Mustaqil ishi fan o’qituvchisi


Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot. Idealizm —



Yüklə 109,3 Kb.
səhifə3/13
tarix26.11.2023
ölçüsü109,3 Kb.
#135111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu 1

Materializmolamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g‘oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog‘liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug‘ullanadi. Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni - gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz tо‘g‘ri va aniq haqiqat darajasiga kо‘tarila olmaydi deyuvchilarni esa - agnostiklar (yunoncha — bilib bо‘lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi.
Olamdagi о‘zgarish, rivojlanish, umumiy aloqadorlik va taraqqiyotning qay tarzda amalga oshishi, qanday sodir bо‘lishi kabi masalalar ham falsafaning azaliy muammolari qatoriga kiradi. Falsafada ana shu mavzularga munosabat va ular bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qarab farqlanadigan bir necha ta’limot, qarash, usul va metodlar bor. Dialektika, metafizika, sofistika, eklektika, dogmatika kabilar shular jumlasidandir. Ularning tarixi nihoyatda uzoq bо‘lib, Qadimgi Yunoniston va Rim davridan (miloddan oldingi VII — I asr) boshlanadi. Keyingi yillarda sinergetika ham falsafiy metod va ta’limot sifatida talqin etilmoqda. Falsafiy metodlar olam qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi va bu usullardan faylasuflar о‘z tadqiqotlarini amalga oshirish yoki izlanishlarining natijalarini izohlashda foydalanadilar.
Dialektika - grek tilida baxs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yо‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo о‘zgarishda, о‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga kо‘ra, olamda о‘z о‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yо‘nalishiga ega bо‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bо‘ladi.
Masalan insoniyat tarixiga bu usulga asosan yondoshilganida, u uzluksiz tarzda rо‘y beradigan avlodlar о‘rin almashuvi, birining о‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor qilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu zamonning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yо‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini kо‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bо‘lishini kuzatish mumkin.
Taraqqiyot jarayonida avlodlar, davrlar, siyosiy tuzumlar, umuman ijtimoiy voqea va hodisalar о‘z-о‘zidan avtomatik tarzda sodir bо‘lib, nom-nishonsiz yо‘qolib ketmaydi. Balki ularning barchasi insonlar о‘rtasidagi о‘zaro aloqa va munosabatlarning hosilasi, ijtimoiy jarayonlarning natijasi, biror sababning oqibati sifatida namoyon bо‘ladi. Bir davr ikkinchisining о‘rniga, bir avlod oldingisidan keyin, bir voqea boshqasining ortidan sodir bо‘lib turadi. Ana shu abadiy va azaliy uzluksizlik, doimiy aloqadorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va voqealarning ketma-ketligi tarzidagi bog‘lanishlar, rivojlanish va taraqqiyot, olamning rang-barangligi va uyg‘unligi dialektikaning asosiy tamoyillarini tashkil qiladi.
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni - dialektik tafakkur, ana shunday dunyoqarashni - dialektik dunyoqarash, yondashuvni - dialektik yondashuv, metodni - dialektik metod deb atash an’anaga aylangan. Shu bilan birga u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan dunyoqarashi, falsafiy ta’limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Hegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.

Yüklə 109,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin