Mustaqil ish 38 Mavzu



Yüklə 19,38 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü19,38 Kb.
#135933
Mustaqil ish matem 38mavzu


Mustaqil ish
38 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
Mashg’ulot ishlanma
Sentyabr oy mavzusi: Ona yurtim – O‘zbekiston.
Xafta mavzusi: Men va mening do‘stlarim
Sentyabrning 4 – xaftasi
Faoliyat turi: Elementar matematik 8
Mavzu: Butunni 4 ta teng qismga bo‘lish, butun va qismni taqqoslash
Maqsad:
• Bolalarning butun bilan uning bo‘laklari orasidagi munosabatlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash.
Kutilayotgan natijalar:
• Bolalar butunni 4 ta teng qismga bo‘lishni o‘rganadilar.
• Bolalar butun va qism haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
• Bolalar nutqtsa butun, qism so‘zlarini tushungan holda to‘g‘ri ifodalay oladilar. Kerakli jihozlar:
• Doyra shakli (har bir bolaga 2 tadan)
• Turli meva va sabzovotlarning yarimta va chorakta qismlari tasvirlangan rasmlar
• Turli o‘lchamda geometrik shakllarning yarimta va chorakta qismlari (turli rangda yoki bir xil rangda)
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, esingizda bo‘lsa sizlar bilan to‘g‘ri to‘rtburchak va oval shakllarini teng 2 qismlarga bo‘lishni o‘rgangan edik. Bugun ham butun va qism haqida gaplashamiz, lekin endi butunni 4 ta teng qismga bo‘lishni o‘rganamiz. Hammamiz qo‘limizga katta doyra shaklini olamiz va uni uchlarini teng qilib, chizig‘ini aniq qilib buklaymiz, keyin yana bir bor buklaymiz. Qismlar teng bo‘lishi uchun tekis buklash kerak. Hamma buklab bo‘ldimi? Endi qog‘ozlarni ochib va nechta teng qismlar hosil bo‘lganligini sanab chiqamiz. Qismlar nechta ekan?
Endi shu 4 ta qismlarni qirqib olamiz. Bitta qismni butun doyra shakli ustiga qo‘yib nima kattaligini aniqlaymiz. Nima katta ekan butunmi yoki bitta qismmi?
Bitta qism yoniga ikkinchi qismni ham qo‘yib taqqoslab ko‘ramiz. Butun doyra kattami yoki ikkita qismmi?
Ikkita qism yoniga uchinchi qismni ham qo‘yamiz va yana taqqoslab ko‘ramiz. Butun kattami yoki uchta qismmi?
Uchta qism yoniga to‘rtinchi qismni ham qo‘yamiz va taqqoslab ko‘ramiz. Birlashtirilgan qismlar butunga tengmi yoki kattami?
Bolajonlar, 4 ta qismning har birini nima deb atash mumkin? Bolajonlar bu qismlarni to‘rtdan bir yoki chorak deb aytishimiz mumkin. 4 dan bir deyishimizga sabab butunning mana shu 4 ta qismidan biridir. Bolajonlar, doskada 4 ta qism turibdi, ulardan birini olsam, doskada 4 dan necha qism qoladi? 4 dan 3 qism qoladi.
2 tasini olsam 4 dan necha qism qoldi? 4 dan 2 qism qoldi. Doskada qolgan 4 dan 2 qism kattami yoki mening qo‘limdagimi? Doskadagi va qo‘limdagi qismlar teng.
Bolalar uchun amaliy ish.
Stol ustiga turli meva va sabzovotlar (olma, mandarin, tarvuz, qovun, sabzi, bodiring, pomidor va boshqalar) ning rasmlari 2 ty va 4 ta qismga bo‘lib aralashtirilib qo‘yiladi. Bolalar qismlarni to‘g‘ri topib birlashtirishlari lozim.
Bolalar yasab bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi ularga savollar beradi:
2. Qanday belgisiga qarab qismlarni topdingiz?
3. Butun kattami yoki uning 2 dan 1 qismimi?
4. Butunning 2 dan 1 qismi deganda nimani tushunasiz?
5. Butunning 4 dan 2 qismi kattami yoki 4 dan 1 qismimi?
6. Butun kattami yoki uning 4 dan 1 qismimi?
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: “Butun va qismlar”
Bolalar doira bo‘lib turadilar. Har bir bolaning qo‘liga geometrik shakllarning 2 dan bir yoki 4 dan bir qismi beriladi. Tarbiyachi «yarimta qismlarni olganlar o‘ng tomonimdagi stolga, chorakga qismni olganlar chap tomonimdagi stolga o‘tirib qo‘lingizdagi qismlarni birlashtiring», deydi. Bolalar qo‘llaridagi qismga qarab o‘ng va chap tomondagi stollarga o‘tiradilar va qismlarni birlashtirib ko‘rib, qismlardan butun yasaydilar. Bolalar yasab bo‘lganlaridan keyin tarbiyachi ularga savol beradi:
1. Nechta qismdan butun shaklni yasadingiz?
2. Sizning qo‘lingizda qaysi shaklning 2 dan bir qismi?
3. Butunning 2 dan bir qismini qanday aytamiz?
4. Sizning qo‘lingizda qaysi shaklning 4 dan bir qismi?
5. Butunning 4 dan bir qismini qanday aytamiz?
Keyin bolalar xohlagan qismlarini olib doyra bo‘lib, qo‘llarini orqaga qilib turadilar va tarbiyachi «qismlarni qo‘llarni orqaga qilib bir-birimizga uzatamiz», deydi. Tarbiyachi «to‘xtadik» deyishi bilan bolalar uzatishni to‘xtatib qo‘llaridagi qismni ko‘radilar va nimaning qaysi qismi ekanligini aytadilar. Hamma bola aytib bo‘lganidan keyin, yana qo‘llarini orqaga qilib bo‘laklarni bir-birlariga uzatadilar. Tarbiyachining signali bilan yana to‘xtab qo‘llaridagi bo‘lakni ko‘radilar va nimaning qaysi qismi ekanligini aytadilar.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Biz bugun butunni nechta qismga bo‘lishni o‘rgandik?
2. Butunni 4 ga bo‘lsak, uning bitta bo‘lagini qanday aytamiz?
3. Yarim (yarimta) so‘zi butunni nechta bo‘lakka bo‘lganda ishlatiladi?
4. Chorak (chorakta) so‘zi butunni nechta bo‘lakka bo‘lganda ishlatiladi?
Mashg‘ulot yakunida barcha bolalarni rag‘batlantirish.
Yüklə 19,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin