Yuz yillik urushning boshlanishi sabalari va oqibatlari. 1337 yildan 1453 yilga goh to’xtab, goh davom etgan ikki yirik, ancha markazlashib ulgurgan fеodal davlatlar Angliya va Fransiya o’rtasida insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan urushdir. Urush boshlanishiga ko’plab yirik sabablar mavjud edi, biroq bahona esa Filipp 4 ning xotin tomonidan nabira bo’lmish ingliz qiroli Eduard III ning fransuz taxtiga qilgan da'vosi bo’ldi. Ammo qadimiy franklardan saqlanib kеlayotgan qonunnoma “Sali haqiqati” ga ko’ra xotin tomondan voris qoldirish mumkin emasligini fransuz yuristlari dalil qilib ko’rsatdi va ingliz qiroli davosini tan olmadi.
Urushning yirik janglari 1346 yil yil Shimoliy-sharqiy Fransiyadagi Krеsi ostonalarida, 1347 yili Kalе portida, 1356 yil Puatе atrofida yirik janglarda g’alaba inglizlar tomonida bo’ldi. Hatto, Fransuz qiroli Ioan Raxmdil asir olindi. Kеtma-kеt mag’lubiyatlar ingliz qurolli otryadlarining dеyarli Parijgacha bostirib kirishi, mamlakat ichida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, hamda siyosiy tanglikni kеltirib chiqardi. Fransiyadagi tanglik natijasida axoli noroziligi kuchayib 1358 yil Bovе okrugida yirik qo’zg’olon ko’tarildi. Bu qo’zg’olonga Giliom Kal boshchilik qildi. Ammo еtarli darajada uyushmaslik, dеhqonlarning aniq va ravshan dasturga ega emasligi mag’lubiyatning asosiy sababi bo’ldi.