Mustaqil ish mavzu: naqd pulsiz hisob kitob ishlari


TO’LOV TALABNOMASI BO’YICHA HISOB-KITOBLAR, ULARNING RASMIYLASHTIRILISHI VA HISOBGA OLINISHI



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə4/5
tarix02.12.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#137955
1   2   3   4   5
Naqda pulsiz

3. TO’LOV TALABNOMASI BO’YICHA HISOB-KITOBLAR, ULARNING RASMIYLASHTIRILISHI VA HISOBGA OLINISHI


Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri to’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar bo’lib, ular 1992 yil 1 avgustigacha respublika naqd pulsiz aylanishining qariyb 60-65 foizini tashkil etar edi. Markaziy bankining 1992 yil 6 iyundagi 78-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni tartibga solish, ularning holatini yaxshilash, hamda bozor talablariga moslashtirish maqsadida, 1992 yil 3 iyuldan boshlab mulkchilik shaklidan kat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar uchun talabnomalarning o’rniga yangi tartibdagi to’lov-talabnoma topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblar amaliyotga kiritildi. Shu bilan birgalikda, 1992 yil 1 avgustgacha to’lov talabnomalarining oborotda bo’lishiga ruhsat etildi. Lekin korxona va tashkilotlar to’lov talabnomasi orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblarga bir necha o’n yillab o’rganib qolganliklari sababli, Markaziy bankka to’lov talabnomasini amaliyotga qaytadan tadbiq etish bo’yicha ko’plab talab va takliflar kelib tushayotganligini hisobga olgan holda, bu masala qayta ko’rib chiqilib, 1996 yil 29 fevraldagi Markaziy bankining Xatiga asosan qaytadan muomalaga kiritildi.
To’lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag’ oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar «aktsept» shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi.
«Aktsept» so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, rozilik ma’nosini anglatadi, ya’ni bu to’lovchining to’lovni amalga oshirish uchun bankka bergan roziligidir. Aktsept shakli asosiy inkassaviy hisob-kitob shakli bo’lib hisoblanadi. «Inkasso» italyancha so’zdan olingan bo’lib, bank o’z mijozi taqdim etgan hujjatga asosan etkazib berilgan mahsulot uchun unda ko’rsatilgan summani to’lovchidan uning banki orqali olib berish bo’yicha majburiyat bo’lib hisoblanadi. Rozilik bildirish usuliga ko’ra aktsept ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. To’lovchi korxonaning roziligi ham, noroziligi xam yozma ravishda bildirilsa, ijobiy aktsept hisoblanadi. Bunday holda to’lov to’lovchidan yozma ravishdagi rozilik xati kelgandagina amalga oshiriladi. Agar 15 kun ichida to’lovchidan rozilik xati kelmasa to’lov talabnomasi to’lovni oluvchiga to’lanmasdan qaytariladi. Salbiy aktsept esa sukut saqlash orqali bildiriladi, to’lovga norozilik yozma ravishda bildiriladi. Agar to’lovga qarshi norozilik xati yozma ravishda kelib tushmasa bank tomonidan to’lov amalga oshiriladi.
Salbiy aktseptning o’zi to’lovni amalga oshirish muddatiga ko’ra oldindan aktsept va so’nggi aktseptga bo’linadi. Talabnomani oldindan aktseptlash usulida hisob-kitoblar o’tkazilganda talabnomaning puli aktseptlash muddati tugagandan so’ng, ya’ni ertasi kuni to’lanadi. To’lovchi korxona o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bank muassasasiga talabnoma kelib tushgandan keyin 3 kun ichida to’lovdan bosh tortganini ma’lum qilish huquqiga ega. Tovar etkazib beruvchi tovar-moddiy boyliklar etkazib berish, xizmatlar ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari shartlarini buzgan xollarda to’lovchi to’lashdan bosh tortishi mumkin. Bunday hollarda to’lovchi tomonidan bankka yozma ravishda rad etish arizasi topshirilib, unda to’lovdan bosh tortish sabablari ko’rsatiladi.
Aktseptlashning so’nggi aktsept turida to’lov talabnomasi bankka kelib tushgan kunda to’lanadi, lekin to’lov o’tkazilgandan keyingi 3 kun ichida to’lovdan bosh tortish xuquqi saqlanib koladi. Belgilangan muddat o’tgandan so’ng to’lovchi tomonidan rad etish arizasi kelib tushmasa, to’lov to’langanligicha qoladi.
Lekin iqtisodiyotning rivojlanishining turli davrlarida aktseptning har xil turlari qo’llaniladi. Masalan, hisob-kitoblarning davrini bir muncha qisqartirish maqsadida 1991 yilgacha asosan so’nggi aktsept ishlatilar edi, faqat qonun-qoidalarda ko’rsatilgan hollardagina oldindan aktseptga yo’l qo’yilar edi. Debet avizolariga yo’l qo’yilmayotgani sababli hozirgi kunda faqatgina oldindan aktsept turi ishlatilmoqda.
Hisob-kitoblarning aktsept, ya’ni to’lov talabnomalari orqali o’tkaziladigan shaklida ishlatiladigan asosiy hujjat bu - to’lov talabnomasidir. To’lov talabnomalari mahsulot etkazib beruvchi tomonidan belgilangan №0505411001 shakldagi blankalarda bankka taqdim etiladi. To’lov talabnomalari quyidagi hollarda ishlatilishi mumkin:

