MAVZU: Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o’qish. Appelatsiya shartlari. Universitet electron planformasi. Shaxsiy cabinet, qaytar aloqani amalga oshirish. Ma’lumotlarni jolashtirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga”ga ko’ra mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tishi rejalashtirilgan. Ta’lim jarayonini tashkil qilishning kretid-modulli tizimi – bu modulli o’qitish texnologiyalari va kredit yoki kredit ta’limi bo’linmalarining kombinatsiyasiga asoslangan o’quv jarayonini tashkil etish modeli. Ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirish ko’p qirrali va murakkab harakatlar va o’zaro ta’sir tizimidir. Kredit-modul tizimidagi e’tibor uning ikkita xususiyatiga qaratilgan:
- talabalarning mustaqil ishiga;
- o’quv jarayonini tashkil etishning kredit-modulli tizimini va talabalarning ta’lim yutuqlarini baholashning reyting tizimini ta’minlash.
Ilk bor kredit-soat tizimi, AQShda paydo bo’lgan va rivojlangan. 1869-yilda Amerika ta’limining taniqli arbobi, Garvard universiteti prezidenti Charlz Eliot tomonidan «kredit soati» tushunchasini kiritildi va 1870-80 yillarda kredit soatlarida o’lchangan akademik ish miqdori joriy etildi. 1892 yildan «kredit-soat» tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichiga start berildi.
Kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir oʻquv yili 2 semestrdan iboratligini hisobga olsak, talaba oʻqishi davomida har semestrda 30 kredit toʻplab borishi kerak boʻladi. Bakalavr dasturi odatda 4 yilligi hisobga olinsa, talaba ushbu darajani qoʻlga kiritish uchun jami 240 kredit, magistratura dasturini tugallash uchun esa 120 kredit toʻplashi talab etiladi. Kreditlar shunchaki raqamlar emas. Har bir kredit talaba bajarishi kerak boʻlgan maʼlum miqdordagi oʻqish yuklamasini bildiradi.
ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25-30 soatlik oʻqish yuklamasini anglatadi. Bu degani, agar fan 6 kreditli fan boʻlsa, talaba ushbu fan boʻyicha belgilangan miqdordagi kreditlarni qoʻlga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik oʻqish yuklamasini bajarishi kerak boʻladi
Kredit-modul tizimi, bu – taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlanmasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi: - oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish; - bitta fan, kurs (kredit)ningqiymatini aniqlash; - talabalar bilimini reyting bali asosida baholash; - talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish; - taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish; - taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib chiqib oʻzgartirish mumkinligi. Modul – bu, bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi.
Kredit-modul tamoyilida ikkita bosh masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash hamda talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
- o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
- bitta fan, kurs(kredit)ning qiymatini aniqlash;
- talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
- talabalarga o‘zlarining o‘quv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
- ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish;
- ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi.
Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi. Masalan, talaba 5 kreditlik fanni o‘zlashtirgan bo‘lsa, u 5 kredit hajmidagi ishni bajargan hisoblanadi, ya’ni u ushbu fanning ma’ruzalarida, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida qatnashgan, mustaqil ish topshiriqlarini bajargan hisoblanadi.
Demak, bu fanni o‘zlashtirgan talaba uni qanday bahoga o‘zlashtirganidan qat’iy nazar, u 5 kreditni qo‘lga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son qaroriga asosan 2018-yil 9-avgustda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 19-2018-sonli buyrug‘i ishlab chiqilgan. Buyruqning ilovasida “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi nizomi bilan OTM talabalarini bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari belgilab qo’yilgan.
OTM talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi - yuqori malakali, raqobatbardosh, kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, oliy ta’lim tizimida ilg’or texnologiyalarni qo’llash, yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan muhim yo’nalishlarda hamkorlikni yo’lga qo’yish, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash hamda talabalarda mustaqil ta’lim olish, shuningdek, universitetni jahonning nufuzli universitetlari reytingiga kirishini ta’minlashdan iborat.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
-talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;
-talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho;
-talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;
-talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, mavzuning mohiyatini tushunmaydi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq yoki yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. Oraliq nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha fanlar bo‘yicha «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba keyingi kursga o‘tkaziladi.
Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim. 3 tagacha fandan akademik qarzdorligi bo‘lgan bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalarga 1 oy muddat beriladi.
Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim. Talabaning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
“Elektron universitet” markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5987-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Markaz universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnik jihozlarning dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Markazning vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, ularning dasturiy ta’minotini va soz holatda ishlashini hamda axborot xavfsizligini ta’minlash;
“Elektron universitet” platformasi va rasmiy veb-saytni takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
universitet axborot tizimlarini global tarmoqqa integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, elektron ilmiy-metodik bazani shakllantirish va doimiy yangilab borilishini tashkil etish;
kompyuter texnikalari, audio, video va boshqa uskunalarning holatini o‘rganish, soz holatda bo‘lishini ta’minlash va ularni yangilab borish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng qo‘llashni tashkillashtirish;
universitetni o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va yangi informatsion texnologiyalar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish;
universitet binolariga o‘rnatilgan turniket tizimidan foydalanish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
universitetda (lokal va internet) tarmoqlarni boshqarish va axborot xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondoshgan holda yangi texnologiyalarni joriy etish;
universitetda internet tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish, korporativ va lokal tarmoq ishlashini nazorat qilish;
korporativ elektron pochta xizmatini takomillashtirish va doimiy faol ishlashini, interaktiv xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash.
Elektron universitet loyihasini amaliyotga joriy qilish natijasida talabalarning oraliq va yakuniy nazorat ishlari to‘liq raqamlashtirilib, elektron tarzda topshiriladigan bo‘ldi. Bu esa universitetda qog‘oz va boshqa resurslar sarfini iqtisod qilishga olib kelmoqda. O‘rtacha hisobda har bir talabaning semestr davomidagi oraliq va yakuniy nazorat ishlariga ketadigan qog‘oz va boshqa resurslarni hisoblasak, o‘rtacha 10 000–15 000 so‘m chiqim bo‘ladi. Jami talabalar uchun 1 semestr davomida 53 million 900 000 – 80 million 850 000 so‘m atrofidagi mablag‘ chegirib qolinishi mumkin. Bu esa o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan universitetlar faoliyati uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Institut elektron platformasi. Shaxsiy kabinet
Ushbu axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O‘quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv" axborot tizimlarini o‘z ichiga olgan.
HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:
oliy ta'lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;
oliy ta'lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.
Texnologiya va hisob-kitob haqida gap ketganda, platformalar apparat va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, elektron universitet loyihasi raqamli iqtisodiyot sharoitida istalgan oliy taʼlim muassasasi uchun ko‘plab muammolarni bartaraf etishga yordam berishi bilan birga, qulayliklar ham yaratadi.