3) Amfoter oksidlar – ham asoslarga ham kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar. Masalan: Al2O3 – alyuminiy oksidi, BeO – berilliy oksidi, ZnO – rux oksidi, Fe2O3 – temir (III) oksidi, Cr2O3 – xrom (III) oksidi, Mn2O3 – marganets (III) oksidi, PbO2 – qo‘rg‘oshin (IV) oksidi, V2O3 – vanadiy (III) oksidi va h.z.
4) Indefferent (befarq) oksidlar – tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Masalan: NO – azot (II) oksidi, N2O – azot (I) oksidi, CO – uglerod (II) oksidi va h.z.
5) Qo‘sh (aralash) oksidlar – ikki va undan ortiq oksidlarning aralashmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Masalan: Fe3O4 (FeO.Fe2O3) – temir qo‘sh oksidi, Cr3O4 (CrO.Cr2O3) – xrom qo‘sh oksidi, Mn3O4 (MnO.Mn2O3) – marganets qo‘sh oksidi, Pb2O3 (PbO.PbO2) – qo‘rg‘oshin qo‘sh oksidi Co3O4(CoO . Co2O3) – kobalt qo‘sh oksidi va h.z. Ayrim hollarda har xil metallarning oksidlari aralash holda ham uchraydi, ular shpinellar deb aytiladi. Masalan: FeAl2O4 (FeO.Al2O3), ZnAl2O4 (ZnO.Al2O3), MgAl2O4 (MgO.Al2O3) va h.z.
Oksidlarning olinish usullari
1. Oddiy moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:
C + O2(kam) = 2CO
C + O2(mo‘l) = CO2
Mg + O2 = 2MgO
|
S + O2(kam) = SO2
S + O2(mo‘l) = 2SO3
|
2. Ayrim murakkab moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:
4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
H2S + O2(kam) = S + H2O
|
H2S + O2(mo‘l) = SO2 + H2O
FeS2 + O2 = Fe2O3 + SO2
CuS + O2 = CuO + SO2
|
3. Asoslarni parchalab ham (degidratlash – suvni ajratish) oksidlar olinadi:
Cu(OH)2 → CuO + H2O
2Fe(OH)3 → Fe2O3 + 3H2O
|
Ca(OH)2 → CaO + H2O
2Al(OH)3 →Al2O3 + 3H2O
|
4. Ayrim kislotalarni parchalab (degidratlash – suvni ajratish) ham oksidlar olish mumkin:
H2SiO3 → SiO2 + H2O
H2CO3 → CO2 + H2O
H2SO3 → SO2 + H2O
|
4HNO3 → 4NO2 + O2 + 2H2O
H2C2O4 → CO + CO2 + H2O
6HClO4 + P2O5 = 2H3PO4 + 3Cl2O7
|
5. Tuzlarni parchalash yo‘li bilan ham olish mumkin:
Ca(HCO3)2 CaO + 2CO2 + H2O
CaCO3 CaO + CO2
2Cu(NO3)2 2CuO + 4NO2 + O2
(CuOH)2CO3 2CuO + CO2 + H2O
|
FeSiO3 FeO + SiO2
Cr2(SO3)3 Cr2O3 + 3SO2
NH4NO3 N2O + H2O
(NH4)2Cr2O7 N2 + Cr2O3 + 4H2O
|
6. Oksidlardan oksidlarni olinish:
2NO + O2 = 2NO2
2CO + O2 = 2CO2
2SO2 + O2 = 2SO3
2NO2 = 2NO + O2
|
2CO2 = 2CO + O2
2SO3 = 2SO2 + O2
HgO + 2Cl2 Cl2O + HgCl2
|
7. Ayrim metallar suv bug‘i bilan yuqori haroratda oksidlar hosil qiladi:
3Fe + 4H2O Fe3O4 + 4H2
3Mn + 4H2O Mn3O4 + 4H2
3Cr + 4H2O Cr3O4 + 4H2
2Al + 3H2O Al2O3 + 3H2
8. Tuzlarga kislotalarning ta’siridan ham oksidlar olish mumkin:
Na2CO3 + 2HCl 2NaCl + CO2 + H2O
K2SO3 + 2HCl 2KCl + SO2 + H2O
CaSiO3 + H2SO4 CaSO4 + SiO2 + H2O
9. Kislotalarga metall yoki metalmaslarni ta’siridan oksidlarni olinishi:
Cu + 4HNO3 Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
2Ag + 2H2SO4 Ag2SO4 + SO2 + 2H2O
2H2SO4 + C CO2 + 2SO2 + 2H2O
Oksidlarning fizik xossalari
Asosli oksidlarning barchasi turli rangli qattiq moddalar bo‘lib, kristall va amorf tuzilishga ega: FeO – qoramtir, Ag2O va CuO – qora, CaO, MgO, Na2O, K2O, MnO – oq rangli, CoO – ko‘kimtir yashil, NiO – yashil, Cu2O – qizil va h.z. Ishqoriy metallarning oksidlar suvda yaxshi eriydi va asoslar(ishqorlar)ni hosil qiladi, ishqoriy-er metallarni oksidlari suvda kam eriydi, qolgan metallarning oksidlari suvda deyyarli erimaydi. Asosli oksidlar yuqori temperaturada suyuqlanadigan, elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar.
Kislotali oksidlar (angidridlar) turli rangda va agregat holatlarda bo‘lishi mumkin: CO2, SO2, NO, NO2, Cl2O – gazsimon, SO3, Cl2O5 – suyuqlik, P2O5, CrO3, Mn2O7, N2O5, SiO2, V2O5 – qattiq moddalar. CrO3 – qizg‘ish sariq, P2O5, N2O5, SiO2 – oq rangli, V2O5 – sariq, Mn2O7 – qoramtir-binafsha va h.z. Kislotali oksidlar ayrimlari suvda yomon eriydi, ularning suvdagi eritmalari nordon ta’mga ega bo‘lib, gazsimon moddalarning eruvchanligi bosim ortishi bilan ortadi.
