Musiqa pedagogikasi



Yüklə 324,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix01.06.2023
ölçüsü324,38 Kb.
#127514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 


2.3 Buyuk maqomhon ustoz – Ota Jalol nosirov musiqiy pedagogik 
faoliyatiga nazar. 
1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus 
musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq 
musiqa namunalarini o`zlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otag`iyos 
Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat 
Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga 
saboq berish uchun jalb etildilar. 
Misol uchun, Buxoro maqomlarining bilimdoni, mohir tanburchi, 
zabardast hofiz Ota Jalol Nosirov 1845-yili Buxoroda tavallud topgan. Otasi 
Nosir ota masjidda muazzinlik vazifasida ishlagan. Otajalol Nosirov — 
hofiz, sozanda, bastakor. Dastlabki musiqa sabokdarini onasidan olgan, 
keyinchalik Tillaboy xrfizdan sozandalik hamda maqom ijrochilik sirlarini 
oʻrgangan. 1862-yildan Buxoro amirlari (Muzaffarxon, Abdulahadxon, 
Olimxon) saroylarida xonanda va sozanda boʻlib xizmat qilgan. 1920—27 
yillar Buxorodagi Sharq musiqa maktabida, 1928-yili Samarkand musiqa va 
xoreofafiya institutida oʻzbek va tojik xalqlari mumtoz musika merosidan 
dare bergan. Shashmaqom yoʻllarini mukammal biluvchi maqomdon ustoz, 
murakkab usullar ustasi sifatida tan olingan. Xususan mushkilot qismlarini 
tartibga solgan, ayrim maqom sho’balarini kengaytirgan, Segoh maqomiga 
savtlar bastalagan (Savti Ja-loliy). Uning ijro uslubi maqom yoʻllari usulining 
ravonligi, talaffuzining burroligi va ovozining katta taʼsir kuchiga ega 
ekanligi bilan ajralib turadi. 1923-yil O. J. ijrosida V. Uspenskiy Buxoro 
Shashmaqomining ashula va cholgʻu yoʻllarini tarixda ilk bor notaga yozib 
olib, 1924-yilda nashr ettirgan. Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz, 
Levicha hofiz Boboxonov, B. Fayzullayev va boshqa O. J. shogirdlaridir.
Xalq musiqa merosi, ayniqsa, maqom sho‘balaridan xabardor kishi 
bo‘lgan. U yoshligidan musiqaga mehr qo`yadi, kasbni o‘rganish maqsadida 
davrining  maqom bilimdonlaridan biri, mashhur xonanda Tillaboy hofizga 
shogird tushadi. Ota Jalol ustozidan Shashmaqomning «Nasr» bo‘limiga 
tegishli bo‘lgan qismlarini o‘rganadi. 
Ota Jalol 20 yoshlarida saroy hofizligiga qabul qilinadi. U noyob 
iste`dodi hamda shirali ovozi bilan tez orada saroy ahli e`tiborini qozonadi. 
Shundan so‘ng uni saroy musiqachilarining boshlig‘i etib tayinlashadi. U o‘z 


davrining nufuzli maqom ustozlaridan bo`lib yetishadi va Amir Muzaffarxon, 
Abdulahadxon va Olimxon saroylarida maqomchilar guruhiga rahbarlik 
qiladi. U faoliyati davomida mohir tanburchi va xonanda sifatida shakllanadi. 
Shashmaqomning cholg‘u va ashula yo‘llarini tartibli holda ijro etishga 
muyassar bo`ladi. Ota Jalol Shashmaqomni ijro etish jarayonida unga ijodiy 
yondashadi. Uning faoliyatida ijodiy munosabatlar bo`lganligi xususida 
ayrim manbalarda bayon etiladi. Xususan, «Segoh» maqomiga mos savt 
bog`laydi va uni «Savti Jaloliy» deb nomlaydi. Bu borada A. Fitrat o‘zining 
«O`zbek klassik musiqa va uning tarixi» risolasida quyidagi fikrlarni bayon 
etadi: «Segoh maqomida savt sho‘basi yoq edi. Mashhur musiqachi Ota Jalol 
tomonidan mening tashviqim bilan 1922-yilda «Savt» bastalangan edi» 
5

Ota Jalol XX asrning 1920-yillarida Buxoroda ochilgan «Sharq musiqa 
maktabi»da faoliyat ko‘rsatadi. O`z davrining nufuzli sozanda va 
xonandalariga maqom san`atini o`rgatadi.
1923-yilda V.A. Uspenskiy tomonidan Buxoro «Shashmaqom»i notaga 
olinishida ham keksa ustoz eng asosiy tayanch vazifasini bajargan. V.A. 
Uspenskiy «Shashmaqom» mushkilot va nasrlarini notaga ko`chirishda Ota 
G`iyos Abdug`ani, Abdurahmon Tanburiy (Umarov), Domla Halim Ibodov, 
Ma`rufjon Toshpo`latov kabi qator atoqli sozandalar ijrolariga asoslangan. 
1922-1923 yillarda Buxoro Xalq Sho’rolar Jumxuriyati (BXShJ) ning 
maorif noziri vazifasida ishlagan kezlari bu faoliyati doirasini yanada 
kengaytirdi. Fitrat musiqiy ta`limni va bu sohadagi tadqiqotlarni yo`lga 
qo`yishni ko`zlab, Buxoro shahrining Ravg’angaron guzarida ixtisoslashgan 
musiqa maktabi tashkil etdi. Bu maktab «Sharq musiqa maktabi» atalib, unda 
ta’lim jarayoni sharqona ustozu-shogird saboqlari asosida qo’rilgan edi. 
Maktabga o`sha zamonning mapgxur maqomxonlari va maqomdonlari Ota 
Jalol Nosir o’g’li, Ota G`iyos Abdug`ani o`g`li, Levicha (Levi Boboxonov), 
Abduraxmon Umarov, Ma’rufjon Toshpo’latov kabi ustoz san’atkorlar jalb 
etildi. Keyinchalik shu ustozlardan saboq olgan Sharq musiqa maktabi 
talabalari orasidan Shohnazar Soxibov, Fazliddin Shaxobov, Borux Zirkiyev 
kabi mohir maqomxonlar va zabardast bastakorlar Muxtor Ashrafiy, Mutal 
Burxonovlar yetishib chiqishdi. 
1928 yilda Samarqandda musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot instituti 
ochildikim, bu oliy dargohda milliy musiqa mutaxassislarini tayyorlash 


asosiy maqsad qilib qo‘yilgan edi. Institutga N.N.Mironov rahbarlik qiladi va 
u kishi o‘sha davrda mashhur bo‘lgan hofizlar, xonanda va sozandalardan: 
Ota Jalol Nosirov va Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim Ibodov, 
Abduqodir Ismoilov (nay, qo‘shnay, surnay ijrochisi), Matyusuf Harratovlar 
bilan bir qatorda yosh san’atkorlar M.Ashrafiy, T.Sodiqov,M. Burhonov,
Sh.Ramazonovlarni o‘qishga taklif etadi. 
. Ota Jalol Nosirov 1928-yilda 83 yoshida Samarqandda vafot etgan. 


