Mavzu. Boshlang’ich sinflarga arifmetik amallarni o’rganish va hisoblash ko’nikmalarini tarkib toptirish metodikasi
Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarida og‟zaki va yozma hisoblash ko‟nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining yo‟nalishlaridan biri. Arifmetik amallarni

16


o‟rganishda oldin bolalar ongiga uning ma‟nosini, mazmunini etkazish kerak. Bu ish predmetlarning har xil to‟plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o‟tkaziladi. O‟quvchilarni qo‟shish va ayirish amallarining ma‟nosi bilan tanishtirish ikki to‟plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to‟plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy operasiyalar asosida olib boriladi. Ko‟paytirish amalini o‟rganishda bir nechta teng sonli to‟plamlarni amalda birlashtirish bilan cheklanadi. Ko‟paytirish uning komponentalari bilan natijasi orasidagi bog‟lanishlarni o‟rganish o‟z navbatida bo‟lish amaliy o‟rganish uchun asos bo‟lib xizmat qiladi. Har xil (og‟zaki va yozma) hisoblash usullarining ongli o‟zlashtirilishi uchun dastur arifmetik amallarning ba‟zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Masalan: 1-sinfda 10 ichida qo‟shish va ayirishni o‟rganishda bolalar qo‟shishning o‟rin almashtirish xossasi bilan tanishadilar. YUz ichida qo‟shish va ayirishni o‟rganishda sonni yig‟indiga qo‟shish va yig‟indini songa qo‟shish ayirmaning asosiy xossasidan chiqadigan natijalar bo‟lmish yig‟indidan sonni ayirish va yig‟indini sondan ayirish bilan tanishadilar. O‟rganilgan xossa va qoidalar hisoblashlarni soddalashtirish imkonini beradi. Masalan qo‟shiluvchilar o‟rinlarini almashtirish usuli, 3+6, 2+8 ni hisoblashlarni engillashtiradi. Dastur arifmetik amallarning xossalarini o‟rgatishdan tashqari bolalarni arifmetik amallar orasidagi mavjud bog‟lanishlar va amal hadlari va uning natijalari orasidagi munosabatlar bilan tanishtirishni nazarda tutadi. Bu bilimlarning hammasidan hisoblashlarda va amallar to‟g‟ri bajarilganini tekshirishda foydalaniladi. Masalan: ko‟paytirish amalining komponentalari bilan natijasi orasidagi bog‟lanishlarni bilganlikka tayanib, har bir ko‟paytirish holi asosida bo‟lishning tegishli xossalarini hosil qiladilar. Agar 6 · 4=24 bo‟lsa, u holda 24 : 6 = 4, 24 : 4 = 6. Arifmetik amallarni o‟rganishdagi navbatdagi masalalar og‟zaki va yozma hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida o‟quvchilarda hisoblash ko‟nikmalarini shakllantirish bilan bog‟liqdir. Og‟zaki hisoblashning asosiy ko‟nikmalari 1–2-sinflarda shakllanadi. 2-3- sinfda yozma hisoblashlar ustida ish boshlanadi. SHu bilan birga yozma hisoblashlarda og‟zaki hisoblash ko‟nikmalari takomillasha boradi, chunki og‟zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy element sifatida kiradi. Og‟zaki hisoblash ko‟nikmalariga ega bo‟lish yozma hisoblashlarni ko‟proq, muvaffaqiyatli bajarishni ta‟minlaydi. Og‟zaki hisoblash usullari ham yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentalari bilan natijalari orasidagi bog‟lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og‟zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin