rolini
tushunishni
chuqurlashtiradi.
Estetika -
insonlarni voqelikka, san’atga estetik munosabatlarni
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining
ilmiy
asosi
bo‘lib
xizmat
qiladi.
Maktabagacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishFani boshqa fanlardan
biologiya, psixologiya, yosh psixologiyasi bilan ham bog‘liq
holda
rivojlanadi.
Fiziologiya
pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo‘lib, u birinchi
navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining
xususiyatlari, sezgi organlari,
tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va
nafas olish sistemalari va shu kabilarning rivojlanishi haqidagi
ma’lumotlarga tayanadi. Hozirgi zamon fiziologiyasi eng muhim
pedagogik muammolarni to‘g‘ri hal etishda: bola rivojlanishiga,
uning
qobiliyatlarini shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta’siri va
shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O‘sib
borayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyatlarining
asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta’lim-tarbiya
berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining tipologik
xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni pedagogikaga o‘quv-tarbiya
jarayoni
metodikasini ishlab chiqishda, bolalar faoliyatlari uchun
yaxshiroq sharoitlar yaratishda yordam beradi.
Insonning
voqelikni
belgilovchi
hamda
uning
xulq-atvorini
boshqaruvchi psixikaning qonuniyatlari va mexanizmlari to‘g‘risidagi
fan bo‘lgan umumiy psixologiya insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va
atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida shakllanadigan holat
va xislatlarni (tafakkur, xotira, tasavvur, his-tuyg‘u, iroda va hokazo)
tadqiq qiladi.
Dostları ilə paylaş: