Bo’lib tashla va hukmronlik qil paradigmasi dasturlashning mashhur algoritmlari asosini tashkil qiladi:
Quick Sort
Merge Sort
Eng yaqin ikki nuqta (Closest two points)
Strassen ko’paytirishi (Strassen multiplication)
Karatsuba algoritmi (Karatsuba algorithm)
Cooley-Tukey algoritmi (Cooley-Tukey Algorithm)
qiyin masalalarni osonlik bilan yechishga imkon beradi
Bo’lib tashla va hukmronlik qil paradigmasining afzalliklari
bu paradigmaga asoslangan algoritmlar oddiy yechimlardan ko’ra tezroq ishlaydi. Masalan: oddiy saralash bo’lgan Bubble Sortning tezligi O(n²) bo’lsa, MergeSortniki O(n*logn)
bunday algoritmlarni parallel hisoblovchi sistemalarda hech qanday o’zgarishsiz ishlatish mumkin
bunday algoritmlarni qo’llashda xotira keshidan unumli foydalanish mumkin. Chunki masalalar bo’linish jarayonida shunday kichik qismlarga ajraladiki, ularni keshni o’zida turib yechish mumkin bo’ladi.
haqiqiy sonlar uchun bunday algoritmlar aniqroq ishlaydi, chunki qism yechimlardagi haqiqiy sonlar ustidagi amallar aniqroq bajariladi (masalan, ko’paytirish algoritmlarida)