  1. yuklab jo’natilgan tovarlar uchun;

  2. bajarilgan ishlar uchun;

d) ko’rsatilgan xizmatlar uchun;
g) amaldagi qonunchilikda, me’yoriy hujjatlar yoki shartnomada ko’zda tutilgan boshqa to’lovlar uchun.
To’lov talabnomasida mahsulot etkazib beruvchi tomonidan talabnoma nomeri, u to’ldirilgan sana, shu korxona nomi, uning hisobvaraq nomeri, xizmat ko’rsatuvchi bank nomi, bankining kodi, to’lovchi korxonaning nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomeri, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi, to’lov summasi va to’lov maqsadi ko’rsatiladi. Hujjatlarda ko’rsatilishi lozim bo’lgan umumiy rekvizitlardan tashqari to’lov talabnomasida quyidagilar ko’rsatilishi lozim:

  1. shartnoma sanasi va nomeri;

  2. mahsulotlarni yuklab jo’natish sanasi va tovar-transport yoki qabul qilish, topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar pochta va telekommunikatsiya agentligi orqali jo’natilganda esa - pochta kvitantsiyalarining nomeri;

Agar mahsulot uni sotib oluvchining transport vositasi bilan olib ketilsa, talabnomaning alohida ajratilgan joyida yuk uni sotib oluvchining o’z transporti bilan olib chiqib ketilgani hamda ishonchnomaning nomeri ko’rsatiladi. Shunday hollar ham bo’ladiki, mahsulot kontraktatsiya shartnomalari asosida realizatsiya qilinadi. Kontraktatsiya shartnomalari bo’yicha mahsulot etkazib berishda to’lov talabnomasining yuqori qismida ya’ni talabnoma deb yozilgan so’z yoniga «Kontraktatsiya shartnomasi» deb ko’rsatilishi lozim. To’lov talabnomasining pastki, alohida ajratilgan qismida maxsulot jo’natuvchi korxona rahbari va bosh buxgalterning imzolari va korxonaning muhr izi qo’yiladi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Bank operatsiyalari naqd pulsiz hisob-kitoblar deb ataladi, ularning mohiyati shartli pul shakllarini bir hisobdan ikkinchisiga o'tkazishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, to'g'ridan-to'g'ri pul almashinuvi yo'q.
Naqd pulsiz to'lovlar O’zbekiston banki yoki kredit tashkilotlari orqali hisobvaraqlarda amalga oshiriladi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki boshqa to‘lov usuli qo‘llanilmagan bo‘lsa, hisobvaraq ochish uchun asos bo‘lib bank hisobvarag‘i shartnomasi yoki korrespondentlik hisobi shartnomasi hisoblanadi.
Qoidaga koʻra, firmalar oʻrtasida naqd pulsiz toʻlovlar 2000 dan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.oltmish ming. Har bir tashkilot uchun faqat bitta joriy hisob ochish mumkin. U butun tashkilot tomonidan ochiladi va mulkchilik shakli muhim emas, chunki joriy hisob yuridik shaxs maqomiga ega va tijorat asosida ishlaydi. Bunday hisob egasi o'z mablag'larini boshqaradi va byudjetga to'lovlar uchun mustaqil to'lovchi sifatida ishlaydi. Hisob egasi bank bilan boshqa shartnomalar tuzishi mumkin.
Joriy hisob tijorat faoliyati bilan shug'ullanmaydigan muassasa tomonidan ochiladi. Qoida tariqasida, turli jamoat tashkilotlari bunday hisobdan foydalanadilar. Shunisi e'tiborga loyiqki, bunday hisob egasi undan tushgan mablag'dan faqat bosh tashkilotning hisob-kitobiga muvofiq foydalanishi mumkin.



Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin