan qismidan takrorlashdan iborat. SHu maqsadda o‟quvchilarga taxminan bunday mashqlarni tashkil qilish mumkin.
Sonlarni tartib bilan 18 dan 23 gacha, 36 dan 45 gacha, 77 dan 89 gacha ayting.
Har qaysi qatorning yana 4–5 ta sonini ayting. 76, 77, 78 ... 45, 46, 47...20, 30, 40...
6 o‟nlik 3 birlikdan iborat sonni ayting. Bundan oldingi sonni ayting. Bundan keyingi sonni qanday hosil qilish mumkin? Bu sonni yozish uchun nechta raqam kerak bo‟ladi? 83 sonini qanday xona qo‟shiluvchilarining yig‟indisi bilan tasvirlash mumkin?
79, 85, 92 sonlari qanday qo‟shni sonlar orasida turadi?