Qismlarga bolib o‘rganishning pedagogik afzalligi. Qismlarga bo'lish asosiy faoliyatni o'zlashtirib olish jarayonini yengillashtiradi.
1. O'quvchi qisman harakat qila bilish imkoniyatlarini asta-sekin to'plash yo'li orqali asosiy maqsadga boradi va bundan kerakli faoliyat shakllanadi. Natijada o'rgatish
muddati qisqaradi va harakatning umumiy madaniyati ortadi.
2. Qismlarga bo'lib o'rganish, o'rgatish jarayonini har bir mashg'ulotda aniqlashtiradi. Hatto, mashqning bir unsurini o'zlashtirib olish ham o'quvchiga quvonch bag'ishlaydi.
3. Yordamchi mashqlarning har xilligidan darslar va bir butun o'rgatish jarayoni qiziqarliroq bo‘lib boradi.
4. Qismlarni o'rganish orqali vujudga keladigan harakat qila bilishlikning katta zaxirasi bolalarning harakat tajribasini boyitadi.
5. Qismlarga bo'lib o'rganish metodini qo'llash yo'qotilgan malakalarni tezda tiklashga yordam beradi.
6. Bu metod murakkab muvozanatli faoliyatlarni o'rganishda va alohida bo'g'inlar hamda muskul guruhlariga ta’sir etishda beqiyos ahamiyatga ega. Shunday qilib,qismlarga bo'lib o'rganish metodi o'rganilayotgan faoliyatlarni ijodiy tahlil
qilishga yordam beradi.
Bir butun o ‘rganish uslubi Bu metod o'rgatishning har qanday bosqichida qoilaniladi.
Oddiy mashqlarda va o'quvchilarning yetarli darajadagi tayyorgarliklarida yordamchi mashqlarning zaruriyati yo'qoladi. Bir butun o'rganish metodi o'rgatishning birinchi bosqichida ham, o'rganishning yakunlovchi bosqichida ham qo'llaniladi.
Qisman reglamentlashgan mashq uslubi Bu metodlar, qoida bo'yicha, qaysi o'quvchilar yetarli darajada bilim va malakaga ega bo'lganda, qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun erkin faoliyat tanlaganlarida, ya’ni takomillashtirish bosqichida qo'llaniladi. Shu guruhga kiruvchi metodlar, har xil belgilarga ega bo'lib,bir tomondan, o'xshashlikka ega: ulardan foydalanilganda doimo o'quvchilar o'rtasida u yoki bu faoliyatlari bo'yicha ustunlikka intilish, isbotlash,
raqobat mavjud bo'ladi.