Ijtimoiy pedagogikada Deviatsiya hodisasi-www.hozir.org
Deviant xulq-atvor yozilgan va yozilmagan me’yorlarga mos kelmay-digan har qanday xatti-harakat va faoliyatni nazarda tutadi. Ayrim jami-yatlarda an’analardan chetga chiqish jiddiy xato, nojo‘ya ish kabi keskin qoralangan. Masalan, ayrim jamiyatlarda inson sochining uzunligi ham, ko‘rinishi ham, xulq-atvori ham nazorat ostida bo‘ladi.
Deviatsiyaga qarshi kurash aksariyat holda his-tuyg‘ular, fikr va xatti-harakatlar turli-tumanligiga qarshi kurashga aylangan. Odatda, bu narsa hech qanday natija bermagan, ya’ni deviatsiya yanada yorqinroq ifoda-lanishi mumkin. Masalan, 80-yillarda yoshlar G‘arb modellariga taqlid qil-gan, jamiyat bunga qarshi hech narsa qila olmagan.
Ko‘p jamiyatlarda deviant xulq-atvor nosimmetrik bo‘ladi: yomon to-monga og‘ish qoralanadi, yaxshi tomonga og‘ish qo‘llab-quvvatlanadi. Ja-miyatda odamlarning aksariyat qismi deviant bo‘lishi mumkin (bunga o‘g‘rilar ham, aldanganlar ham, ishga kechikkan, avtobusda bilet olmagan, mumkin bo‘lmagan yerda sigaret chekkanlar ham kiradi). Bunday sharo-itda me’yordan chetga chiqish miqdori yoki shakliga e’tibor berish kerak. Deviant xulq-atvor turlari ko‘p bo‘lib, ularga oddiy, elementar tartib bu-zishdan tortib katta jinoyatlargacha kiradi.
Tor ma’noda deviant xulq-atvor deganda qonunga qarshi bo‘lmagan me’yordan chetga chiqishlar tushuniladi.
Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘ri-nishlaridan hisoblanadi:
a) jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati tufayli jinoiy faoliyat kelib chiqadi, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi;
b) ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni ba’zida iste’mol qilish. 2) Alkogolni ko‘p iste’mol qilish – spirtli ichimliklarni muntazam, ya’ni haftada bir martadan bir ne-cha martagacha yoki birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p miqtorda (200 ml.dan oshiq) ichish. Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Al-kogolizm – spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik;
v) giyohvandlik. Giyohvandlik moddalari yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va iste’mol qilish.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunda zid ravishda ishlab chiqarish hamda ular bilan savdo qilish qonun bilan taqiqlanadi.
g) byurokratiya. “Byurokratiya” iborasi “hokimiyatga ega bo‘lgan xo-dim” ma’nosini anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan “byurokratiya” ma-halliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiiste’mol qilish kabi sal-biy ma’nolarda qo‘llanila boshlandi. Hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda bu ibora asl ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy salbiy us-lub tarzida tushuniladi.