Arxeologik-arxitektura kompleksi. Mil. avv. IV asr – mil.
XIV asr

Qadim Mizdaxqon arxeologik-arxitektura kompleksi 200
ga dan oshiq maydonda, Xo’jayli – Kuhna –
Urganch (Turkmaniston) avtomobil yo’li bo’yida joylashgan.
Kompleksning asosiy qismlari Xo’jayli shahrining janubiy-g’arbida uchta tepalikda joylashgan.
Kompleksga Gaur-Qal’a,
Shamun-nabi, Nazlimxon Suluv, Xalifa Rajab maqbaralari kiradi.
Arxeologik
qazish ishlari davomida siyrak uchraydigan ossuar “qabristonlari”,
tangalar, har xil ro’zg’or
buyumlari, shisha, tilodan yuqori saviyada ishlangan buyumlar topildi.