ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA
ADABIYOTI UNIVERSITETI AMALIY FILOLOGIYA FAKULTETI
5112400 – O‘zga tilli guruhlarida o‘zbek tili
Bakalavr, 4-kurs, 403-A guruh talabasi
Musurmanova Nodira
Fan nomi: O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o`qitish metodikasi
Mavzu: A1 darajada o‘zbek tili darslarida fonetik ko‘nikmalarni shakllantirish
metodlari..
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: M. Shodmonova
"Himoya qilishni tavsiya etilsin"
O‘zbek tili kafedrasi mudiri,
prof. _____ S. Muhamedova
"__" ______ 2022 yil.
TOSHKENT – 2022
Kirish…………………………………………………………………………...….3
I Bob. Fonetika kursining mazmuni va uning o’qitish metodlari………..……5
1.1. Fonetika o’qitishni imlo bilan bog’liq holda olib borish…………………..…7
1.2. O’zbek tili ta’limida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish………..….14
II Bob Fonetika o’qitishda o’quvchilarning so’z boyligini oshirish……….15
2.1. Fonetika o’qitishda o’quvchilarning so’z boyligini oshirish….…………….15
2.2.Fonetika o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish………………………24
Xulosa…………………………..…………………………………………….….29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….31
KIRISH
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan
holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib
oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz
qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil
etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga
o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning
yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga
ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish
uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va
nutqda ongli qo’llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so’zlari
maьnosidagi farq faqat urg’u orqali ajratiladi. So’zning tovush tomonini tasavvur
qilish so’zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish va
qo’llash uchun zarur.
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda
so’zni aniq va to’g’ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda
ko’pincha so’zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi.
Maktab dasturiga muvofiq, boshlang’ich sinf o’quvchilari fonetik-grafik
ko’nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar,
jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz
undoshlar; so’zni bo’g’inlarga bo’lish, urg’uli bo’g’inni ajratish ko’nikmalariga
ega bo’ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy
o’zlashtiradilar, ammo ular maxsus o’qigunlariga qadar so’zni bo’g’inlarga
bo’lishni, so’zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. I sinf
o’quvchilarida so’zni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlarga bo’lish, undagi har bir
tovushni tartibi bilan aniq aytish ko’nikmasini shakllantirish ustida maqsadga
muvofiq ishlash, o’z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy
mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so’z tarkibida bir-
biriga ta’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi.
I sinfda fonetika va grafikani o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar
o’qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda
mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta’rif
berilmaydi. SHunga qaramay, bolalarda tovush haqida to’g’ri ilmiy tasavvur
amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so’zdagi
tovushlarniig talaffuzi hamda so’zning leksik ma’nosi so’zdagi tovushlarning
tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ota,
kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so’zlar har xil
lug’aviy ma’noni ifodalaydi.
So’zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o’rgatish davridanoq boshlanadi.
Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so’z tovushlardan tuzilishini
bilib oladilar. Ular so’zni tovush tomonidan tahlil qilishga o’rganadilar, ya’ni
so’zni bo’g’inlarga bo’ladilar, so’zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda
tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida
ahamiyat beriladi.
So’zning tovush tarkibini to’g’ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qoldirmay
yoki o’rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so’zni
to’g’ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. SHuning uchun savod
o’rgatishdan so’ng ham so’zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida
so’zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko’nikmasini takomillashtirish ustida ishlab
borish zarur.
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo’linadi: unli tovushlar va undosh
tovushlar. Buni o’quvchilarga tushuntirishda ularning quyidagi belgilari hisobga
olinadi:
1) talaffuz qilinish usuli (unli tovush talaffuz qilinganda havo oqimi og’iz
bo’shlig’idan erkin ravishda o’tadi, undosh tovush talaffuz qilinganda, havo og’iz
bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi);
2) ovoz va shovqinning ishtiroki (unli tovushlar faqat ovozdan iborat, undosh
tovushlar talaffuz qilinganda shovqin eshitiladi, ba’zan shovqin va qisman ovoz
eshitiladi);
3) bo’g’in hosil qilish xususiyati (unli tovushlar bo’g’in hosil qiladi, undosh
tovushlar bo’g’in hosil qilmaydi).
O’quvchilar bu belgilarni yodlab olishlariga yo’l qo’ymaslik, aksincha, 1-
sinfdanoq bolalarda tovushni talaffuz qilganda, ovoz yoki shovqin eshitilganda
nutq a’zolarining vaziyatini kuzatish ko’nikmasini o’stirib borish lozim. Bunday
kuzatishlar IV sinfda davom ettiriladi va umumlashtiriladi. Tovushlarni
o’zlashtirishga bunday yondashish, unli va undosh tovushlarni puxta
o’zlashtirishga imkon berishi bilan birga, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini
o’stirish vazifasini ham bajaradi; xususan, bolalar kuzatilgan hodisaning bir necha
belgilarini taqqoslashga, umumlashtirishga o’rganadilar.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi, chunki tovush yozuvda harflar bilan
ifodalanadi. 1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
d) harf – tovushning yozuvda ifodalanadigan belgisi.
O’quvchilar ko’pincha tovush bilan harfni aralashtirib, xatoga yul qo’yadilar.
Ularda grafik malakani shakllantirish uchun quyidagilarni o’rgatish zarur:
1) bir undosh harf yozuvda ikki undosh tovushni ifodalashi mumkin (masalan,
maktab so’zidagi b harfi p tovushini, maktabim so’zidagi b harfi b tovushini
ifodalaydi);
2) jo’ja, jajji so’zlaridagi j tovushi (jarangli, portlovchi) ham, jurnal, vijdon
so’zlaridagi j tovushi (jarangli, sirg’aluvchi) ham bitta j harfi bilan ifodalanadi;
3) tong, keng so’zlaridagi uchinchi jarangli undosh tovush (ng) ikki harf birikmasi
(ng) bilan ifodalanadi;
4) sh, ch harf birikmalari ham bir tovushni ifodalaydi (shamol, choy).
Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi
O’quvchilarga jarangli va jarangsiz undosh undoshlar ham tovushlar talaffuzini
kuzatishga asoslanib tanishtiriladi. Bunda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar
ajratiladi. Kuzatishda o’quvchilar faol qatnashishi va ularga jufti bor jarangli
undosh bilan jarangsiz undoshlarni ajratish qanchalik muhim ekanini yaqqol
ko’rsatish uchun faqat bitta undosh tovush bilan farqlanadigan baqir – paqir, gul –
kul, dil – til, zina – sina, joy – choy kabi so’zlardagi tovushlarni taqqoslash
maqsadga muvofiq. Bunda o’qituvchi o’quvchilar diqqatini b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-
ch tovushlari biri jarangli, ikkinchisi jarangsiz undoshdan iborat tovush juftlarini
hosil qilishiga qaratadi, ularning talaffuzidagi farqni amaliy tushuntiradi (jarangli
undosh tovushlarda shovqin va qisman ovoz qatnashadi, jarangsiz undoshlarda esa
faqat shovqin eshitiladi). Xattaxtaga quyidagicha yozib qo’yiladi:
Jufti bor jarangli undoshlar: b, v, g, d, z, j, җ, g’
Jufti bor jarangsiz undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x.
Jufti yo’q jarangli va jufti yo’q jarangsiz undoshlar bilan ham o’quvchilar har xil
fonetik sharoitda tovushlarni talaffuz qilishni kuzatish jarayonida tanishtiriladi.
Buning uchun o’quvchilar so’z oxirida yoki unli tovushdan oldin kelgan ko’l,
bilim, otam, olmos; quyon, bino; shifoner, fabrika; tong, singil; qo’y, kiyik kabi
so’zlardagi jarangli undoshning talaffuzini taqqoslaydilar va l, m, n, r, ng, y
jarangli undosh tovushlar talaffuz qilinganda, ovoz va shovqin eshitilishini, ya’ni
jarangli undosh tovush ekanini, bularning jarangsiz jufti yo’qligini (jufti yo’q
jarangli undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Xuddi shunga o’xshash usulda
o’quvchilar q, h undoshlari talaffuz qilinganda, faqat shovqin eshitilishini,
jarangsiz undosh tovush ekanini, jarangli jufti yo’qligini (jufti yo’q jarangsiz
undosh tovush ekanini) bilib oladilar. Kuzatish natijasi xattaxtaga quyidagi
ko’rinishda yoziladi (yoki kartonda tayyorlangan ko’rgazma ko’rsatiladi):
Jufti yo’q, jarangli undoshlar: l, m, n, r, ng, y
Jufti yo’q jarangsiz undoshlar: q, h
Bolalar jufti yo’q jarangli undosh tovush so’zning oxirida kelganda ham alifbodagi
xuddi shu harf yozilishini, ya’ni talaffuzi doim yozilishiga mos kelishini bilib
olishlari yetarli. Jufti bor jarangli undosh tovushlar so’z oxirida kelganda, bunday
moslik bo’lmaydi, ya’ni ko’pincha uning jarangsiz jufti talaffuz qilinadi (maktap,
ozot kabi). Bunday so’zlar o’zbek tilida ko’p bo’lgani uchun I sinfdanoq
o’quvchilarni ularning ayrimlari bilan tanishtirish zaruriyati tug’iladi. Dasturga
ko’ra, I sinf o’quvchilari b va d jarangli undoshi so’z oxirida kelganda, uning
jarangsiz jufti p va t talaffuz qilinishi bilan va bunday so’zlarning yozilishini
qanday tekshirish bilan tanishtiriladi. Ularning talaffuzi va yozilishini tekshirishda
fonetikaga asoslaniladi. O’quvchilar fonetik bilimlariga asoslangan holda, jufti bor
jarangli undoshlarning yozilishini quyidagicha tushuntiradilar:
– Kitob so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni
tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman:
kitobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini
yozaman.
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni
egallashlari kerak:
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti
eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan
almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z
tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.
4. Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi – kitob,
maqsadi – maqsad, maqsadga).
SHunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning
sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini
bilishlari zarur.
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor
jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi:
maktabim – maktab, tuzi – tuz kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz
undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning
oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar.
Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar
tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi – avlod,
kitobi – kitob.
Bo’g’in ustida ishlash
Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi
berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini
shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda
so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga
asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar.
Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli
bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.
I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga
bo’lish, shuningdek,
o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni
o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-
sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va
yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida
bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish
uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-
biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur
harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va
ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi
ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri
oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo’g’inga o’tishi (kat-ta, ik-ki kabi)
o’quvchilarga 2-sinfdayoq o’rgatiladi
Fonetika bolimi shuningdek, 5-sinfda orgatiladi. Bu bolim tilning tovushlar
tizimini orgatadi. Fonetika bolimini oqitish quyidagi vazifalarni kozda tutadi:
1.Oquvchilarni adabiy talaffuz meyorlariga orgatish.
2.Oquvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka
va konikmalar biloan qurollantirish
3.Oquvchilarning soz boyligini oshirish
4.Oquvchilarda turli lugatlar va malumotnomalar bilan ishlash malakalarini
rivojlantirish.
Fonetika bolimining izchil kursi bir qator mavzularni oz ichiga qamrab oladi.
Fonetika va grafika mavzuini organishda asosiy etibor fonetika bilan grafikani
ogranish obyektini belgilab olishga, nutq haqida tushuncha berishga qaratiladi.
Ogzaki va yozma nutq haqida tegishli malumot berilib, darslikdagi mashqlar
ogzaki va yozma shakllarda bajariladi.
Nutq tovushi va harf mavzusini otishni topshiriqda berilgan gapni sozlarga,
sozlarni boginlarga, boginlarni esa tovushlarga ajratish bilan boshlash togri boladi.
Oquvchilar ogzaki nutqning eng kichik, mayda bolakka bolinmaydigan qismi nutq
tovushi, tovushning yozuvdagi ifodasi esa harf ekanligini bilib oladilar. Bir
tovushning bir harf bilan yoki ikki harf bilan ifodalanishi haqida tushunchaga ega
boladilar. Bu nazariy tushunchalarga mos amaliy mashqlar ishlaydilar.
Shundan song Unli tovushlar, Undosh tovushlar mavzulari organiladi. Oquvchilar
unli va undosh tovushlarning oxshash hamda farqli tomonlarini organib oladilar.
Berilgan sozlar tarkibidagi tovushlarni unli va undoshlarga ajratadilar.
Nutq azolari mavzusi orqali oquvchilarga nutq tovushining qanday hosil bolishi va
ularni hosil qilishda nutq azolarining ishtiroki haqida malumot beriladi. Oquvchilar
nutq tovushlarini tabiatdagi boshqa fizik tovushlardan farqlashga organadilar.
Tovushlar nutq azolarining ishtirokiga kora lab tovushlari va til tovushlariga
ajratiladi. Lab tovushlari lablarning ishtirokida, til tovushlari esa tilning ishtirokida
hosil boladi. M, n, ng kabi tovushlar burun tovushlari, h tovushi esa bogiz tovushi
hisoblanadi. Oquvchilar mana shunday malumotlar bilan ham tanishadilar.
Nutq tovushlarining mano farqlash vazifasini orgatish ham kozda tutilgan,
oquvchilar nutq tovushlarining asosiy vazifasi sozlarning manosini farqlash
ekanligini shox shoh, yod-yot, ulgaydi-ilgaydi, tol-tosh-tom, qol-qor-qoch-qot
kabi sozlar tahlili orqali anglab yetadilar. Shundan song oquvchilar ozbek alifbosi
haqida bilimga ega boladilar.
Fonetika oqitishda kozda tutilgan maqsadlardan biri oquvchilarga orfografik
bilimlar berishdir. Unli tovushlarni orgatishda ham, undosh tovushlarni orgatishda
ham imloviy bilimlar berish imkoniyatlari katta. Darslikdagi 21-dars Unlilar
talaffuzi va imlosi deb nomlangan. Oquvchilar u va i, a va o, o,e unlilarining
talaffuzi va imlosini organsh orqali orfografik bilimlarga ega boladilar. Masalan, u
va i unlilarining talaffuzi va imlosi bilan bogliq holda oquvchilar sozlarni togri
yozishga oid quyidagicha bilimga ega boladilar: 1.Sozlarning birinchi boginida r,l
undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i
harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, sira, bilan. 2.Ikki boginli sozlarning birinchi
boginida lablangan u unlisi tasirida ikkinchi bogindagi i unlisi u holida talaffuz
qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi boginda u
yoziladigan otlardan farqlanadi: urush-urish, yurush-yurish, qurut-qurit. Bu
juftliklarning birinchi qismida berilgani ot turkumiga mansub sozlar bolsa, ikkinchi
qisimda berilgan sozlar esa fel turkumiga mansubdir.
Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381 mashq
berilgan sozlarning talaffuzi bilan yozilishi ortasidagi farqni ajratishga qaratilgan
bolsa. 382 mashqda esa berilgan sozlardagi nuqtalar orniga i yoki u harfini qoyish
vazifasi topshirilgan. 383 mashq esa oquvchining mavzu yuzasidan egallagan
bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bolib, unda bir sozning ikki xil
yozilishi berilgan: tuygi-tuygu, uyqu-uyqi kabi. Bulardan togri yozilganini aniqlash
topshirilgan. 384 mashq uyga vazifa qilib beriladi. Korinadiki, mana shu mavzu
orqali oquvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan sozlarning imlosi haqida yetarli
tushuncha beriladi. Darslikdan Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi nomli
mavzu ham orin olgan. Ushbu mavzu ham oquvchilar savodxonligini
mustahkamlashda muhim orin tutadi. Soz tarkibida yonma-yon kelgan ikki unli
tovush ishtirok etsa bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, muomala, soat,
saodat kabi. Bunday sozlar talaffuzida yo bir tovush tushirib aytiladi yoki bir
undosh tovush qoyib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan sozlarning
imlosida qiyinchilik tugdiradi. Ushbu mavzu esa oquvchilarga shunday sozlarning
yozilishini orgatishda yaxshi yordam beradi.
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini orgatish orqali ham oquvchilarga orfografik
bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi
va imlosi nomli mavzu quyidagicha orgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida berilgan
bob, yod, eg kabi sozlarning talaffuzi organiladi va soz oxirida kelgan jarangli
undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida aytilishi
haqida shunday xulosa chiqariladi: soz oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va
jarangsiz undoshlar ortasidagi farq yoqolib, bir xil jarangsiz undosh tovush holida
talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan song darslikdagi mashqlar orqali bu
qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g kabi jarangli va jarangsiz
undoshlarning imlosi, q-g undoshlari bilan tugagan sozlarga qoshimchalarning
qoshilishi va ularning imlosi, v,m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining imlosi
organiladi. Shu bilan birga oquvchilarga j, x va h, f,ng, sh va ch harflarining, qosh
undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham malumot beriladi. Imloviy bilimlar
tutuq belgisi, qator undoshlar, bogin, tovushlarining ortirilishi va tushib qolishi
kabi mavzular bilan bogliq holda ham orgatiladi.
Fonetik mashqlar – o’quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita. Ona
tili mashg’ulotlarining samaradorligi ko’p jihatdan so’zning ma’nosi va shakli,
grammatik kategoriyalar va ularning nutqda-ifodalanishi o’rtasidagi
bog’lanishlarga bog’liq bo’ladi. Ammo, afsuski, amaldagy mavjud dastur va
darsliklarda bu bog’lanishlar to’la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy
talqini asosiy o’rinni egallab, so’z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash,
o`zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning
soyasida qolib ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bu holning
oldni olish choralaridan biri o`zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi
semantika va amaliy uslubiyat bilai bog’lashdir. Bu muhim tadbirni amalga
oshirishda tilniig barcha bo’limlari qulay imkoniyatlarga ega.
«Fonetika»ni o’rganishda o’quvchilar ko’proq tovush va uning ma’noga ta’siri,
tovushdosh so’zlar hosil qilish, hosil qilingan so’zlarning ma’nolari ustida ishlash,
u — o’, i — u, a — i kabi juftlar bilan farqla-nuvchi so’zlar topish va ularning
ma’nolarini izohlash, ma’lum bir guruhlardagi so’zlar ro’yxatini tuzish(masalan,
birinchi bo’g’inida u, o’, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum
—tushim kabi so’zlar); berilgan so’zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish
orqali yangi so’zlar hosil qilish, mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda
farhlanuvchi so’zlar lug’atini tuzish va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali
o’qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum
bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni cho’zish-dan) foydalanib, matn yaratish
kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul ishlar ona tili mashg’ulotlarining
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Fonetikani o’rganishda eng muhim
masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh tovushlar (harflar) haqida
gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga qaratishga to’g’ri keladi.
«Unlilar imlosi» o’rganilayotganda a, i, u, u harflari ishtirok etgan so’zlarni
matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u — o’, i — u, a — i va
h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so’zlar topish va ularni izohlash; birinchi bo’g’inda
u, o’, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan so’zlar talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida
ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i — u tovushlari (harflari) tushib
qoladigan so’zlar ro’yxatini tuzish; q, g’, h, x tovushlari (harflari) va k, g,. y
tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o’ tovushlarining talaffuz
xususiyatlari, i, u tovushlarining o’ta qisqa va aniq talaffuzi ustida ishlash.
Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun misli
ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib tarixga
kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va yangi
axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy islohotlar
bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga ham
keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq ishlarni
tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda.
Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani
rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni
amalga oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida
voyaga yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish
uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus
o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan
biri bo‘lib qolmoqda.Fikrlashga yo`naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida
uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal
qilib, ish tutilsa, ta’lim tizimidagi qaytariq va o’rinsiz takrorlarga chek qo’yilgan
bo’ladi. Bu esa til fanini barcha bo’limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini
ta’minlashi shubhasizdir.
Topshiriq. Matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. So`ng tushunchangizni so‘zlab
bering. Inson turli a`zolardan tarkib topgani kabi til fani ham turli bo‘limlardan
iborat bo‘ladi. Til va uning bo‘limlarini o‘rganuvchi fan tilshunoslik deyiladi.
Uning nutq tovushlari haqidagi bo‘limi fonetika, nutq tovushlarini yozuvda
ifodalovchi belgilar, ya`ni harflar tizimini o‘rganuvchi bo‘limi grafika, tilning
lug‘at tarkibini o‘rganuvchi bo‘lim leksikologiya, shuningdek, so‘z turkumlari va
so‘zning tarkibi morfologiyada, so‘z birikmasi va gap esa sintaksisda o‘rganiladi.
1-mashq. Berilgan xalq maqoli ma`nosini tushuntiring. Unda ishtirok etayotgan
tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida aniqlang.
Bilimliga yorug‘ dunyo, Bilimsizga –qorong‘u.
2-mashq. Quyidagi so‘z juftliklarini birma - bir talaffuz qiling, ular orasidan
shakldosh so‘zlarni toping va ma`nolarini izohlang.
Tur-to‘r, kul-ko‘l, sur-so‘r; Tush-to‘sh, qush-qo‘sh, xush-xo‘sh.
3-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan mustaqil so‘zlarni
so‘rog‘iga ko‘ra turkumlarga ajrating va jadval shaklida joylashtiring. Biror matnni
o‘qiganda baland ovoz bilan, shoshilmasdan o‘qing. Har bir so‘zni va so‘z
tarkibidagi tovushni aniq talaffuz qiling. Tinish belgilariga e`tibor berib, kerakli
o‘rinda to‘xtamga rioya qiling. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Ohang gap
mazmunini belgilashda asosiy omil ekanligini unutmang.
4-mashq. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga yoddan misollar keltiring.
Ularda qanday tovush ma`no farqlayotganligini ayting.
