Mustaqil ish mavzu: maktabgacha ta'lim tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari



Yüklə 441,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.10.2023
ölçüsü441,78 Kb.
#130585
1   2   3   4   5   6
MAKTABGACHA TA\'LIM TARBIYANI TASHKIL ETISH FANINING PREDMETI VA ASOSIY VAZIFALARI

Yosh psixologiyasi
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanini 
turli yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlarini, u yoki bu tarbiyaviy 
ta’sirni ular qanday qabul kilinishini aniqlashda yordam beradi.
Psixologiya
shaxsning rivojlanish qonuniyatlari, yosh va o‘ziga xos 
xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalarni tarbiyalash va ta’lim berishning 
ratsional mazmun, metodini asoslash va shaxsning shakllanish 
jarayonini to‘g‘ri loyixalash imkonini yaratadi. Pedagogika jamoani 
tashkil etishning samaraliroq shakllarini, shaxsni jamoada va jamoa 
orqali tarbiyalash metodlarini ishlab chiqishda sotsial psixologiya bilan 
qurollanadi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani jismoniy rivojlanish 
masalasini, bola organizmining shu qobiliyatini oshirish, uning 
faoliyatini normallashtirish, masalalarini o‘rganishda umumiy va sotsial 
gigiyena, mehnat gigienasi, maktab gigienasi, pediatriya va boshqa 
fanlarning 
erishgan 
yutuqlaridagi 
xulosalardan 
foydalanadi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani umumiy pedagogika 
bilan ham bog‘liqdir, chunki umumiy pedagogika tarbiyaning umumiy 
qobiliyatlari, jamiyatda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash hamda 
ta’limning mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
Shunday qilib, Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani yuqorida 
keltirilgan fanlar bilan bog‘liq holda rivojlanib, boyib boradi. Yechilmay 
qolgan muammolar pedagogik nuqtai nazardan ilmiy asoslangan tarzda 
o‘z yechimini topadi va kerakli xulosa, tavsiyalar beradi.


3.
Maktabgacha ta’limga kirish.
Maktabgacha ta’limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi 
bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq 
sog‘lom va yetuk, maktabga o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish.
-Maktabgacha ta’limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy
madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: 
bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha 
yoshdagi bolalarda bilim olish extiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini 
shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, 
bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin 
ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruxiy 
sog‘lig‘ini 
ta’minlashdan 
iborat.

Yüklə 441,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin