Yuz ichida sonlarni nomerlashni o’rganish uslubiyati

Reja:


  1. Sonlarni og‟zaki nomerlash.

  2. Sonlarni yozma nomerlash.

Yuz ichida sonlarni nomerlashni o‟rganishda o‟quvchilar yangi sanoq birligi o‟nlik va o‟nlik sanoq sistemasining muhim tushunchasi – xona tushunchasi bilan tanishadilar. Ikki xonali sonlarning hosil bo‟lish prinsiplarini nomi va yozuvini, sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash o‟zlashtirishning asosidir. YUz ichidagi sonlarni nomerlashni o‟rganishda o‟qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab gruppalab sanashga o‟rgatish, yuz ichidagi sonlarni o‟qish va yozishga o‟rgatish, bolalarga o‟ngdan chapga hisoblaganda birliklar (I xona birliklari) o‟nliklar (II xona birliklari) qaysi o‟ringa yozilishini aniqlash, u yoki bu xona birliklari


6


yo‟qligini qanday belgilashni ko‟rsatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo‟shiluvchilarning yig‟indisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar va terminlarni o‟quvchilar o‟zlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Nomerlashni o‟rganishda ikki bosqich ajratiladi: 11–20 sonlarni va 21–100 gacha bo‟lgan sonlarni nomerlash. 20 gacha bo‟lgan (11–20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21–100) katta bo‟lgan ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga o‟xshash: bu sonlarni og‟zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o‟ntalab gruppalashga va sonlarni yozishda raqamlarning o‟rin qiymatlari prinsipiga asoslanadi. SHu sababli ikkinchi o‟nlik sonlarining o‟nli tarkibini o‟zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi yuz ichida sonlarni o‟zlashtirishga tayyorgarlik bosqichi bo‟lib xizmat qiladi. Nomerlashni o‟rganishda ikkinchi o‟nlikni ajratish sonlarning o‟nli tarkibini va raqamlarning o‟rin qiymati prinsipni yaxshi o‟zlashtirishga imkon beradi. 20 ichida so‟ngra 100 ichida sonlar bilan tanishtirish, ushbu reja asosida amalga oshiriladi.
Oldin a) tayyorgarlik; b) og‟zaki; v) yozma nomerlash o‟rgatiladi. Ikkinchi o‟nlik sonlarini o‟rganishga oid ishlar, ya‟ni tayyorgarlik ishi “O‟nlik” mavzusini takrorlashda o‟tkaziladi. Bunda bolalarga birinchi o‟nlik ya‟ni 1–10 gacha sonlarning o‟zini bilish etarli emasligini, 10 dan katta sonlarni sanay olish ham zarur ekanligini ko‟rsatiladi. Bunda predmetlarni o‟nlikdan o‟tib sanashga oid mashqlar kiritiladi.
Masalan: Sinfning birinchi qatorida nechta o‟quvchi bor. II qatorda-chi? Sinfdagi o‟quvchilarning hammasi qancha? SHuningdek, narsalar gruppasini sanash bo‟yicha mashqlar (doska yonida necha juft bola bor?) kiritiladi. Xuddi shunday yo‟l bilan cho‟p donalarini juftlab, uchtalab, beshtalab sanash, kartonga taqilgan tugmalarni ham juftlab, beshtalab, o‟ntalab sanash mumkin. Misol tariqasida ikkinchi o‟nlik sonlarining nomini aytishga oid mashqlardan foydalanish ham mumkin. Sanoqda 4 sonidan keyin qaysi son aytiladi? 40 sonidan keyinchi? 7 sonidan oldin qaysi son aytiladi? 17 sonidan oldin-chi? 20ga 1ni qo‟shsak qanday son hosil bo‟ladi? Bunday mashqlar o‟quvchilarni birinchi o‟nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ular ko‟pligiga, ularni belgilash, atash hosil bo‟lish qatorda kelish tartibida bolalarga tanish bo‟lgan sonlar orasida ma‟lum o‟xshashlik borligiga ishontiradi. Masalan, I sinf 94-, 95- betdagi rasmlar.
Ikkinchi o‟nlik sonlarini og‟zaki nomerlashni o‟rganish bolalarda o‟n haqida tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho‟plarni 10 tadan qilib bog‟lab o‟nta bir o‟nni hosil qilishni ko‟radilar. (94-bet 1-rasm). So‟ngra o‟ntalik cho‟plarni sanash mashqlarini cho‟plardan foydalanib, o‟nlarni qo‟shish va ayirishni bajarib bolalar o‟nlarni ham birlar kabi qo‟shish va ayirish mumkin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. So‟ngra 11 dan 20 gacha sonlarning o‟nlar va birlardan hosil bo‟lishi, ularni nomi o‟rgatiladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin