Asosiy pog‘onalarning ko‘tarilishi yoki pasaytirilishi alterasiya deb ataladi.
Alterasiya belgilari 5 xil bo‘ladi.
Diyez - # - notani 0,5 tonga ko‘taradi Bemol - b - notani 0,5 tonga pasaytiradi Dubl diyez - x- notani 1 tonga ko‘taradi Dubl bemol -bb - notani 1 tonga pasaytiradi Bekar - -belgilarni bekor qiladi.
Kalitdan keyin qo‘yiladigan belgilar kalit alterasiya belgisi deyiladi. Kalit alterasiya belgilari o‘z kuchini asar davomida saqlab qoladi.Tasodifiy belgilar esa bitta takt davomida.
13
Tovushlar engarmonizmi. Harfiy sistema Balandligi bir xil lekin nomi va yozilishi har-xil bo‘lgan pog‘onalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Har bir tovush o‘zidan yarim ton pastda yoki yuqorida joylashgan bo‘lishi mumkun.
Masalan; fa-diyez yoki si-bemol. Xosila pog‘ona asosiy pog‘ona bilan bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan; si diyez do, fa bemol mi yoki barabariga pasayishi yoki ko‘tarilishi ham mumkun. Masalan; fa dubl diyez - sol, mi dubl, bemol - re.
Dostları ilə paylaş: |