Mustaqil ish mavzu Uyqu tush ko\'rish va gipnoz uyqu gigiyenasi (1)
Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so’zlari va harakatlari ta’sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya sharlarining po’stloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma’lum qismi tormozlanadi. Shuning uchun gipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos xususiyatlar vaqtincha yo’qoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadi. Shuning uchun u gipnozchining buyruqlarini bajaraveradi.
Narkotik uyqu har xil kimyoviy dori moddalari ta’sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Tush ko’rish uyquda sodir bo’ladigan sub’ektiv psixik hodisa.
Uyqu yuzaki bo’lganda bosh miya po’stlog’ining ba’zi qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi ko’rish markazlarining nerv hujayralari to’liq tormozlanmaydi, ya’ni ularning ba’zilari kuchsiz harakatlanish holatida bo’ladi. Ana shu vaqtda tush ko’rish sodir bo’ladi. Tush ko’rish odamning ko’rgan-kechirganlari, maqsadlari, istaklari kabilarning bosh miya po’stlog’i markazlaridagi izlarining tiklanishidir

Uyqu gigienasi. Bolalar va o’smirlar uyqusini gjgienik jihatdan to’g’ri uyushtirish ularning ish qobiliyatini yuqori bo’lishini ta’minlovchi omillari hisoblanadi. Bola o’rnining qulay bo’lishi, belgilangan vaqtda doimo uxlash uyqu gigienasida muhim ahamiyatga ega. Uyqudan avval xonani shamollatish, toza havoda sayr qilish, tishlarni tozalash oyoq-qo’llarni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Bola uxlashdan 1,5-2 soat oldin ovqatlangan bo’lishi lozim. Xona harorati 20°E atrofida saqlanishi tavsiya etiladi. Bolaning o’rni juda yumshoq yoki juda qattiq bo’lmasligi kerak. Uyqu gigienasiga rioya qilinsa, bola tiniqib uxlaydi, ish qobiliyati va kayfiyati yuqori bo’ladi.