Tadqiqot natijalarining ilmiy – amaliy ahamiyati. Maktab musiqa madaniyati darslarida o‘zbek kompozitori va bastokorlarining vatanparvarlik mavzusidagi asarlari orqali o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariy masalalari ishlab chiqilganligi, umumta‘lim maktablarida sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, o‘zbek kompozitori va bastakorlarining vatanparvarlik mavzusidagi asarlaridan foydalanish imkoniyati ko‘rsatib berganligi. Musiqa madaniyati darslarida o‘zbek kompozitorligi va bastokorligining tarixiy tahlil qilinib, ular yaratgan asarlarning tarbiyaviy imkoniyatlari tavsiflanganligi o‘quvchi-yoshlarni musiqa madaniyati darslarida o‘zbek kompozitor va bastakorlarning vatanparvarlik mavzusidagi asarlari orqali vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirishning shakl, metod va vositalarining mazmuni, xususiyatlari aniqlanganligi bilan belgilanadi.