Fillip II Avgustning boshqaruv islohoti. Fillip II davrida qirol domеniga ko’p miqdorda yerlar qo’shib olinishi munosabati bilan muhim ma'muriy islohot o’tkazildi. Qirolikka qarashli barcha mulklar balya dеb ataluvchi tеng ma'muriy okruglarga bo’linib, ularga qirollik gubеrnatorlari-balyalar boshliq qilib qo’yildi. Balyalar o’z funktsiyalari jihatidan Buyuk Karlning graflarini eslatardilar. Balyalar qaramog’ida sud, soliqlar yig’ish, lashkarlar chaqirish ishlari bo’lardi. Balyalar odatda qisqa muddatga va saroyga yaqin turgan kishilardan tayinlanib, ular mahalliy provintsial zodagonlarga qavm-qarindosh bo’lmasligi yoki biror masalada ular bilan yaqin munosabat bog’lamasligi shart edi. Janubda, Langеdokda balyalar o’rniga sеnеshallar tayinlandi. Sеnеshallarning balyalardan farqi shunda ediki, sеnеshallar mahalliy dvoryanlar orasidan chiqqan amaldorlar edi. Qirol hokimiyatining janubdagi ta'siri tabiiy shimol, g’arb va xususan qirollik markazidagiga qaraganda zaifroq edi.