O’tilgan mavzuni mustahkamlash:Aziz o‘quvchilar bugun darsimizda mo‘jizalar maydonchasi o‘yinini ham o‘ynaymiz. Maydonchamizda musiqaga oid hikmatli so‘z berkitilgan. Kim berilgan savollarga to‘g‘ri javob bersa xohlagan harfini ochishi mumkin. Agar siz darsda faol ishtirok etsangiz dars yayekunida berilgan hikmatli so‘z maydonchada o‘z aksini topadi. Agar darsda faol ishtirok etmasangiz hikmatli so‘zni ocha olmaymiz. Kelinglar aziz o‘quvchilar musiqaning sexrli olamiga sayoxat qilib, musiqiy bilimlarimizni sinab ko‘ramiz. Ekrandagi savollarga javob beramiz.
Butun nota nechaga sanaladi?
Bactakor kim?
Berilgan tasvirdagi cholg‘u asboblarini nomlarini sanab bering.
Sinfonik orkestr tarkibiga kiruvchi yog‘och va mis damli cholg‘ularni ta‘riflab bering?
Doskada klaster usulidan foydalanib, sahnaviy musiqa asarlari sanab o‘tiladi. Aziz o‘quvchilar siz qanday musiqa janrlarini bilasiz?
DVD diskdan eshitgan asarning nomini va bastakorini ayting? ( Tohir va Zuhra musiqali dramasidan parcha tinglanadi.)