5-mashq. Berilgan quyidagi xalq maqollaridan bir bo‘g‘inli so‘zlarni ajratib oling
va dastlab unli harflarni so‘ng undosh harflarini almashtirib yangi so‘zlar hosil
qiling.
Ish desa, ayyor,
Sher izini it bosmas.
Osh desa, tayyor.
Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar
6-mashq. Talaffuz qilganingizda hech qanday to‘siqqa uchramay chiquvchi nutq
tovushlarini ajrating. So‘ngra she`rni ifodali o‘qib, mazmuni haqida
tushunchangizni bayon qiling.
Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la,
Bezamoq chog‘idir, umr daftarin.
G‘.G‘ulom
7-mashq. Yangi bo‘g‘in qo‘shib so‘zlar yasang va to‘g‘ri talaffuz qiling.
1.Bir undosh/ 2.bir bo‘g‘n/ 3.ikki bo’g‘in/
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Fonetika bolimini oqitish jarayonida oquvchilarga koplab
imloviy bilimlar berish, ularning savodxonligini yaxshilash imkoniyatlari keng.
Buni togri yolga qoya bilish oqituvchi mahoratiga bogliq.
Fonetika bolimini oqitishda kozda tutiladigan amaliy maqsadlardan biri
oquvchilarning soz boyligini oshirishdir. Bu ish quyidagi yollar bilan amalga
oshiriladi:
1.Tovushdosh sozlar ustida ishlash orqali. Tovushdosh sozlar bir-biridan bir tovush
bilan farqlanadi hamda turli manoga ega boladi: ber-bor-bur, loy-moy-soy, choy-
toy kabi. Oquvchilar har bir unli va undosh tovushning talaffuzi va imlo
xususiyatlarini organib bolgach, shu tovushlarga mos tovushdosh sozlar
toplaydilar: Bu esa oquvchilarning soz boyligini oshirishga yordam beradi.
2.Sozlarning mano nozikligi ustida ishlash orqali.
Unli va undosh tovushlarni chozish vositasida manoni kuchaytirish, sozga
ishonchsizlik, yalinish-erkalash kabi manolarni yuklash mumkin.Masalan: katta`
(manoni kuchaytirish), yoqq` (ishonchsizlik manosi), buvijon` (yalinish) kabi. Ana
shunday ifodalarni oquvchilarga orgatish ularning soz boyligini oshiradi.
3.Manodosh, uyadosh va qarama-qarshi manoli sozlar ustida ishlash orqali.
Oqituvchi Fonetika bolimidagi har bir mashq ustida ishlashda manodosh, uyadosh
va qarama-qarshi manoli sozlar ustida ishlash imkoniyatiga ega.
Masalan, ng tovushining imlosi ustida ish olib borilar ekan, oquvchilar ohangi,
tengi, tonggi, manglay singari sozlarni boginlarga ajratadilar. Shu bilan birga
manodoshlar topishi ham mumkin. Masalan: ohang-sas, teng-barobar-tengqur,
tonggi-sahargi, manglay peshona kabi.
Tovush juftlari bilan farqlanuvchi sozlar ustida ish olib borilayotganda ham
shunday ishlar davom ettirilishi mumkin: urish-urush, yumish-yumush.
Fonetika bolimini oqitishda sathlararo boglanishni yolga qoyish imkoniyatlari ham
keng. Bu bolimni orfografiya, leksikologiya, sintaksis kabi bolimlar bilan bogliq
holda oqitish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Umumiy orta talimning davlat talim standarti va oquv dasturi. Ona tili.
Adabiyot. Ozbek tili (talim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) .
Toshkent. Sharq nashriyot–matbaa konserni. 1999-yil,1-maxsus son.
2.Ozbekiston Pespublikasining yangi tahrirdagi Talim togrisidagi Qonuni. 2020-y
24-sentabr
3.B.Toxliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. Ozbek tili oqitish metodikasi Toshkent.
Yangi asr avlodi nashriyoti. 2006-y.
4.A.Gulomov, M.Qodirov Ona tili oqitish metodikasi Toshkent. Universitet
nashriyoti. 2001-y.
5. Ozbek tilining asosiy imlo qoydalari Toshkent. Oqituvchi nashriyoti 1995-y.
6.Y.Gulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedov. Ozbek tili oqitish
metodikasi Toshkent. Oqituvchi nashriyoti 1975-y.
7.O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev Ona tili didaktikasi Toshkent.
Yangi asr avlodi nashriyoti 2005-y.
8.www.google.uz
9.www.ziyonet.com
Dostları ilə paylaş: |