O‘sish strategiyasini ishlab chiqishning birinchi bosqichi egallab turilgan raqobatli ustunlikning tabiatini aniqlab olishdan iborat bo‘lib, bu ustunlik kelgusidagi strategik va taktik qadamlar uchun asos bo‘lib qoladi.
1-rasm . Porter bo‘yicha asosiy strategiyalar
Yuqorida raqobatli ustunlikni ikki xil o‘lchash orqali: «unumdorlik» (xarajatlar bo‘yicha ustunlik) va «bozor kuchi» (maqbul maksimal sotish narxiga nisbatan ustunlik) bo‘yicha aniqlash mumkinligi ko‘rsatilgan edi. Firmaning xususiyatlari, uning kuchli va kuchsiz tomonlari hamda uning raqobatchilarini hisobga olgan holda qaysi ustunlikni tanlash kerak? degan savol tug‘iladi. Boshqacha qilib aytganda, ma’lum bir tovar bozorida qaysi ustunlikni himoya qilish osonroq?
Bunday ustunlikni aniqlab olish uchun raqobatli vaziyatni tahlil qilib chiqib, quyidagi savollarga javob berish lozim:
-ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori yoki segmentda muvaffaqiyatning hal qiluvchi omillari qaysilar?
-mana shu hal qiluvchi omillar nuqtai nazaridan eng xavfli raqobatchining qanday kuchli va kuchsiz tomonlari bor?
Firma bu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda:
- qaysi raqobatli ustunlikka nisbatan eng yaxshi pozitsiyada ekanligini aniqlab olishi;
- muayyan sohada bunday ustunlikka erishishga qaror qilish; Potensial raqobatchilar O’rinbosarlar Ta’minotchilar Mijozlar Tarmoqdagi raqobatchilar Ishlayotgan firmalar o’rtasidagi raqobat Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi O’rinbosar tovarlar xavfi Etkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati Mijozlarning savdolashish qobiliyati - o‘z raqiblarining raqobatli ustunligini bartaraf etishga urinishi mumkin.
SHunday qilib, tanlanadigan asosiy strategiyalar bir-biridan qaysi ustunlikka tayanishi bilan farq qiladi. Porterning fikricha, faqat uchta asosiy raqobatli strategiya mavjud bo‘lib, ular o‘zining maqsadli bozori bilan (butun bozor yoki uning ma’lum bir segmenti) va amalga oshirilayotgan raqobatli ustunlik turi bilan (xarajatlar yoki tovarning ustun sifatlari bo‘yicha) farq qiladi.
Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi markazida raqobatchiga nisbatan past harajat bo‘ladi. U doimiy xarajatlarni nazorat qilishni, ishlab chiqarishga investitsiya. yangi texnologiya konstruksiyalari ustida yaxshilab ishlashni, savdo xarajatlarini kamaytirishni nazarda tutadi.
Asosiy strategiya uchinchi - konsentrasiya strategiyasi, ya’ni konsentrasiya bir segment yoki xaridorlarning raqobatchi guruhlarini bozorni harakatsiz egallab olishdir. Maqsad bu erda tanlangan maqsadli segmentni raqobatchiga nisbatan ehtiyojini qondirishdir. Bu strategiya differensiasiyada ham, iqtisod qilishda ham bo‘ladi, bunda faqat maqsadli segment doirasida bo‘ladi.
Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi. Bu strategiyani markaz e’tiborida - raqobatchiga nisbatan kam xarajatlar asosiy o‘rinda turadi. Xarajat munosabatiga ustunliklar 5 ta raqobatli kuchga qarshi samarali himoyani tashkil etadi:
- firma o‘zini to‘g‘ri raqobatchisi bilan narx jangida ham qarama-qarshi turishga loyiq va narxda foyda olishga ega;
- kuchli mijozlar kuchli raqobatchi uchun darajasidan narxni pasayishiga erisha olmaydi;
- past xarajatlar kuchli ta’minotchilarga qarshi himoyani ta’minlaydi;
- past xarajatlar yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarini tashkil qiladi va bir vaqtning o‘zida tovar-o‘rinbosarlarga qarshi yaxshi himoya tashkil qiladi. Barcha strategiyalar markaz e’tiborida raqobatchilar bilan solishtirganda past xarajatlar bo‘ladi.
Xulosa Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, differensiatsiya strategiyasi jami sektor uchun tovarning xaridorlar nuqtai nazaridan noyobligini, konsentratsiya strategiyasi esa muayyan segment uchun mo‘ljallangan, xarajatlar bo‘yicha liderlik strategiyasi barcha korxonalar uchun eng muhim va zarur strategiyasi barcha korxonalar uchun eng muhim va zarur strategiya bo‘lib hisoblanadi.