Analogiya
Analogiya tushunchasi. Tafakkurda deduktiv va induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda analogiya (yunoncha analogia - muvofiq, o’xshash) shaklida xulosa chiqarishdan ham keng foydalaniladi.
Predmetlarning bir o’xshash belgilariga qarab ularning boshqa belgilari ham o’xshash deb xulosa chiqarish analogiya deyiladi.
Agar A predmet a,v,s, d belgilariga, V predmet esa a,v,s belgilarga ega bo’lsa, ularning a,v,s belgilari o’xshashligiga qarab ehtimol V predmet ham d belgiga egadir deb xulosa chiqaramiz.
Analogiya shaklida xulosa chiqarish predmet xususiyatlarining o’zaro aloqadorligiga asoslanadi. Xususiyatlar bir – biridan mustaqil ravishda mavjud bo’lmaydi, ular yaxlitlikda bo’ladi va predmetning sifatini shakllantiradi. Masalan, predmetlar o’z xajmiga egaligi ularning shakli, rangi va boshqa xususiyatlarini ham keltirib chiqaradi. Xususiyatlarning o’zaro bog’liqligi analogiya shaklida xulosa chiqarishning mantiqiy asosidir.
Analogiyaning turlari. Analogiyaning qo’yidagi turlari farqlanadi. Predmetning mavjud belgisini xarakteriga ko’ra:
Predmetlar (xususiyatlar) analogiyasi;
Munosabatlar analogiyasi
Predmetlar belgilarining aloqasi xarakteriga ko’ra:
qat'iy;
qat'iy emas;
1. Predmetlar (xususiyatlar) analogiyasida ikki predmet (xodisa, voqea) taqqoslanadi, hamda ko’chma belgi ulardan birining xususiyati hisoblanadi.
Taqqoslanayotgan ob'ektlar alohida predmetlar hamda predmetlarning tizimi va tartibsiz ko’pligi bo’lishi mumkin.
Misol.
Predmetlar (xususiyatlar) analogiyasi sxemasi:
A predmet a,v,s, d xususiyatlarga ega
V predmet a,v,s xususiyatlarga ega
______________________________________________
Ehtimol V predmet ham d belgiga ega
2. Munosabatlar analogiyasida predmetlar emas, balki predmetlar o’rtasidagi munosabatlari taqqoslanadi va ko’chma belgi munosabatlar xususiyati hisoblanadi.
Misol.
3. Qat'iy analogiya ko’chma belgi va o’xshashlik belgilarining zaruriy o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. U yuqori darajadagi ishonchli xulosa beradi va aniq yoki ilmiy analogiya deb ataladi. Modellashtirish modeli qat'iy analogiyaga asoslanadi.
Masalan, samolyot modeli (A) samolyot (V) kabi o’z shakli (a), qanotlari tekisligi bilan og’irligi munosabati (v), burun qismi va fyuzelyajning qolgan qismi og’irligi o’rtasidagi munosabatga (s) ega.
Samolyot modelini aerodinamik trubada sinab ko’rilganda, u chidam bermadi. Shundan xulosa chiqarish mumkinki shu model asosida yasalgan samolyot ham sinovdan o’tmaydi. qat'iy analogiyaga asoslangan modellashtirish turli texnik qurilmalar – samolyot, kema, plotinalar konstruktsiyasida keng foydalaniladi. Chunki bu qurilmalarni tabiiy sharoitda sinab ko’rish imkoniyati cheklangan. Model real ob'ektlarga xususiyat va funktsiyalariga ko’ra o’xshash bo’lishi kerak.
4. Qat'iy emas analogiyada o’xshash va ko’chma belgilar o’rtasidagi aloqa zaruriy bo’lmaydi. Xulosa ehtimoiy bo’ladi. Masalan, ikkita o’g’irlikning o’xshash belgilari – uyga kirish usuli, vaqti, sodir etilgan hududi, o’g’irlangan buyumlarga qarab biz ikkala o’g’irlik ham bir kishi tomonidan sodir etilgan bo’lishi kerak deb xulosa chiqaramiz.
Analogiya shaklida xulosa chiqarishning ehtimollik darajasini kamaytirish shartlari.
Qat'iy analogiyadan tashqari analogiyaning barcha turlari ehtimoiy xulosa beradi. Shu sababli ba'zi hollarda ularda xatoga yo’l qo’yiladi. Yolg’on analogiyaga ko’pgina tuhmatga o’xshash yomon illatlar asoslanadi. Bekorga “taqqoslash isbotlash emas” deb aytilmaydi. Biroq analogiyadagi xatoliklar undan voz kechish uchun asos bo’la olmaydi. Ma'lumki analogiya asosida ko’pgina ilmiy ixtirolar qilingan. Xususan samolyotning qanoti qushlar qanotiga o’xshash qilib yaratilgan. Bionika fani turli asbob va mexanizmlarni yaratish uchun tirik organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyatini o’rganadi.
Analogiyada xatolarni bartaraf etish maqsadida qo’yidagi qoidalarga rioya qilinadi.
Taqqoslanayotgan predmetlar muhim belgilariga ko’ra o’xshash bo’lishi kerak. Nomuhim belgilariga ko’ra o’xshashlik xato xulosa beradi.
Umumiy muhim belgilar iloji boricha ko’p bo’lishi kerak.
Ko’chirilayotgan belgi o’xshash belgilari bilan bog’liq bo’lishi kerak.
O’xshash bo’lmagan belgilar nomuhim bo’lish kerak.
Agar predmet ko’chirilayotgan belgi bilan sig’ishmaydigan belgiga ega bo’lsa analogiya shaklida xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan, yer bilan Merkuriy o’rtasida ko’plab o’xshash belgilar mavjud. Biroq Merkuriydagi yuqori harorat u yerda tirik hayot mavjud deb xulosa chiqarishga imkoniyat bermaydi.
Analogiyaning asosiy funktsiyalari:
Evristik – analogiya yangi faktlarni ochishga imkon beradi;
Tushuntirish – analogyai xodisalarni tushuntirish vositasidir;
Isbotlash – qat'iy analogiya isbot vazifasini, hech bo’lmaganda argumentatsiya vazifasini bajaradi;
Gnoseologik – analogiya bilish vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |