Mustaqil ish №1



Yüklə 108,61 Kb.
səhifə8/8
tarix10.12.2023
ölçüsü108,61 Kb.
#138786
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ish №1

marshrutlash jadvaliga joylashtiriladi.
4-marshrutizatorning jadvalini batafsil ko’rib chiqamiz (4.6-rasm).
Jadvalning birinchi ustunida paketning jo’natilayotgan manzili joylashgan.
Jadvalning har bir qatoridagi jo’natilayotgan manzilning davomida jo’natilayotgan manzil bo’yicha rasional marshrutni davom ettirish uchun paketni jo’natish kerak bo’ladigan keyingi marshrutizatorning tarmoq manzili (aniqrog’i keyingi marshrutizator interfeysining tarmoq manzili) ko’rsatiladi.
Paket marshrutizatorga kelishi bilan IP modul kadr sarlavhasidan yetib borish kerak bo’lga tarmoq manzilini ajratib oladi va uni jadvaldagi tarmoq raqami joylashgan har bir qator bilan solishtirib chiqadi. Tarmoq raqami bilan mos kelgan qator paketni jo’natish mumkin bo’lgan yaqin marshrutni ko’rsatadi. Masalan, agar 4-marshrutizatorning biror portidan N6 tarmoqqa manzillangan paket qabul qilinsa, u holda marshrutlash jadvalidan paket harakatining keyingi bosqichi IR21 marshrutizatorning manzili tanlanadi va paket 2-marshrutizatorning 1-portiga qarab harakatlanadi.

A marshrutizatorning jadvali

Tarmoq raqami

Keyingi marshrutizator

Kiruvchi interfeys

Xablar soni

N1

IP12

IP41

1

N2



IP41

0

N3

IP12

IP41

1

N4

IP21

IP41

1

N5



IP42

0

N6

IP21

IP41

2

IPB

IP21

IP41

2

Sukut bo’yicha

IP51

IP42




V marshrutizatorning jadvali

Tarmoq raqami

Keyingi marshrutizator

Kiruvchi interfeys

Xablar soni

N1

IP13

IPB

1

N2

IP13

IPB

1

N3



IPB

0

N4

IP31

IPB

1

N5

IP13

IPB

2

N6

IP31

IPB

2

Sukut bo’yicha

IP31

IPB



4.6-rasm. Tarmoq elementlarining marshrutlash jadvali
Paketni keyingi marshrutizatorga uzatishdan oldin joriy marshrutizator o’zining qaysi (IP41 yoki IR42) portlariga ushbu paketni joylashi kerakligini aniqlashi zarur. Buning uchun marshrutlash jadvalining uchinchi ustuni mavjud bo’lib, unda chiquvchi interfeyslarning tarmoq manzili joy oladi.
Ko’p hollarda yuborilayotgan manzil sifatida jadvalda to’liq IP-manzil emas, balki belgilangan tarmoq raqami ko’rsatiladi. Shunday qilib, ushbu tarmoqqa jo’natiluvchi barcha paketlar uchun IP protokol aynan shu marshrutni taklif qiladi. Biroq ayrim hollarda bog’lama uchun tarmoqning barcha bog’lamalari uchun berilgan marshrutdan farq qiluvchi maxsus marshrutni aniqlash zarur bo’lib qoladi. Buning uchun ushbu bog’lama marshrutlash jadvalida alohida qator joy oladi va unda to’liq IP-manzil va mos marshrut axborotlari joy oladi. Bunday turdagi yozuvlar V bog’lama uchun 4.6-rasmda keltirilgan jadvalda ko’rsatilgan. Masalan, 4-marshrutizator ma’muri xavfsizlik nuqtai nazaridan paketlarni N3 tarmoqning barcha bog’lamalari uzatadigan 1-marshrutizator (IR12 interfeys) orqali emas, balki 2-marshrutizator (IP21 interfeys) orqali jo’natishga qaror qilgan. Agar jadvalda tarmoq va uning alohida bog’lamalari marshruti haqidagi to’liq axborot jadvalda mavjud bo’lsa, u holda IP bog’lamaga manzillangan paket kelishi bilan marshrutizator spesifik marshrutni tanlaydi.
Oxirgi bog’lamalarni marshrutlash jadvali. Marshrutlash masalasini nafaqat oraliq marshrutizatorlar, balki oxirgi bog’lamalar – kompyuterlar ham yechadi. Bu masalani yechish oxirgi bog’lamaga o’rnatilgan IP protokol paketni boshqa tarmoqqa yoki ushbu tarmoqning biror bog’lamasiga manzillanganini aniqlash bilan boshlanadi. Agar jo’natilayotgan tarmoq raqami ushbu tarmoq raqami bilan mos kelsa, bu paketni marshrutlash talab qilinmasligini bildiradi. Aks holda marshrutlash kerak bo’ladi.
Oxirgi bog’lamalar va tranzit marshrutizatorlarning jadvalining strukturasi bir-biri bilan (bir xil) hisoblanadi. 6.6-rasmda keltirilgan tasvirga yana bir bor e’tiborimizni qaratamiz. N3 tarmoqqa tegishli V oxirgi bog’lamaning marshrutlash jadvali quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin (4.6-rasm). Bu yerda IRV – V kompyuter interfeysining tarmoq manzili. Bu jadvalga asosan oxirgi V bog’lama N3 lokal tarmoqdagi ikkita marshrutizatorlardan (1 yoki 3) qaysi biri u yoki bu paketni jo’natishini tanlaydi.
Asosiy xulosalar
Router qo'shni yo'llardan yoki tarmoq ma'muri tomonidan uzoq masofaviy tarmoqlar haqida ma'lumot beradi. Keyin yo'riqnomani o'chirilgan tarmoqlarni qanday topishni tasvirlaydigan marshrutlash stolini quradi.
Agar tarmoq to'g'ridan-to'g'ri yo'riqnomaga ulangan bo'lsa, u ushbu tarmoqqa paket yuborishni allaqachon biladi. Agar tarmoq to'g'ridan-to'g'ri ulanmasa, yo'riqnoma Statik yo'nalishda yoki marshrutlashgan jadvaldagi barcha tarmoqlarning qo'lda joylashuvi) yoki boshqaruv stoliga kirish huquqini o'rganishi kerak.
Dinamik marshrutlash - bu qurilmaning qo'shni yo'lovchilar bilan o'zaro ta'sirini belgilaydigan marshrutlash protokoli jarayoni. Router har bir tarmoq haqida ma'lumotni yangilaydi. Agar tarmoqda o'zgarish yuzaga kelsa, dinamik yo'naltirish protokoli o'zgarishi haqidagi barcha muntazamlarga xabar beradi. Agar statik yo'nalishda foydalanilsa, barcha qurilmalarda marshrutlash jadvallarini yangilash tizim ma'muriyati bo'lishi kerak.
Yüklə 108,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin