Mustaqil ishi mavzu: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining roli. Fan nomi: Guruh: Bajardi


Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining o’rni



Yüklə 137,89 Kb.
səhifə3/5
tarix01.02.2023
ölçüsü137,89 Kb.
#122866
1   2   3   4   5
Нигманов Хожиакбар

3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining o’rni.
Bozor munosabatlariga o‘tishning yuqoridagi asosiy tamoyillari buxgalteriya hisobini isloh qilishda va korxonaning hisob tizimini bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkil qlishda ham alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobini isloh qilishda, avvalo, uning hozirgi tizimni saqlab qolgan holda asta-sekin evolyusion yo‘l bilan metodologik, tashkiliy va texnik o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Bunda mustaqilligimizning dastlabki yillarida amalga oshirilgan tadbirlar alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Shunday tadbirlardan biri Davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish edi. Shu maqsadda hukumat iqtisodiyotning turli tarmoqlarida xususiylashtirishga oid 20 dan ortiq qarorlar qabul qildi. Bu qarorlarni amalga oshirish mulkchilik shakllarining rivojlanishiga va bu bevosita buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini rivojlantirishni ham talab qilar edi. Buxgalteriya hisobini isloh qilishga doir 1994 yilda qabul qilingan davlat dasturida islohotlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat qilib belgilandi: -O‘zbekiston Respublikasi islohotlar orqali kapitalning rivojlanishi, xususiylashtirish, ichki va tashqi investitsiyaning kirib kelishi imkoniyatlarini ko‘paytirish, xususiy sektor faoliyatiga samarali baho berish; -xalqaro moliya bozorlari resurslaridan samarali foydalanish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, chet ellik hamkorlar bilan teng munosabatda va aloqada bo‘lish; -O‘zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bilan taqqoslash imkoniyatlarini yaratib, chet ellik hamkorlarga zarur iqtisodiy axborotlarni o‘z vahtida sifatli etkazib berishdir.
Buxgalteriya hisobini yuqoridagi maqsadlar asosida tashkil etish uning xalqaro meyorlar talablarini hisobga olgan holda yuritilishini ta’minlaydi. Xalqaro 19 qoidalarga muvofiq mamlakatimizda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlaridan kelib chiqqan holda qabul qilingan qonuniy va meyoriy hujjatlarida belgilangan qoidalarga mos holda yuritilishi nazorat qilinadi. Xalqaro qoidalarga ko‘ra, quyidagi faoliyatlar nazorat qilinadi: -buxgalteriya hisobi holati va talabga javob berishi; -moliya - xo‘jalik masalalarida amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi va ta’sis etuvchi hujjat qoidalariga amal qilinishi; -buxgalteriya hisobining haqiqiy holatga mos kelishi. Buxgalteriya hisobining yuqorida belgilangan talablarga javob berishini nazorat qilish mustaqil auditorlik firmalari va davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobotining o‘rni va ahamiyati tubdan o‘zgaradi. Bu borada professor S.B. Qodirxonov shunday deb, ta’kidlaydi «Agar hohlansa ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini alohida yuritish mumkin, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlarini schetlarning umumiy tizimidan ajratib olgan holda yuritib, shu bilan g‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan ishlab chiqarish va moliya buxgalteriya hisobiga o‘tish mumkin. Natijada ishlab chiqarish buxgalteriyasi bilan moliya buxgalteriyasi tashkiliy jihatdan ajratilishi mumkin bo‘ladi. Ularning vazifalariga to‘xtalar ekan, professor S.B.Qodirxonov shunday deb, yozadi: «Bunda ishlab chiqarish buxgalteriya hisobini ishlab chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish manfaatini ko‘zlab yuritilsa, moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy xisoboti tizimi va uning moliyaviy hamda tijorat faoliyatini boshqarish maqsadida yuritiladi.
Hisobchilikning bunday tartibiga o‘tish har xil darajadagi boshqaruv tizimini zaruriy axborotlar bilan ta’minlashni sezilarli ravishda takomillashtirish bilan birga, ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx va mahsulotning ayrim turlarining rentabellik darajasi haqidagi tijorat sirlarini yashirish imkonini beradi».
Ammo K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning fikricha, «Buxgalteriya 20 hisobini rivojlantirishda bir narsaga alohida etiborni qaratish lozim, u ham bo‘lsa, buxgalteriya hisobini bozor iqtisodi talablari asosida takomillashtirish faqatgina hisob ma’lumotlari doirasini, mazmunini, maqsadga muvofiqligini, muddatini, uni olishga ketadigan xarajatlarni va boshqaruv ob’ektlarini aks ettirish usullarini kengaytirish asosida bo‘lmasligi kerak. Chunki, bu omillar hisob ishlari hajmining o‘zini oqlamagan tarzda o‘sish va buning oqibatida boshqaruv tizimining talabga javob bermasligi hamda uning yuritilishida soxtalik yuz berish kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin». Shuningdek, olib borilgan tadqiqotlarga asoslangan holda K.K. Jumaniyozov va B.Y.Maqsudovlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining foydaliligi to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonalarda olinayotgan barcha ma’lumotlarning 40-50 foizi keraksiz, shu bilan birga boshqaruvning ma’lumotga ehtiyoji 50 foizga qondirilmas ekan». Demak, ushbu olimlar fikricha, buxgalteriya hisobi hozirgi sharoitda o‘zining funksiyasini 50 foizga bajarmoqda. Hozirgi paytda ayrim korxonalarimizning zarar bilan ishlashi va moliyaviy barqarorligi mavjud emasligining bilvosita sabablaridan biri buxgalteriya hisobi bilan bog‘oliq ekan. Bu o‘z navbatida, buxgalteriya hisobini korxonalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ajralmas qismi sifatida qarash zarurligini ko‘rsatmoqda va uni uzluksiz ravishda rivojlantirishni taqozo etadi.
Eng asosiysi buxgalteriya hisobi ikkiga: « Moliyaviy va boshqaruv hisobiga» bo‘lindi. Buxgalteriya hisobi sohasida ham ancha malakali kadrlar potensiali vujudga kelganligini alohida ta’kidlash mumkin. Endi qo‘yilgan savolga qaytadigan bo‘lsak bizning mamlakatimiz korxonalarida boshqaruv hisobi mavjud emas. Faqatgina boshqaruv hisobining elementlarini o‘zida aks ettirgan ishlab chiqarish hisobi mavjud bo‘lgan. Ammo ishlab chiqarish hisobini yanada rivojlantirish va uni yanada yuqori darajaga ko‘tarish, buxgalteriya hisobi va uning boshqaruv funksiyasini yanada kengaytirish maqsadida sobiq Ittifoqdagi qator iqtisodchilar ilmiy-tadqiqotlar olib bordilar. Jumladan, professorlar A.F.Aksenenko, D.U.Urakov, B.I.Valuev, S.A.Stukov va boshqalar. Ammo ularning ilmiytadqiqotlari ishlab chiqarish hisobi miqyosida olib borilgan bo‘lib, boshqaruv hisobi konsepsiyasini yaratish imkonini bermadi.

Yüklə 137,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin