2. Bolalar ovozi
Bolalar ovozi diskant (yoki soprano) va altga bo`linadi.Shunga e’tibor berish kerakki alt ovozining juda ham yuqori pardalari qo`llanilsa, bolalar zo`riqib kuylaydi. Shuningdek juda past pardalar ishlatilsa , ovoz kuchsiz bo`lib chiqadi. Shuninig uchun juda yuqori tesseturada yozilgan asarlar bolalarga tavsiya etilmaydi. Bunday pardalarda asarni bolalar xorning diapozoniga qarab, qayta moslashtirish maqsadga muvofiq. Alt ovozi diskantlarga nisbatan sustroq bo`ladi. Ko`p hollarda bu ovozga ikkinchi tovush topshirilishiga qaramay u ba`zida asosiy kuyni hamn olib boradi, Unda bu ovozning ijrosi juda ravon va ifodali jaranglaydi.(Sol kichik oktavadan - Mi ikkinchi oktava )
Mutatsiya lotincha “Mutatio”- O`zgarish (rasta bo`lish) demakdir. Bolalar xori bilan ishlaganda ularning yoshiga qarab, fiziologik va psixologik xususiyatlarinbi hisobga olish zarur. O`g`il v qiz bolalarningh organizmida 12-14 yoshda (Ba`zida undan ham kechroq) katta o`zgarishlar bo`la boshlaydi. Yurak kengaya boshlaydi, muskullar mustahkamlasha boradi, ovoz tonida (ayniqsa o`g`il bolalarda) o`zgarishlar boladi.
Rasta bo`lish (balog`atga yetish) davri og`il bolalarda qiz bolalarga qaraganda bir ikki yil keyin boshlanadi.Bu davr mutatsiya davri deb ham ataladi. 1-2-3- sinflarda o`g`il bolalar ovozi o`zining kuchi tembri va diapozoni bilan qizlar ovozidan farq deyarli farq qilmaydi. Lekin 12-15 yoshdan to 15-16 yoshgacha o`gil bolalar ovozida keskin o`zgarishlar boi`ladi. Qiz bolalar ovozida gam mana shu yoshlarda katta o`zgarishlar bo`lib mutatsiya davri o`tadi. Lekin qiz bolalarda mutatsiya davri o`g`il bolalarga nisbatan ancha yengil o`tadi. Ma`lumki mutatsiya davri odatdagidek 2 davrga bo`linadi.
1-davr – mutatsiya alomatlarining paydo bo`la boshlanishi: hiqildoq va ovoz pardalarining shamollashi va pardalarning qizarishi;
2-davr – ovoz chiqarish a`zolarining o`zgarishi natijasida ovozning pasayishi va ko`pincha ovozda pastki (ko`krak registri) tovushlarning paydo bo`lishi. Bu davrning oxirlarida asta sekin o`g`il bolalarda erkakcha ovoz , qizlarda esa zaifona ovoz takomillasha boradi.
Xususan qizlar ovozi mutatsiya davrida takomillashib diapozoni kengayadi. Albatta, ovoz xarakterining o`zgarishi, avvalo, bolaning har jihatdan balog`atga yetishiiga bog`liq. Ba`zi bolalarda o`smirlik davri uzoq davom etishi mumkin.
Ayrim pedagoglar mutatsioya davrida bolalarga ashula ayttirmaslikni maslahat bersalar, ayrimlariu bolalarga shu davrda ham vokal tarbiyasini berish maqsadga muvofiq deb ta`kidlaydilar. O`qituvchi bola ovozining holatidan har doim habardor bop`lib turishi lozim. Bu davrda o`qituvchi rahbar har bir bolaga nisbatan individual yo`l tutish tavsiya qilinadi. Mutatsiya davrida bola ovozida juda ham keskin o`zgarishlar bo`lsa , unga vaqtincha qo`shiq ayttirmaslik lozim. Shunday qilib mutatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan ashula ayttirish ham bolalar ovozini saqlash yo`llaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |