Chidamlilik va uni tarbiyalash uslubiyoti
Jismoniy tarbiyada chidamlilik deb, muskul faoliyati jarayonida vujudga keladigan toliqishga organizmning qarshi turish qobiliyati tushuniladi. Umumiy va maxsus chidamlilikni farqlash zarur.
Umumiy chidamlilik deb, ko‘p muskul guruhlarining faoliyatga jalb etuvchi va yurak-qon tomir hamda nafas olish sistemalariga yuqori talab qo‘yuvchi davomiy vaqtda ishni
bajarish qobiliyatiga aytamiz. Chidamlilik ma ’lum faoliyatga nisbatan, mutaxassislik
sohasi turi sifatida tanlab olinsa, maxsus chidamlilik deb ataladi.
Sport mutaxassisligining turlari qancha bo‘lsa, maxsus chidamlilikning turlari ham shuncha bo'ladi.
Jismoniy tarbiyada quyidagi atamalar ishlatiladi: kuchlilik, tezkorlik, sakrovchanlik, turg‘unlik, harakatlilik va maxsus chidamlilikning boshqa turlari.
Chidamlilik manbayi va uni tarbiyalash uslubiyoti
Chidamlilikni tarbiyalash manbayi sifatida umumiy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik va musobaqa mashqlaridan foydalaniladi.Organizmga ta’sir etishga bog'liq bo'lgan mashqlar,umumiy mashqlar (yugurish, suzish va boshqalar) va lokal
ta ’sir etuvchi (qo‘l va oyoqlarni ko‘p marotaba ko‘taribtushurishlar)
ga bo‘linadi.
Umumiy chidamlilikni rivojlantirishda uzluksiz yoki tanaffusli bajariladigan mashqlar 25—30 daqiqa va yangi boshlovchilarda 50 va 120 daqiqa, biroz tayyorgarligi borlarda
(yugurish, suzish, eshkak eshish), velosipedda uchish, ko‘proq
davom etadigan uzluksiz muddatlarda qoilaniladi.
Egiluvchanlik va uni tarbiyalash uslubiyoti
Egiluvchanlik bu — odamning harakatni katta amplitude bilan bajara olish qobiliyatidir. Bu sifat harakatchanlikning rivojlanganligi bilan aniqlanadi. „Egiluvchanlik41 terminidan butun tana bo‘g‘inlarida harakatchanlik mavjud bo‘lgandagina
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Odamda bo‘g‘inlar harakatchanligi vujudga kelishining ikkita asosiy shaklini ajratish mumkin:
1) passiv harakatlarda ishchanlik;
2) faol harakatlarda ishchanlik. Passiv harakat tashqi kuchlar ta ’siri natijasida amalga oshiriladi. Faol harakatlarma’lum bo‘g‘in orqali o ‘tayotgan muskul guruhlarining ishi
hisobiga bajariladi.
Oddiy sharoitda odam katta anatomik (chegaralangan) qism harakatchanligidan foydalanadi va doimo katta passiv harakatchanlik ehtiyojini saqlab qoladi.
Bo‘g‘inlar harakatchanligi talab qilinadigan yengil atletika,gimnastika, suzish mashg‘ulotlari jarayonida anatomic harakatchanlikning faqat 80—95 foizidan foydalaniladi.Organizmning rivojlanish yoshini tabiiy borish bilan kclishilgan
holda olib borilmog‘i zarur.
Egiluvchanlikni tarbiyalashni 10—14 yoshlardan maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirila boshlansa, katta samara beradi yoki 14 yosh va u n d an keyinroq boshlansa,
bo‘g ‘inIar harakatchanligini takomillashtirish katta qiyinchilik bilan amalga
oshiriladi. Bo‘g‘inlar harakatchanligi 10—14 yoshlarda, kata o‘quvchilarda esa nisbatan ikki marta samaraliroq rivojlanadi. Egiluvchanlik gavdani oldinga, orqaga, yon tomonlarga bukish darajasi bilan aniqlanadi.
Gavdaning egiluvchanlik darajasini aniqlash uchun skameykaga
chiqib turib, oyoqlar tizzasini bukmasdan oxirigacha
oldinga engashish kerak. Masofa (sm) skameykaning chetidan
qo‘lning uchinchi barmog‘igacha o ‘lchanadi. Agar barmoqlar
skameykaning chetiga yetmasa, harakatchanlik kattaligi minus
belgisi bilan belgilanadi, agar pastga tushsa — plus belgisi bilan
belgilanadi. Bo‘g‘inlar egiluvchanligining yaxshi ko‘rsatkichi
Q10 —Q16 sm katta-kichikligi bilan belgilanadi.
Egiluvchanlikni tarbiyalashning butun jarayonini uch bosqichga
bo‘lish mumkin: ,,Bo‘g‘inlar gimnastikasi“ bosqichi;
harakatchanlikni rivojlantirishning maxsuslashgan bosqichi;
bo‘g‘inlar harakatchanligini erishilgan darajada ushlab turish bosqichi
XULOSA
Mustaqail davlatimizning ertangi kuni, uning gullab-yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida Vatanimizning kelajagi - farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol top ishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi ma’ruzasida «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sogiom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz»,- deydi. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis
etilganligi, xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Qo‘lingizdagi qo‘llanmada jismoniy tarbiya fanining nazariy va amaliy masalalari yoritib berilgan. Nazariy bo‘limda u yoki bu mintaqaning o'ziga xos xususiyatlari, jismoniy tarbiya va sport tarixi, respublikaning jug‘rofik iqlim sharoitiga moslab qurilgan mavjud sport inshootlari, yoshlami milliy sport o‘yinlariga o‘rgatish hamda ularda zarur harakat ko‘nikmalari hosil qilib borish masalalari bayon qilingan.
Qo'llanmada nazariy ma’lumotlar bilan birga issiq iqlim sharoitini inobatga olib, jismoniy tarbiya va sportning amaliy mashg‘ulotlarini, milliy sport turlarini, bayram marosimlarida qo‘llanishini ko‘rsatib o‘tishga urinib ko‘rdik.
Kitobning maqsadi jismoniy tarbiya va sportni davlat dasturi asosida yoshlarga jismonan tarbiya berish, talabalarda sport bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishda yengillik berib, ularning sport mahoratini oshirish, shu bilan birga olgan bilim va ko‘nikmalarini tanlagan kasbi bo‘yicha keyingi ish faoliyatida qo‘llashga o‘rgatishdir.
Dostları ilə paylaş: |