2.
Fanning
predmeti
va
vazifalari.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish
fanining
maqsadi
maktabgacha ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish,
shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillar,
mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllantirishning
pedagogik
asoslarini
o‘rgatishdan
iborat.
Fanning vazifalari:
pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga
asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish haqidagi bilimlarga
ega bo‘lish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda
qo‘llash, maktabgacha ta’lim-tarbiyaning mazmuni, o‘ziga xos
xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topish, hamda kasbiga
bo‘lgan
munosabatni
tarbiyalash.
Quyidagi sxemada Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining
predmeti
ko‘rsatib
o‘tilgan:
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti
Bola tug‘ilgan kundan boshlab, maktabga borguniga qadar bo‘lgan
davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini
o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzusidir. U
maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi
birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi
aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab,
ijtimoiy Maktabgacha ta’lim sharoitida tarbiya va ta’lim berish
ishlarining
vazifalarini,
tamoyillarini,
mazmunini,
metodlarini,
shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim-
tarbiyani tashkil etish pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi
bo‘lib
shakllandi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining vazifalari
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning nazariyasi va amaliyoti
maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning
maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab
tarbiyalashning roli, Maktabgacha ta’limni hayot, zamon bilan bog‘lab
olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy
muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika fani
tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni
o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy
tushunchalar
hisoblanadi.
3.
Dostları ilə paylaş: |