Bunday ijtimoiy larzalarda xalqimizning o’ta qiyinchilik bilan hayot kechirgan shunday alamli sharoitda sho’rolar xalqining o’zligini, tilini yo’q qilib, rus bo’lmagan millatlarni umuman millat sifatida tobtab assimilyatsiyani amalga oshirgan. Bu jarayon, xususan KPSS XXII syezdining “Kommunizm qurish” dasturi qabul qilingach, bevosita kun tartibiga qo’yildi. SSSRda “sotsializm to’la va uzil kesil g’alaba” qilgach, bevosita SSSR xalqining yangi tarixiy birligi sovet xalqi paydo bo’ldi. Bu birlik: “Yagona Vatan-SSSR; “Yagona til-rus tili”; “yagona maqsad kommunizm”; “Yagona mafkura- marksizm leninizm” ga asoslanadi, degan g’oyalardan kelib chiqib, “Yagona xalq-sovet xalqi”; “Yagona pasport-Sovet pasporti” qoidasini ilgari surishgacha borib yetdilar

“Baynalminal tarbiya” bayrog’i ostida, sistemali sur’atda, 70-yildan ortiq vaqt mobaynida xaspo’shlab olib borildi. Demak bu g’oyalarning asl maqsadi millatning o’zligini yo’q qilish xalqni sovet xalqiga aylantirish edi.
Xalqimizning juda boy tarixi uning madaniyati, o’ziga xos noyob xususiyatlarni bilmagan va bilishni ham xohlamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildilar.
Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Milliy libos kiyish qoloqlik deb baholandi. Milliy an’analar bo’yicha to’y qilgan, qarindosh urug’larini milliy va diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shavqatsiz jazolandi. Bu qadar xo’rlashlar xalqimizning sabr kosasini to’ldirib bordi.
Siyosiy va mafkuraviy zug’umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o’zgara boshladi. O’tmish va hozirgi zamon muammolari to’g’risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo’ldi. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog’lomlashtirish kabi masalalarni ko’tara boshladilar.
Xalqmizni o’z girdobiga olayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish o’z o’rnini o’tab bo’lgan mustabit tuzumdan voz kechish, rivojlangan davlatlar tajribasini har tomonlama o’rganish, millatimizning asriy qadriyatlarni urf-odat va boy an’analarni yanada mustahkamlash zaruriy jarayon edi.
SSSR va O’zbekiston SSR siyosiy hayotida 1982-1985 yillarda ko’plab
o’zgarishlar roy berdi. SSSR ni qarib 18 yil boshqargan Leonid Brejnev 1982 yil noyabrda vafot etdi. 1982-1984 yillarda Yuriy Andropov, 1984-1985 yillarda Konstantin Chernenko sovet itifoqiga rahbarlik qildi. 1985-yil 11-martdan Mixail Gorbachov mamlakatda qayta qurish siyosati boshlandi. 1983-yil oktayabrda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekritari Sharof Rashidov vafot etdi. U resbuplikani qarin cho’rak asr bo’shqargan edi.
XX asrning 80-yillariga kelganda sovet rejimi, unung siyosiy tuzumi va
xo’jalik yuritish usullari o’zning rivojlantirish imkoniyatlkarini yo’qata boshadi.
O’zbekiston SSr ning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo’lgan
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining XVI-plenumi mash’um rol o’ynadi. Moskva ko’rsanmasi bilan plenumda qabul qilisngan hujjatlar O’zbekistonda paxta ishi den nomlangan siyosiy qatog’onlarni bo’shlab berdi. SSSR bosh prokurori huzurida maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ular T.X.Gidlayan va
N.V. Ivanov rahbarligida O’zbekistonga yuborildi. 1983-1987 yillarda Moskva,
Leningrad va boshda shaharlardan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O’zbekistonning partiya, sovet, ma’muriy xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. 1985-1990 yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydurma bo’yicha 40000 kish tergov qilindi, ulardan 5000 nafar kishi sohta ayblar bilan jinoyiy javobgarlikka tortildi.
E’tiboringiz uchun rahmat