Motsartning fortepiano ijodi Lya major sonatasi. Motsartning 1779 yilda yozilgan Lya major sonatasi nihoyatda mashhur asardir. Bu sonata uch qismdan iborat. Uchchala qismlar musiqasi juda go’zal, nafis, jozibali xarakterda. Sonataning tuzilishi ham o’ziga xos. Kompozitor sonata shaklini bu asarda umuman qo’llamagan. Bunday qoidadan chetlashishga asosiy sabab musiqaning mazmunidadir. Unda dramatik obrazlar emas, nafis, lirik, quvnoq obrazlarning ifodalanganligi shuni taqozo qildi.
Sonataning birinchi qismi variaciyalar shaklida yozilgan. Sonata allegrosi shaklidan farqli ravishda variaciya shaklida bitta musiqiy mavzu beriladi va shu mavzu variaciyalar orqali rivojlantiriladi. Shuning uchun musiqaning rivojlanishi sonata shaklidagi kabi musiqiy mavzular orasidagi farq va qarama-qarshiliklarni ko’rsatish orqali emas, balki bir mavzudagi sifatlarni ko’rsatish, ifoda imkoniyatlarini ochib berish orqali amalga oshiriladi. Sonataning boshidayoq musiqiy mavzu berilgan. U juda kuychan, jozibali, raqs xarakterida. Mavzudan so’ng oltita turli xarakterdagi variaciyalar ketma-ket berilgan. Mavzuga xos bo’lgan qo’shiq ruhi ikkinchi va beshinchi variaciyalarda, raqsga xos sifatlari esa oltinchi variaciyada ochib berilgan. Uchinchi variaciya temadagi lirik xarakterni, go’zallik va jozibani esa to’rtinchi variaciya bo’rttirib ko’rsatadi.
Shumanning fortepiano ijodi «Simfonik etyudlar» «Simfonik etyudlar» Shumanning fortepiano uchun yozgan yetuk asarlaridan biridir. Uni Bax va Betxovenning eng yaxshi asarlari bilan bir qatorga qo’yish mumkin. Boshida kompozitor bu asarni «Florestan va Evzebiyning orkestr ruhidagi etyudlari» deb nomlamoqchi bo’lgan. Bu nom kompozitor fikricha musiqaning simfonik orkestr ijrosiga xos xususiyatini ta’kidlashi, fortepianoda orkestrning ba’zi cholg’ulari ovozi aks ettirilganligini ko’rsatishi kerak edi. Haqiqatdan ham ba’zi epizodlarda skripka, violonchel, klarnet va fagot tembrlarini payqash mumkin. Lekin keyinchalik Shuman asarga «Simfonik etyudlar» degan nom berdiki, bu nom asarning badiiy g’oyasini, yirik shakli va uzluksiz dramatik rivojlanishga intilish borligini aniqroq ko’rsatadi. Shuman o’z kundaligiga bu asar haqida quyidagi so’zlarni yozgan: «Men motam marshi musiqasini asta-sekin rivojlantirib ulug’vor, tantanali yurishga aylantirishni va asarni dramatik jihatdan qiziqarli qilishni hohladim». Darhaqiqat «Simfonik etyudlar» yangi, romantik uslubdagi variaciyalar shakliga misol bo’ladigan har tomonlama yetuk asardir. Unda klassik variaciyalardagi mavzuning o’zgarishi principlaridan farqli ravishda obrazlarning rivojlanishi va o’zgarishiga e’tibor berilgan. Motam marshi ruhidagi bosh mavzu asta-sekin o’n ikki etyud - variaciyalar davomida o’zgarib finalda ulug’vor, g’olibona marshga aylanadi. Lirik xarakterdagi, tokkata, skerco, marsh uslubidagi variaciyalar ketma-ket yangraydi. Sakkizinchi etyudda uzoqdan organ passikaliyalarining sadosi kelayotganday tuyuladi. O’n birinchi etyud lirik xarakterdagi noktyurn va ohirgi o’n ikkinchi etyud tantanali, shodiyona xarakterdagi marshdir. Har bir obraz mahoratli fortepiano ijrochiligi uslubi bilan ifodalab berilgan. Shuning uchun ham asarning «etyudlar» deb atalishi bejiz emas.
Xulosa Xulosa o`rnida shuni aytib o`tishimiz kerakki, musiqa jonli san`at turi sifatida davr, hayot, tabiat, va inson his tuyg`ularini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o`ylantiradi va hayotdn ozuqa olishga xizmat qiladi. Buyuk allomamiz Abu Nasir al-Forobiy aytganidek, “Bu fan tana sog`ligi uchun foydalidir”, bobomiz Shayx Sa`diy “Musiqa odam ruhining yo`ldohidir” degan edilar.
Musiqa o`itishning asosiy maqsadi- oquvchilarga musiqa san`ati go`zallik qonunlari asosida o`rganish malakasini singdirishva ularga musiqa madaniatini tarkib topishidur va umumiy talimning ahloqiy – estetik tarbiya berish tizimining ajiralmas bir qismi bo`lib hisoblanadi.
Darsdan tashqari tashkil qilinadigan turli tadbirlar, tarbiyaviy soatlar, o`quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishd ahamiyati katta. Musiqa madniyati ta`limining maqsadi quyidagilardan iborat.
O`quvchilarda musiqaga ihlos uyg`otish va ularning musiqiy qobiliyatining ritm tuyg`usini o`stirish, musiqiy o`quv, xotira,diqqat va badiiy didni shakllantirish.
O`quvchilarda milliy musiqa me`rosimizga va u orqali Ona Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash.
O`quvchilardaa badiiy ijodkorlik qobiliyatini o`stirish.
O`quvchilarda go`zllini ko`r bilish va hayotga go`zallik olib kirish
Yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalashda maktabda o`qitiladigan brcha fanlar qatori, nafost tarbiyasining tarkibiy qismi bo`lgan.
“Musiqa madaniyati” darslarining ahamiyati katta.
Musiqa madaniyati o'quv predmeti umumiy o'rta ta'lim maktablarida
o'qitiladigan barcha o'quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bevosita bog'lanadi. Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham DTS laming joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan foydalanish imkonini beradi. Bular amaliy xalq kuyi va qo'shiqlarida, honanda va sozandalaming ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqada o'z aksini topdi.
Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda ularning barkamol bo'lib yetishishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bo'lib xizmat qiladi. Davlat ta'lim standartlari ommoviy xalq musiqa pedagogikasi rofessional musiqa ijodkorlari musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilar ijro etgan asarlarning elementar asoslarini o'rganish me'yorlashtirilgan. Musiqa ta'limida davlat ta'lim standartlari asosida
yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga
ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasawur qilish, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridanoq xalqimizga o'zligimizni, o'z qadrqimmatimizni anglash milliy g'urur, taraqqiyotga, farovon kelajakka intilish tuyg'usi tuhfa etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi –moddasi .: Toshkent 2007
I.AKarimov “Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch” Manaviyat nashriyoti 2008-yil 26
Musiqa madaniyati fanga qo`yilgan Davlat ta`lim standarti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevraisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi
O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"
O.Fayziyev, Q.Rahimov Musiqa asarlar tahlili 73-78
Ibraximjanova G.A.
Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma / G.A.Ibraximjanova [va boshq.];
B.Yakubov Xorijiy musiqa adabiyoti o`quv qo`llnma Farg`ona 2015
Raximov Q. Musiqaning elеmеntar nazariyasi. Ma’lumotnoma. —t., 2007.
AkbarovI.A. Musiqa lug’ati. - T.: O’qituvchi, 1997. – 384 b.
Internet ma’lumotlari
www.arxiv.uz
www.e-kutubxona.uz
ILOVALAR
ILOVA
ILOVA
3-ILOVA
1 O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.: Toshkent 2007
2 O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"
3 I.AKarimov “Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch” Manaviyat nashriyoti 2008-yil 26