Xulosa. 
Mustaqillik yillari o`zbek an`anaviy musiqasiga e`tibor yanada 
kuchaydi. Milliy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar va marosimlarning 
tiklanishi musiqa sohasida ham ancha o'zgarishlarga olib keldi. Qadimiy 
milliy musiqamizdagi boy badiiy-tasviriy vositalar bilan bir qatorda, yangi 
janr va turlarini o'zlashtirish natijasida o'zbek musiqa san`ati yana ham 
yuksak darajaga ko'tarildi. Xususan, mamlakatimizda yuksak mumtoz musiqa 
namunalarini avaylabasrash, jonlantirish, ravnaq topishiga qaratilgan bir 
qancha ibratli ishlar amalga oshirildi. 
Movoraunnaxr, ayniqsa, O`zbekiston xalqlari musiqiy merosini 
o`rganish 
borasida, 
birinchidan; 
Musiqashunos-manbashunos 
olimlardan; Abdurauf Fitrat, Galina Pugachenkova, Tatyana Vizgo, Fayzulla 
Karomatli, Said Saidiy, Ishoq Rajabov, Otanazar Matyoqubov, Abdumannon 
Nazarov, Rustam Abdullaev, Oqilxon Ibrohimov, R.Yunusovlarning 
ajdodlarimiz musiqa merosini o’rganishga doir olib borgan tadqiqotlari 
diqqatga sazovordir. 
Ayniqsa, I.Rajabovning ”Maqomlar masalasiga doir”, ”Maqomlar”, 
O.Matyoqubovning ”Maqomot” asarlari va S.Saidiyning “Shashmaqom va 
maqom doyra usullari semantikasi”da milliy qadriyatlarimizdan bo’lmish 
maqomlarning nazariy va amaliy asoslari. Ikkinchidan; Qariyib 2000 yillik 
ko’xna tarixga ega bo’lgan ushbu sohada, buyuk Тuron zaminida musiqa 
madaniyati va ijrochilik san`atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib 
ketadi. Buyuk sharq allomalari Borbad Marvaziy, Muhammad Al- Хorazmiy, 
Abu Nasr Forobiy, Ahmad al Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Paxlavon 
Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur, 
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Paxlavon Muhammad, Najmiddin 
Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz 
o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, 
cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun - 
qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Uchinchidan; 
Kulliyotning oily maqom bilan bog’lanishida davom maqomlar yaratilib, 
bunda, yana Xoja Abdulqodirdan rivoyat qilinib, u o’zining “botin idroki” va 
“fahmi zohiri” bilan mazkur 8 maqomga yana to’rttasini Isfahon, Buzruk, 
Kuchak va Husayniylarni qo’shganligi bayon etiladi. 


O`zbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Shashmaqom, 
o`z navbatida, zamonaviy musiqa sanati rivojlanishiga samarali tasir korsatdi. 
O`zbekiston bastakorlari va kompozitorlari o`z ijodida Shashmaqomdandan 
keng ko`lamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Hozirgi davrda 
Ozbekiston bo`ylab Shashmaqomni ijro etishga ixtisoslashgan professional 
ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy o`zlashtirish hamda 
targ`ib etish borasida samarali faoliyat ko`rsatmoqdalar. So'nggi yillarda 
o'zbek mumtoz musiqasini o'rganishga, o'zlashtirishga va targ'ib etishga, 
ularni yanada ravnaq toptirishga qaratilgan qator e'tiborli ishlar amalga 
oshirildi. Endilikda o'zbek mumtoz musiqamiz, kengroq, an'anaviy 
musiqamiz maxsus fanlar sifatida musiqa, san'at va madaniyat ta'lim tizimiga 
joriy etila boshlanganligini ta'kidlash kerak. 1972-yili an'anaviy ijrochilik ilk 
bor Toshkent konservatoriyasida joriy etilgan bo'lsa, 1990-yillardan boshlab 
o'rta maxsus bilim yurtlarida va 2002-yildan akademik litseylar va musiqa 
maktablarida an'anaviy ijrochilik bo'limlari o'z faoliyatlarini boshladi va yosh 
avlodning milliy an'analarimiz ruhida tarbiyalash jadallashtirildi. O'zbek 
mumtoz musiqasi va an'anaviy ijrochiligi nafaqat konservatoriya, madaniyat 
va san'at institutlari, musiqa, san'at va madaniyat kollejlari, akademik 
litseylarida, balki umumta'lim maktablarining o'quv jarayoni hamda ta'lim-
tarbiya tizimidan ham munosib o'rin ola boshladi. Respublikamiz miqyosida 
muntazam ravishda uyushtirilayotgan ko`rik-tanlovlar, bir jihatdan, buyuk 
san`atkorlarimizning musiqa madaniyatimizga qo`shgan hissasini, ularning 
o`ziga xos mahorat va iste`dod qirralarini aniqlashga, ommalashtirishga 
imkon bersa, ikkinchi tomondan, xalq orasida mumtoz san`atimiz va 
san`atkorlarimizning ijodini keng tarqalishi va kelajakda yanada davom 
ettirib, rivojlanishiga olib keladi degan umiddamiz. Bu nodir ma'naviy 
xazinani yoshlar ongi, faoliyatiga zamonaviy vosita va uslublar asosida 
singdira olish zarur. Ana shunda avlodlar va qadriyatlar vorisligi, 
an'analarning umrboqiyligi, musiqa san'atimiz istiqboli, ravnaqi va 
zamonaviyligini ta`minlagan bo`lamiz. 

Yüklə 324,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin