Bilish predmeti subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning oʻrganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geo¬grafiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.Bilishdarajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bulib,hissiy bilish dsyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi aʼzolari (koʻrish, eshitish, hid bilish, taom bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda boʻlgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muhitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, xayol tashqi olam toʻgʻrisida muayyan bilimlar hosil qilishga yordam beradi.Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos boʻlib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson oʻz sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon boʻladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon boʻladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalgʻituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yokihodisa toʻgʻrisida bergan maʼlumotlari hech qachon uning butun mohiyatini ochib berolmaydi.