To’g’ri to’rtburchak. Kavdrat. Har xil kattalikdagi va har xil rangdagi tomonlarining nisbati har xil bo‟lgan to‟g‟ri to‟rtburchak modellari, daftar varaqlari, rangli qog‟ozlaridan to‟g‟ri to‟rtburchak shaklidagi boshqa qog‟ozlardan hosil qilishi mumkin, buning uchun to‟g‟ri to‟rtburchak shaklidagiqog‟ozni uning qirralaridan biriga parallel chiziq bo‟yicha buklash kerak. Bunday qog‟oz varag‟ining o‟zi ham to‟g‟ri to‟rtburchakning modeli bo‟lib xizmat qiladi. Varaqlarni buklash chiziqlari bo‟yicha qirqib to‟g‟ri to‟rtburchakning har xil modellarini hosil qilamiz. SHunday to‟rtburchaklardan bir nechtasini ixtiyoriy vaziyatda doskaga maxkamlab qo‟yib bolalarni to‟g‟ri to‟rtburchakning uncha muhim bo‟lmagan xossasini, uning tekislikdagi vaziyatini farq qilishga o‟rgatamiz. To‟g‟ri to‟rtburchakning asosiy xossalarini bolalar ongli tushunishlari uchun to‟g‟ri burchak modelidan va to‟ri to‟rtburchak tekisligini buklash usulidan foydalanish mumkin. To‟g‟ri to‟rtburchak modeli yordamida bolalar to‟g‟ri to‟rtburchakning hamma burchagi to‟g‟ri ekanligi to‟g‟ri to‟rtburchakning qarama-qarshi tomonlarini buklash bilan ustma ust tushurish yordamida esa ularning tengligi aniqlanadi. Kvadrat modelini to‟g‟ri to‟rtburchak tekisligini 1-, 2- chiziqlar bo‟yicha buklash yo‟li bilan hosil qilish mumkin. O‟qituvchi bolalarning e‟tiborini
73
to‟g‟ri to‟rtburchakni 1-nomerli chiziq bo‟yicha buklaganda uning qo‟shni tomonlarini ustma-ust tushirishimizni, 2-nomerli chiziq bo‟yicha buklab so‟ngra shu chiziq bo‟yicha shtrixlangan to‟g‟ri to‟rtburchakni kelib qo‟shni tomonlarning tengligi erishadi. Bajarilgan ish natijasida tomonlari teng bo‟lgan to‟g‟ri to‟rtburchakka ega bo‟lamiz. O‟qituvchi bunday to‟rtburchak kvadrat deb atalishini aytadi. To‟g‟ri to‟rtburchak va kvadratning modeli yordamida ularni biridan farq qilishga doir mashqlar bajariladi.