Amfoter oksidlar qattiq moddalar bo‘lib, amorf ayrimlari kristall moddalar va suvda erimaydi. Fe2O3 – qo‘ng‘ir rangli, Al2O3, ZnO, BeO – kul rang va h.z.
Qo‘sh (aralash) oksidlar juda qattiq, rangli kristall moddalar bo‘lib, paramagnit xossaga ega. SHuning uchun radiotexnikada va qimmatbaho toshlar sifatida ishlatiladi.
Oksidlarning kimyoviy xossalari
1. Asosli oksidlar suv bilan ta’sirlashib, tegishli asoslar(ishqorlar)ni, kislotali oksidlar esa tegishli kislotalarni hosil qiladi:
Na2O + H2O 2NaOH
MgO + H2O Mg(OH)2
SrO + H2O Sr(OH)2
CaO + H2O Ca(OH)2
K2O + H2O 2KOH
NO2 + H2O HNO2 + HNO3
|
SO2 + H2O H2SO3
4NO2 + O2 + 2H2O 4HNO3
P2O5 + H2O(sovuq) 2HPO3
P2O5 + 3H2O(iliq) 2H3PO4
Cl2O7 + H2O 2HClO4
CrO3 + H2O H2CrO4
|
2. Asosli oksidlar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuzlar hosil qiladi:
CaO + SiO2 CaSiO3
3MgO + P2O5 Mg3(PO4)2
Na2O + CO2 Na2CO3
|
FeO + SiO2 FeSiO3
K2O + SO2 K2SO3
Mn2O3 + 3SO3 Mn2(SO4)3
|
3. Asosli oksidlar kislotalar bilan ta’sirlashsa tuz va suv hosil bo‘ladi:
MgO + H2SO4 MgSO4 + H2O
CrO + 2HCl CrCl2 + H2O
K2O + 2CH3COOH 2CH3COOK + H2O
CuO + 2HNO3 Cu(NO3)2 + H2O
4. Kislotali oksidlar asoslar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi:
CO2 + 2NaOH Na2CO3 + H2O
CO2 + NaOH NaHCO3
N2O5 + Ca(OH)2 Ca(NO3)2 + H2O
CO2 + 2Cu(OH)2 CuC+ H2O
|
P2O5 + 2KOH + H2O 2KH2PO4
P2O5 + 4KOH 2K2HPO4 + H2O
P2O3 + 6KOH K3PO3 + 3H2O
|
5. Amfoter oksidlar asosli oksidlar bilan ham, kislotali oksidlar bilan ham ta’sirlashib tuzlar hosil qiladi:
Al2O3 + K2O 2KAlO2
BeO + Na2O Na2BeO2
ZnO + Na2O Zn2BeO2
Fe2O3 + K2O 2KFeO2
|
Al2O3 + SO3 Al2(SO4)3
BeO + N2O5 Be(NO3)2
Fe2O3 + N2O5 Fe(NO3)3
ZnO + SO3 ZnSO4
|
6. Amfoter oksidlar asoslar bilan ham, kislotalar bilan ham ta’sirlashib tuzlar suv hosil qiladi:
Al2O3 + 2KON 2KAlO2 + H2O
BeO + NaON Na2BeO2 + H2O
ZnO + NaON Zn2BeO2 + H2O
Fe2O3 + 2KON 2KFeO2 + H2O
Cr2O3 + 6KON 2K3CrO3 + 3H2O
|
Al2O3 + 3N2SO4 Al2(SO4)3 + 3H2O
BeO + 2NNO3 Be(NO3)2 + H2O
Fe2O3 + 6NNO3 2Fe(NO3)3 + 3H2O
ZnO + N2SO4 ZnSO4 + H2O
SnO + 2HCl SnCl2 + H2O
|
7. Amfoter oksidlar ayrim tuzlar bilan almashinish reaksiyasiga kirishadi:
Cr2O3 + 3K2CO3 2K3CrO3 + 3CO2
BeO + Na2CO3 Na2BeO2 + CO2
2.Kislotalar va ularning kimyoviy xossalari.
KISLOTALAR – metallarga o‘rnini beradigan vodorod atomlari va kislota qoldig‘idan iborat murakkab moddalar. Masalan: H2SO4 – sulfat kislota, HNO3 – nitrat kislota, HMnO4 – permanganat kislota, H2SiO3 – silikat kislota, H2FeO4 – ferrat kislota, HCN – sianid kislota, H4P2O7 – difosfat kislota, H2CrO4 – xromat kislota, H2S – sulfid kislota va h.z. Kislotalarni molekulasi tarkibiga qarab kislorodsiz kislotalar va kislorodli kislotalarga bo‘lish mumkin.
Formulasi
|
Nomi
|
Grafik formulasi
|
HF
|
Ftorid kislota
|
H – F
|
HCl
|
Xlorid kislota
|
H – Cl
|
HBr
|
Bromid kislota
|
H – Br
|
HI
|
Yodid kislota
|
H – I
|
H2S
|
Sulfid kislota
|
H – S – H
|
H2Se
|
Selenid kislota
|
H – Se – H
|
H2Te
|
Tellurid kislota
|
H – Te – H
|
HCN
|
Sianid kislota
|
H – C ≡ N
|
HCNS
|
Rodonid kislota
|
H – S – C ≡ N
|
HN3
|
Azid kislota
|
H – N = N ≡ N
|
Dostları ilə paylaş: |